2018/10/15 10:39:59

“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2016” ko’rik tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi

loading...

04Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 10-14-may kunlari poytaxtimizda “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2016” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ko‘rik-tanlovning bu yilgisida o‘qituvchilar 13 ta umumta’lim fanlaridan o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Joriy yilgi tanlov quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkazildi: ona tili, fransuz, nemis va o‘zbek tillari, jismoniy tarbiya, geografiya, davlat va huquq asoslari, boshlang‘ich ta’lim, biologiya, musiqa, mehnat ta’limi, iqtisodiy bilim asoslari, tasviriy san’at, chizmachilik.

Bu tanlovda umumta’lim maktablari pedagogik xodimlari orasidan ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘qituvchilarning turli fanlar yo‘nalishidagi iqtidorlarini aniqlash, har bir fan o‘qituvchisining maktab, tuman (shahar), viloyat, Respublika miqyosida eng kuchlisini kashf etish, aniqlangan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilib, bunda 14 ta viloyatdan 1 nafar g‘olib Respublika bosqichida ishtirok etadi hamda 3 ta sovrinli o‘rin belgilanadi.

Tanlovning respublika bosqichida Qoraqapog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan 182 nafar pedagoglar 4 turda bellashdilar.

“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” g‘oliblari o‘z ish joylarida Viloyat PXQTMOIning tinglovchilari, fan o‘qituvchilariga murakkab mavzular bo‘yicha ochiq darslar, yosh o‘qituvchilarga metodik maslahatlar, yo‘l-yo‘riqlar berib bormoqdalar. Ularning ish tajriblari Respublika miqyosida ommalashtiriladi.

Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2016” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari 

Hududlar Ismi, familiyasi va
otasining ismi
Ish joyi
Ona tili va adabiyot
Toshkent
shahri
Nurmuhammadov Jamoliddin Shermuhammad o‘gli Respublika ixtisoslashtirilgan Musiqa va sa`nat akademik litseyi o‘quvchisi
Fransuz tili
Jizzax
viloyati
Majidova Laziza Baxtiyorovna Vobkent tumani 8-sonli umumta`lim maktabi
Davlat va huquq asoslari
Toshkent
shahri
Rustamova Nargiza Erkinovna Mirzo Ulug‘bek tumani 275-sonli umumta`lim maktabi
Musiqa
Surxondaryo viloyati Raxmonova Dilshoda Nursatovna Termiz shahar 12-Mehribonlik uyi
Tasviriy sa`nat, Chizmachilik
Toshkent
shahri
Obedzinskaya Olga Stanislavovna Chilonzor tuman 103-sonli umumta`lim maktabi
Mehnat ta`limi
Jizzax
viloyati
Ibragimova Rustam Maxammadjanovich Zarbdor tumani 1-sonli umumta`lim maktabi
O‘zbek tili
Toshkent
shahri
Qurbonova Salima Yangievna Chilonzor tumani 164-sonli umumta`lim maktabi
Nemis tili
Xorazm
viloyati
Sobirova Roza Davlatmuradovna Urganch shahar 19-sonli umumta’lim maktabi
Geografiya
Surxondaryo viloyati Qo‘ziyeva Dilfuza Qurbonovna Qumqo‘rg‘on tumani 11-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi
Iqtisodiy bilim asoslari
Toshkent
shahri
Boranboyeva Saodat Xasanovna Yashnobod tumani 166-sonli umumta`lim maktabi
Boshlang‘ich ta`lim
Xorazm
viloyati
Qalandarova Sharofat Hazorasp tumani 34-sonli umumta`lim maktabi
Biologiya
Toshkent
shahri
Rasulova Djamila Ibragimovna Mirzo Ulug‘bek tumani 142-sonli umumta`lim maktabi
Jismoniy tarbiya
Toshkent
viloyati
Hafizova Yuliya Ruslanovna Qibray tumani 14-sonli umumta`lim maktabi

 Manba: Uzedu.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

ektor_kuper

O‘zbekiston MTJga yangi bosh murabbiy topildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi. Qayd qilinishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>