2017/10/24 12:04:58

Xayolotdan reallik sari qadam yoxud orzularni ro’yobga chiqarish

loading...

dreamKo’pchilik hayotda o’z xoxlagandek yasholmaydi. Orzu qiladi-yu, ularga erisholmaydi. Kimlardir buni omadsizlikka yoyishsa, yana boshqalar buni noqulay vaziyat bilan baholashadi. Buning sababi nima ekan?

Barcha insonlar singari, bu jumboq meni ham bir vaqtlar o’ylantirib qo’ygan. Aslida bizning imkoniyatlarimiz cheksiz. Faqatgina ulardan oqilona foydalana olsak bas, marra bizniki. Xo’sh, unda ishni nimadan boshlash kerak.dream1

Keling, oldin orzu va maqsad degan tushunchalarga bir aniqlik kiritib olaylik. Orzu bu- o’z nomi bilan orzu, u xayoliy, bizning kelajak haqidagi kutuvlarimizdir. Orzular faqatgina bizni ilhomlantirishi mumkin xolos, ular hayotimizni o’zgartira olmaydi.  Maqsad esa bu-harakatga yo’naltirilgan orzu bo’lib, uni hayotda ro’yobga chiqishiga yordam beradi. Lekin shuni yodda tutingki, maqsadlarni qo’yishda orzularning ahamiyati juda kata. Chunki, orzular tafakkur mevasi, qalbimizning tubidagi xoxish va istaklarimizning ifodasidir.

Demak, orzularimizni ro’yobga chiqarish uchun, ishni nimani xoxlayotganimizni aniqlashdan boshlaymiz. Bu albatta bizning oliy qadriyatlarimiz, atrof muhitga bo’lgan munosabatimiz va turmush tarzimizdan kelib chiqadi.  Keyin maqsadingizga, SMART (aqlli) me’zoni asosida sayqal bering.

S-Specific (aniq) – Maqsadingiz aniq bo’lishi kerak. Buning uchun, aynan nimaga erishmoqchiligingizni, unga erishish sabab va manfaatlarini, shuningdek, shart va to’siqlarni aniqlab olishingiz kerak.

M-Measurable (o’lchamli) – maqsad aniq miqdor o’lchamlariga ega bo’lishi kerak.

A-Attainable (erishsa bo’ladiga)- maqsadingiz turli to’siq va imkoniyatlarni hisobga olgan holda, erishilishiga amin bo’ling

R- Relevant (ahamiyatlilik) – Qo’yayotgan maqsadingiz siz uchun ahamiyatliligiga amin bo’ling.

T- time based (vaqtga asoslanganlik)- Maqsadga erishish vaqtini aniq belgilang.

Maqsadingiz “SMART” bo’lishidan tashqari, uning muvaffaqqiyatli bo’lishi quyidagi omillarga bog’liq.

  1. Aynan shu maqsadga erishishni xoxlayotganingizga amin bo’ling!
  2. Maqsadingiz haqida aniq tasavvurga ega bo’ling va uni vizuallashtiring ( aniq tasvirlar yordamida ifodalang)!
  1. O’zingizda kuchli xoxish va ishonch hosil qiling!
  2. Muvaffaqqiyatsizlik haqida shubha va o’ylardan voz keching!
  3. O’z maqsadingiz haqida doimiy ijobiy fikr yuriting!

Ana shunda, sizning orzularingiz xayolotdan reallikka ko’chadi va birin-ketin amalga oshadi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

vseuspevat_svx

Ishdagi shoshqaloqlikni qanday kamaytirish mumkin?

Butun e’tiborini, kuchini vaqt yetishmasligiga qaratish va doimiy ravishdagi shoshma-shosharlik surunkali xavotirlik holatini keltirib chiqaradi. ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>