2017/09/19 4:39:37

Yangi ro’yxatdan o’tgan tadbirkorlarga davlat imtiyozli kreditlar beradi

loading...

2017 yil 17 martdagi PQ–2844-son «Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (ro‘yxat raqami 2883, 2017 yil 12 may) bilan Tijorat banklari tomonidan yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mikrokredit banklar tomonidan yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda – qarz oluvchi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 100 EKIHgacha beriladi.

Mikrokredit qarz oluvchiga Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida (Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan) belgilangan maqsadlar uchun (savdo sohasi va umumiy ovqatlanishdan tashqari) bir yillik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga beriladi.

Mikrokreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda, bankning Imtiyozli kreditlash jamg‘armasi hisobidan mikrokredit ajratilgan taqdirda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Bu muhim! Foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi kamayishiga qarab kamayishi mumkin. Biroq Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi oshirilgan taqdirda shartnomada ko‘rsatilgan foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Qarz oluvchilar mikrokredit olish uchun bankka buyurtma taqdim etib, unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

  • qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja;
  • kredit ta’minoti turlaridan biri (20 EKIHgacha mikrokredit hisobiga olingan tovarlar kredit ta’minoti hisoblanadi, 60 EKIHgacha mikrokredit bo‘yicha esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kafilligi kredit ta’minoti bo‘lishi mumkin).

Qarz oluvchi hujjatlarni topshirishda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatadi va undan nusxa taqdim etadi.

Qarz oluvchilar buyurtmani elektron shaklda berishi ham mumkin.

Bank buyurtmani olganidan so‘ng 3 ish kuni ichida uni ko‘rib chiqishi va mikrokredit berish yoki uni berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Mikrokredit berish rad etilganda bank qarz oluvchiga bu haqda yozma shaklda ma’lum qiladi. Mikrokredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bank va qarz oluvchi o‘rtasida yozma shaklda shartnoma tuziladi hamda qarz oluvchi tomonidan taqdim etilayotgan kredit ta’minoti turi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Shartnoma tuzilgandan hamda kredit ta’minoti rasmiylashtirilgandan so‘ng bank qarz oluvchiga kredit hisobvarag‘ini ochadi. Mikrokredit qarz oluvchiga pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.

Banklar tomonidan mikrokreditdan foydalanishning butun muddati davomida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimi ishtirokida mikrokreditdan samarali hamda maqsadli foydalanilayotganligini aniqlash bo‘yicha doimiy monitoring o‘tkaziladi. Monitoring qarz oluvchining shartnoma shartlarini bajarishi uchun yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

Monitoring natijasidan kelib chiqib bank fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimi bilan birgalikda qarz oluvchi ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzadi. Mikrokreditdan belgilangan maqsadlarda foydalanilmaganligi aniqlangan taqdirda bank kreditning boshqa maqsadda ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olishga haqli.

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 15 mayda kuchga kirdi.

Manba: norma.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

magistratura-za-rubezhom-shag-za-shagom-1

Magistraturaga kiruvchilar uchun yangi fan qo’shildi

1-iyul kuni O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida (harbiy OTMlardan tashqari) magistratura yo‘nalishlariga qabul komissiyalari ish ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>