2018/06/22 4:27:17

Zarafshon shahrida ona va bola skrining markazi bo‘limi ish boshladi

loading...

Zarafshon shahrida ona va bola skrining markazining bo‘limi ish boshladi.
Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Ilgari Zarafshon shahri, Tomdi va Uchquduq tumanlaridan homilador ayollar tibbiy tekshiruvlar uchun viloyat markaziga kelardi, – deydi Navoiy viloyati ona va bola skrining markazi direktori M.Hamroyeva. – Endi barcha tibbiy tekshiruvlar Zarafshon shahridagi hududiy bo‘limda amalga oshiriladi. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi 3-tibbiy sanitariya binosida joylashgan shifo maskani 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga ta’mirlanib, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturiga asosan viloyat ona va bola skrining markaziga 91 million 500 ming so‘mlik zamonaviy ko‘p funksiyali ultra tovush tekshiruvi apparati keltirildi. Mazkur tibbiy uskuna homilador ayollarni chuqurlashtirilgan skrining tekshiruvidan o‘tkazib, aniq tashxis qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

V3obL3VJ2bdqstszK-H9uWGD-pkkzxi8

”Obod qishloq” dasturi Navoiy shahrining Tinchlik mahallasida

“Обод қишлоқ” дастури доирасида Навоий вилоятида кенг бунёдкорлик ишлари олиб бориладиган ҳудудлар рўйхатига яқинда Навоий ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>