2018/10/16 9:43:57

Xatamjon Ketmonov Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

loading...

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 15-noyabr kuni Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. ketmonov
Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni Karmana sanoat kasb-hunar kolleji direktori J.Savriyev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Ahmedov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Nomzod o‘z ma’ruzasida mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida to‘xtalar ekan, Karmana shahri, Raboti Malik, Nurota kabi qadimiy maskanlari, Toshmasjid, Chilustun, Ko‘kgumbaz obidalari, Qosim shayx, Orif Dehgaroniy singari muqaddas qadamjolari bo‘lgan bu zamin qadimiy madaniyat beshiklaridan biri sifatida mashhur ekanini ta’kidladi.

Viloyatning yer osti, yer usti tabiiy boyliklarini o‘zlashtirishda va mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida hududdagi zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan yirik sanoat korxonalari muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Dasturda milliy manfaatlarga sodiqlik, mamlakatimiz mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlash, fuqarolararo va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash orqali O‘zbekistonning bosh strategik maqsadi – rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga qaratilgan ezgu maqsadlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Korxonalar va ishlab chiqarish majmualari rivojlanishi uchun bo‘sh mehnat resurslarini jalb qilish, mahalliy xomashyo va materiallarni qayta ishlash korxonalarining ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega iste’mol tovarlari ishlab chiqarishini moliyaviy va iqtisodiy rag‘batlantirish, imtiyozli kreditlash samaradorligini oshirish, mahalliy mahsulot hisobiga ichki bozorni to‘ldirish, narx-navo oshishining oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mas’uliyatini kuchaytirish vazifalari ilgari surilgan.

Uchrashuvda Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari G.Ro‘ziyeva, “Novoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi markaziy kon boshqarmasi xodimi B.Qosimov, Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Jabborova nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tayotgani mamlakatimizda demokratik islohotlar hayotga izchil tatbiq etilayotganining amaldagi ifodasi ekanini ta’kidladi. Saylovchilarni Vatanimiz kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Manba: uza.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>