2017/10/23 11:54:18

Viloyatimizning 4 ta tumani va Zarafshon shahri tadbirkorlari 2028-yilgacha soliqlardan ozod etildi

loading...

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi qarori bilan “2017—2019-yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida kafolatlangan ishchi o‘rinlarini yaratish va yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.

 Nalog-na-saytyi-Retina-1078x516

Xabar berilishicha, Dastur chora-tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun Navoiy viloyati hokimligi huzurida Maxsus jamg‘arma tashkil etildi. Jamg‘arma “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan har yili ajratiladigan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (zayomlari); yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari; moliyalashtirishning taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobidan shakllantiriladi.

Navoiy tumanining Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari, Nurota tumanining Dexibaland, Sentob, Temirqovuq, Qizilcha, Gum va Chuya aholi punktlari va Zarafshon shahri hududidagi subyektlar 2017-yil 1-oktabrdan 2028-yil 1-yanvargacha quyidagi to‘lovlardan ozod etiladi:

  • barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar — sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari (bundan savdo va avtomobillarga gaz to‘ldirish mustasno);
  • YaIT — chorvachilik va tuyachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiradigan fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik subyektlari:
  • qat’iy belgilangan soliq — mazkur hududlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va faoliyatni amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • daromad (foyda) solig‘i — mazkur hududlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar muassislari tomonidan olingan dividendlar.
MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6be2af6480e4e7ad87fe998103b120e3

“Yoshlar” uylarining 2018-2021 yillar uchun rejasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>