2018/08/20 4:34:28

Zarafshon shahrining paydo bo’lish tarixi

loading...

zarafshon1Zarafshon shahrining barpo etila boshlaganiga endigina 51 yil to’lgan bo’lsa-da, ammo bu atrofda insonlar minglab yillar muqaddam ham istiqomat qilganligi ma’lum.

Chunki Bukantov, Uru darasidagi mavjud petrogliflarning ayrimlari eramizdan avvalgi XIII-asrlarga oidligi olimlar tomonidan isbotlangan. Qizilqum bag’ridan topilgan dinozavr suyagi, umurtqalari parchalari, qariyb million yillik toshbaqa kosasi ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan. Bukantovda eramizgacha bo’lgan birinchi ming yillikda qoyaga chizilgan Shamon ayoli sur’ati, Taohat qudug’i yonidagi qoyalarga bitilgan tuyalar kompoziciyasi hozirgi Zarafshon shahri atroflarida va unga yaqin joylarda inson istiqomat qila boshlaganiga bir necha ming yillar bo’lganligini ko’rsatib turibdi. Shunisi qiziqki, Bukantovdagi qirbukan qudug’i yonida qoyalarga chizilgan odam-qush sur’ati yoki qush niqobidagi dumli odamsimon mavjudot rasmlari ham ilmiy jamoatchilikning katta e’tiborini tortgan. Chunki bunday odam-qush sur’atlari dunyoning yana ikki-uch joylarida uchraydi. Ularning biri mashhur Pasha orolidadir.

Ana shu joylarda xarsang toshlarga chizilgan turli hayvonlar qatorida qilich va boshqa qurollarning rasmlari ham uchraydi. Zarafshondan bir necha o’n kilometr uzoqlikdagi Jaraquduq darasi qizilqumdagi eng noyob paleontologiya muzeyidan hisoblanadi. Uni tadbiq etgani Rossiya, Amerika qo’shma Shtatlari va boshqa mamlakatlardan olimlar tashrif  buyurishadi.zarafshon

Besoba eski qabristonidan topilgan bronza ziraklar, eramizgacha bo’lgan ikkinchi ming yillikka oid nayza uchi, bronza oynalar qizilqum sahrosining Zarafshon shahri joylashgan hududi qadim-qadim zamonlardan buyon insonlar istiqomat qilayotgan maskanga aylanganligini ko’rsatmoqda. Zarafshon shahri tiklanayotgan paytda ham poydevor uchun qazilgan erlardan sopol idishlar parchalari chiqganligini o’sha paytlari ishlagan quruvchilar ham e’tirof etishgan. Xullas, bu o’lkaning tarixi uzoq-uzoqlarga borib qadalishidan qoya toshlarga bitilgan rasmlar, turli joylardan topilgan har xil buyumlar moziy sadosidek bo’lib dalolat bermoqda.

Endilikda o’zining 51 yoshini qarshilayotgan navqiron va sahrodagi bo’ston sanalmish Zarafshon shahri 1965 yilda tashkil topgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatining sanoati rivojlangan hududlaridan biridir.Zarafshan

Zarafshon nisbatan yosh shahar bo’lsa-da, o’ziga xos boy tarixga ega. Ushbu hududning geologik xususiyatlari, yer-osti boyliklari, oltin va boshqa noyob metallar zahiralari ko’pligi inobatga olinib, davlat arbobi Sharof  Rashidov tomonidan sha?arga “Zarafshon” deb nom berilgan. Bu so’z fors-tojik tilidan olingan bo’lib, “zar-oltin”, “afshon-sochiladi, to’kiladi” ma’nosini anglatib, badiiy ifodalaganda  “oltin daryo” mazmuniga ega.

