2018/09/21 9:04:21

“Yosh siyosatchi – 2016” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

loading...

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tanlovda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, talaba-yoshlar o‘zaro bahslashdi.yesh_bilimdonlar_bellashuvi_15_06_2016

Partiya faollari hamda deputatlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlod kamolotiga qaratilayotgan alohida e’tibor ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, o‘z imkoniyat va salohiyatini namoyon etishida yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarda faolligini yuksaltirishga qaratilgan tanlovning viloyat bosqichida 10 nafar iste’dodli va tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.

– Tanlov yoshlarning Prezidentimiz asarlari, mustaqillikyillarida mamlakatimizda erishilayotgan ulkan yutuq va marralar, milliy qonunchiligimizning mazmun-mohiyati, dunyoda kechayotgan siyosiy jarayonlarga munosabatini baholashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir, – deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashining “Istiqbol” yoshlar qanoti bo‘lim mudiri Bahrom Niyozov.

Navoiy pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Mirsaid Jalilov birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Manba: uza.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>