2017/11/18 1:55:18

Viloyatimizda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik qizg‘in

loading...

mahalla_surat_2O‘zbekistonda joriy yil may—iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga Navoiy viloyatida ham puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Viloyatimizda 343 nafar fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 3 ming 700 dan ortiq maslahatchisi saylanadi. 

— Viloyatimiz markazida 30 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, saylovlarda 30 rais va ularning 277 maslahatchisi saylanishi lozim, — deydi Navoiy shahar fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Ahror Pirnazarov. — Komissiya a’zolarining har biriga ikkitadan mahalla biriktirilgan, mas’ullar hududlardagi ishchi guruhlarga saylovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha zarur tushuncha hamda huquqiy ko‘mak bermoqda.

Navoiy shahridagi “Vatan” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan ishchi guruhi barcha zarur huquqiy hujjatlar, ovoz berish jihozlari bilan ta’minlangan.

— Hududimizda 8 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ishchi guruhimiz a’zolari bilan belgilangan hududlarda uchrashuv va suhbatlar o‘tkazdik, — deydi ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini ishchi guruhi raisi Gulnora Adjimambetova. — Mahalladagi ko‘p qavatli uylardan 87 vakil saylab olindi. Mahalladoshlarimiz orasida alohida obro‘-e’tiborga loyiq, hayotiy tajribaga ega 3 nafar fuqaro raislikka nomzod etib ko‘rsatildi. Maslahatchi nomzodlari ro‘yxati ham shakllantirildi.

Viloyatimizda saylovlarni yuksak saviyada tashkil etish va o‘tkazish, muqobillik asosida nomzodlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahalla ahli o‘zi ishongan, tashabbuskor nomzodni saylashi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

11

Navoiylik yosh sportchi jahon chempionati sovrindori

Chilining Santyago shahrida o‘tgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 64 davlatdan 428 nafar sportchi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>