2017/12/12 11:53:36

Yangi biznes loyihasini boshlash uchun maslahatlar

loading...

Yaxshi fikr o‘z sohangizda tajriba to‘plaganingizdan keyin keladi. Sizda yuzlab g‘oyalar paydo bo‘lishi mumkin, lekin faqat bit­ta-ikkitasigina foydali g‘oya bo‘la­di.1403277207-20-reasons-start-own-business

Shuni ham yodda tutingki, g‘oya o‘ylab topish vaqtingizning 1 foi­zini olsa, uni amalga oshirishga 99 foiz vaqtingiz sarflanadi.

Sizning qobiliyatingiz biznes boshlash va daromad to­pish imkonini beradi. Tadbirkorlik tinimsiz mehnat talab qiladi. Lekin bu siz o‘zingiz yoqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanish degani hamdir. O‘z ishi­ni boshlamoqchi bo‘lganlarga birinchi maslahatimiz ham xuddi shu: o‘zingiz­ga ma’qul ish bilan shug‘ullaning.

O‘ylang. Qo‘lingizdan nima ish ke­ladi? Oilaviy biznes bilan shug‘ullanish uchun qanday imkoniyatlar mav­jud? Balki mahsulot ishlab chiqarish uchun korxona tashkil etish imkoni bordir? Biznes boshlashdan oldin bir narsani yodda tuting: Nima sota olasiz? Nima ishlab chiqara olasiz?

 Kamtar bo‘ling. Siz daho emassiz, sizning ham ojiz tomonlaringiz bor. Ojiz tomonlaringizni hisobga oling va ularni bar­taraf etishga kirishing. Bilimingizni oshirishdan aslo erinmang.

Ko‘proq tinglang. Mi­jozlaringizni tinglashni o‘rganing. Ularni tinglash jarayonida ishingiz bilan bog‘liq yangi g‘oyalarga ega bo‘­lishingiz mumkin. Aynan ularga yoqadigan, ularning ehtiyojini qondiradigan mahsulot ishlab chiqarish esa daromadingiz ko‘payi­shining asosidir.

Ma’lum bir qatlamga mos kela­digan mahsulot va xizmatlarni tan­lasangiz ham bo‘ladi. O‘sha qatlamni yaxshi o‘rganing, ularning talab va ehtiyojini aniqlang.

Boshqa shaharga borganingizda qanday xizmat va mahsulotlarga ko‘zingiz tushdi? Siz yashayotgan shaharda ana shunday xizmat va mahsulotlar bormi? Yo‘q bo‘lsa, ularga aholining ehtiyoji bormi? Qayerga bormang, shu jihatga e’ti­bor qarating.

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yoshning ahamiyati yo‘q. O‘z ishingizni boshlamoqchi bo‘l­sangiz, “yoshim o‘tib qoldi” yoki ”hali juda yoshman” degan fikrlar­ni miyangizdan chiqarib tashlang. Tadbirkorlikni boshlash uchun yosh chegarasi belgilanmagan. Asosiy­si, ishni boshlash. Qolgani esa mahoratingizga bog‘liq.

Manba: biznestrener.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

tadbirkorlik_subyektlari

Muvaffaqiyatli tadbirkorning 5 siri

Sizda muvaffaqiyatli tadbirkor belgilari bormi? Quyida keltirilgan bir necha asosiy prinsiplar bu savolga javob berishga ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>