Asrlar mobaynida qaqrab yotgan qizilqum sahrosining bepoyon kengliklari markazida shahar bunyod etishga qaror qilinganligining asosiy sababi bu 1958 yilda taniqli o’zbek geologi Habib To’laganov rahbarligidagi geologlar guruhi (V.G.Garkovskiy, YU.N.Mordvincev, P.V.Hromishkin) tomonidan hozirgi Zarafshon shahridan 20 chaqirim (kilometr) uzoqlikda joylashgan dunyodagi eng katta va uzoq istiqbolli oltin konlaridan biri deb sanalgan Muruntov koni topilganligi tufaylidir.

1964 yilda oltin konining zahiralari hajmi aniq isbotlangandan so’ng bu erda tarkibida noyob metall mavjud ma’dan (ruda)ni qayta ishlovchi sanoat korxonalari va turar-joy binolari qurish to’g’risidagi hukumat qarori imzolandi. O’sha yilning sentabr oyidayoq 101 kishidan iborat quruvchilar va sohaga dahldor mutaxassislar guruhi qizilqum sahrosi markaziga etib keldilar.zarafshon2

1965 yilning yanvar oyida hozirgi shaharga yaqin joyda uchta vaqtinchalik yashashga moslashgan yog’och uylar, yuvinish va kir yuvish kombinati hamda “Landish” deb nomlangan birinchi savdo do’koni qurib bitkazildi. Shu yilning mart oyida esa birinchi to’rt qavatli g’ishtli uy binosining ilk poydevoriga asos solindi.

Shahar qurilishi bilan bir qatorda 230 kilometr uzunlikdagi “Amudaryo-Zarafshon” suv quvurini o’tkazish ishlari boshlangandi. 1969 yilda esa shaharga “Katta suv” temir quvurlar orqali kirib keldi va sahro “jonlandi”.

Navoiy viloyati markazidan 200 chaqirim (kilometr) shimoliy-g’arbda, qizilqum cho’llarining qoq markazida joylashgan Zarafshon shahri o’tgan qisqa muddat ichida shu vohaning rivojlangan sanoat va madaniyat markaziga aylandi.

Bugungi kundagi shaharning yam-yashil libosi, oftobda billurdek tovlanadigan favvoralari, keng va ravon ko’chalari, yangi me’moriy uslubda qurilgan turar-joy binolari, sanoat va ijtimoiy infratuzilma inshootlarini ko’rib ko’z quvonadi.

2012 yil 1 oktyabr holati bilan shahar aholisi 72849 kishini tashkil etadi.

Shahar tarkibida 13 ta mahalla fuqarolar yig’inlari mavjud.

Shaharda 18 ta maktabgacha tarbiya muassasalari mavjud. Ulardagi o’rinlar soni -4220 ta. Shundan 12 ta maktabgacha ta’lim muassasi Markaziy kon boshqarmasiga qarashli bo’lib, ularda jami o’rinlar soni – 3460 tani tashkil etadi.

Shundan shahar hokimligiga qarashli bo’lgan maktabgacha tarbiya muassasalari soni 3 ta bo’lib, ulardagi o’rinlar soni – 760 ta.

Umumta’lim maktablar soni 12 ta bo’lib, ulardan 1 tasi ixtisoslashtirilgan maktab. Umumta’lim maktablarida jami 10972 nafar o’quvchilar ta’lim olishmoqda. Shu bilan bir qatorda shaharda o’rta mahsus o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari jumladan, Sanoat, Tibbiyot, Kompyuter texnologiyalari kollejlari hamda Akademik litsey joylashgan. Shuningdek, Navoiy Davlat Konchilik instituti umumtexnika fakulteti mavjud bo’lib, yer osti boyliklari ishlab chiqarish sohasida yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashda o’zining munosib hissasini qo’shib kelmoqda.

Shaharda tumanlararo “Shodlik” bolalar uyi joylashgan bo’lib, unda 64 nafar bola yashab, tarbiyalanadi.

