2017/09/19 4:38:18

Yo‘l harakati qoidalaridagi muhim o’zgarishlar

loading...

yhqYurtimizda yo’l harakati qoidalarining yangi tahriri 2016-yil 1-martdan boshlab kuchga kirdi. Ushbu yangi qoidalar yurtimizda kundan kunga ko’payib borayotgan avtomobillarning yo’l harakati qoidalariga amal qilishi va harakatini tartibga solishni yanada yaxshilash maqsadida joriy qilingan. 

Yangi tahrirdagi ayrim muhim bo’lgan qoidalarni sanab o’tishni joiz deb bildik:

1-martdan boshlab haydovchilar:

  • harakatni boshlashdan oldin yo‘lovchilarni harakat vaqtida tanani avtomobil salonidan tashqariga chiqarish mumkin emasligi haqida ogohlantirishi (qo‘lni chiqarish bunga kirmaydi);
  • yo‘lovchilarga xavfsizlik kamarini taqib olish shartligini aytishi;
  • ko‘p qavatli uylar orasida avtomobil tezligini 30 km/soatdan oshirmasligi;
  • o‘zi bilan birga nur qaytaruvchi nimcha olib yurishi;
  • tashkiliy ravishda odam olib ketayotgan, yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobuslar, mikroavtobuslar, shuningdek, mototsikl va mopedlarda kunning yorug‘ paytida harakatlanayotganda ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib yurishi;
  • dvigatel ish hajmi 50 kub santimetrdan katta, tezligi 50 km/soatdan ortiq bo‘lgan kvadrotsikl, skuter va elektroskuter kabilarni davlat raqami va haydovchilik guvohnomasisiz boshqarmasligi;
  • “A” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o‘qiyotganlarning yoshi o‘qishni bitirish vaqtida 16 yosh, “B” va “C” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olishga o‘qiyotganlarning yoshi o‘qishni bitirish vaqtida 18 yosh, “D” va tramvay, trolleybusni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o‘qiyotganlarning yoshi o‘qishni bitirish vaqtida 21 yosh bo‘lishi shart.

Piyodalarga yo‘lning qatnov qismida, shuningdek piyodalar o‘tish joylarida harakatlanayotganda telefondan foydalanish, tele-, videomahsulotlarni ko‘rish, radio-audiomahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot o‘qish, hamda e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligi kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi orqali ta’minlanadi. Toshkent yo‘llarida avtomobilni boshqarish vaqtidagi qoidabuzarlik foto va videofiksatsiya tizimi orqali qayd etilsa, mazkur holat yuzasidan transport vositasi egasi tegishli tartibda jarimaga tortiladi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

magistratura-za-rubezhom-shag-za-shagom-1

Magistraturaga kiruvchilar uchun yangi fan qo’shildi

1-iyul kuni O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida (harbiy OTMlardan tashqari) magistratura yo‘nalishlariga qabul komissiyalari ish ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>