2017/12/11 7:14:43

Xatirchi tumanida “Ko’ksaroy” suv ombori qurib bitkazildi

loading...

ko'ksaroyUshbu suv ombori Xatirchi tumanidagi Langar tog‘idan oqib tushuvchi soy, buloq va sel suvlari to‘planishidan hosil bo‘ladi.  “Ko’ksaroy”  suv ombori 7,5million kub metrgacha suvni  saqlash quvvatiga ega.  

78 gektar maydonni egallagan mazkur inshootda to‘planayotgan suv miqdori va tarkibini aniqlash, uni taqsimlash uchun zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uning suv berish quvvati yiliga qariyb 12 million kub metr.

– Mazkur inshoot tumandagi salkam ming gektar ekin maydonini suv bilan ta’minlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, muhimi, sel-toshqin va ofatlarning oldini olishga xizmat qiladi, – deydi “O‘zmaxsussuvqurilish” ixtisoslashgan kompaniyasi davlat korxonasi “Zarafshonmaxsussuvqurilish” filiali direktori Yoqub Yusupov. – Qishloq xo‘jaligida obi hayotdan samarali foydalanish hamda suv ta’minotini yaxshilash maqsadida ishga tushirilgan suv omborining qurilish-montaj ishlariga qariyb 21 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.

Manba: uza.uz

 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

new-project-2

«Durdona» ayollar va bolalar psixologik Markazi» «BU MЕNING OILAM» nomli fototanlov e’lon qiladi

«Durdona» ayollar va bolalar psixologik Markazi» jamoat birlashmasi (Navoiy shahri) tomonidan «BU MЕNING OILAM» nomli ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>