Zarafshon shahrida jami 474 ta korxona, tashkilot va muassasa faoliyat yuritadi. Ularda 56 ta davlat va byudjet sektoridagi korxona va tashkilotlar, 420 ta nodavlat va notijorat tashkilotlari hamda muassasalari bo’lib, shundan 396 ta kichik va o’rta biznesni rivojlantirish sub’ektlaridir.

 Yirik korxonalardan biri NKMKning Markaziy kon boshqarmasi bo’lib, uning tarkibiga 2-Gidrometallurgiya zavodi, qizilqum fosforit kombinati, “Muruntov” koni, suyuq qorishma-portlovchi moddalar zavodi kiradi. Ular bilan bir qatorda samarali xizmat ko’rsatayotgan NKMK  Zargarlik zavodi, “Agama” davlat trikotaj fabrikasi, NKMK Zarafshon qurilish boshqarmasi va boshqa korxonalar shular jumlasidandir.

 Shaharda xorijiy hamkorlar ishtirokida 6 ta qo’shma korxona tashkil etilgan bo’lib, bular “Marvarid Donalari”, O’zbekiston-Birlashgan Arab Amirligi qo’shma korxonasi, “Amantaytau-Gol’dfildz”, O’zbekiston-Britaniya qo’shma korxonasi, “Velan” O’zbekiston-Rossiya, “Qizilqum Shina” O’zbekiston-Rossiya, “Qizilqum Manafaktura” O’zbekiston-Rossiya hamda “Qizilqum EKO” O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonalaridan iborat.

Yo’lovchi va yuklarni tashish asosan shahardagi sanoat korxonalari Markaziy Kon boshqarmasi, Zarafshon qurilish boshqarmasi tizimidagi 3 ta yirik avtokorxonalar tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.

Shahar aholisiga bolalar va kattalar poliklinikasi, stomatologiya poliklinikasi va bir qancha bo’limlarni o’z tarkibiga olgan 3-tibbiy-sanitariya qismi hamda Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko’p tarmoqli poliklinika tibbiy xizmat ko’rsatib kelmoqda.

Shahar  aholisiga “Oltin vodiy”, “Yulduz” madaniyat saroylari maroqli dam olish uchun xizmat qiladi.

“Zolotinka” bolalar sog’lomlashtirish oromgohi inson qo’li bilan yaratilgan ertakka monand, chiroyli tabiatga ega go’shalardandir. Mazkur oromgoh 1977 yil 17 iyulda ishga tushirildi. Unda har yili yozgi mavsumda 3200 nafar va undan ortiq  bola yozgi ta’tilni maroqli o’tkazadi.

Shahrimizda musulmonlar masjidi va xristianlar cherkovi mavjud.

Shaharda sportga alohida e’tibor qaratilgan. har yili mini futbol va tennis bo’yicha veteranlar o’rtasida turnirlar o’tkazilib kelinmoqda. Shahar hozirgi kunda o’zining “Qizilqum” futbol klubi va “Progress”, “quruvchi” (“Stroitel”) sport majmualariga ega.

Zarafshon shahrida sportning 30 dan ortiq turi mavjud bo’lib, boks, kurash, futbol, voleybol turlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.

Shahar ko’p sonli avtomobil yo’llari, temir yo’l hamda havo transporti vositalari orqali tashqi dunyo bilan bog’langan. Shahar markazida joylashgan Zarafshon o’lkashunoslik muzeyi shahar tarixi, ushbu hududning tabiiy yer osti boyliklari, qizilqum cho’llarining hayvonot olami va boy o’simlik dunyosi, sanoat korxonalari to’g’risidagi hamda boshqa ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

2 Fikrlar

  1. Men Andijon Mashinasozlik instituti 4-kurs bitiruvchi talabasiman. Sizlardan bir narsani iltimos qilmoqchiman. men tayyorlayotgan diplom loyioham “Rezina materiallaridan shina ishlab ishlab chiqarish. Yiliga 30 000 dona”. Shu mavzuni tayyorlashim kerak. iltimos

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>