2017/10/22 4:07:07

Vang‘ozi tumani BXSR tarkibida (1920-1924 yillar)

loading...

Buxoroyi sharifning qizil armiya tomonidan vayron qilinishi

Qizil armiya tomonidan 1920 yil 2 sentyabrda Buxoro shahri bosib olindi. Shafqatsiz o‘q yomg‘iri va bombardimon natijasida shahar obidalarining chorak qismi vayron etilgan, minglab begunoh odamlar nobud bo‘lgan.

Xususan, Buxoroning ramzi hisoblangan Arslonxon minorasi (Minorai Kalon)ga jiddiy shikast yetkazilgan. Arkning to‘rtdan uch qismi bombardimon tufayli yakson etilgan. Bu xarobalar hozir ham saqlanmoqda.

O‘sha davr voqealarining bevosita shohidi bo‘lgan mahalliy tarixchi Muhammad Ali Baljuvoniy o‘zining «Tarixi Nofeiy» («Foydali tarix») asarida qizil askarlar tomonidan Buxoroda amalga oshirilgan zo‘ravonliklarni quyidagicha batafsil tasvirlagan. «Buxoroni bosib olish natijasida 34 guzar, 3000 dan ortiq do‘kon, 20 ta saroy, 29 ta masjid yonib xarob bo‘ldi. Minorai Kalonga ham zarar yetib, Olimxon va Mir Arab madrasalari qisman yonib ketdi. Hazrati Imom darvozasidan Guzari Nazargacha Kofirobod, O‘g‘lon darvozasi, Masjidi Kalon, Zindondan To‘qumdo‘ziy hammomigacha, minora ostidan to So‘zangaron dahasi, Gul bozor, Lattafurushlar rastasi, Registondan to Puli Oshiqonning boshigacha batamom yonib ketdi. Qarshi darvozasi ham yonib ketdi… Shaharda 3000 ga yaqin hovli yonib kul bo‘ldi. Buxoro shahri qariyb 20 kun yongandi. Buxoroni shu darajada xarob bo‘lganligini hech bir tarix ko‘rmagan edi». Buxoroliklar bu kunlarni «kichik qiyomat» deb aytishgan.

Turkiston fronti Harbiy inqilobiy kengashi «uchligi» (Turkiston RVS troykasi)ning a’zosi A.Mashitskiyning 1920 yil sentyabrda V.I.Leninga yozgan ma’lumotnomasida Buxoro shahri markazi yer bilan yakson qilinganligi, Registon va Ark yondirilganligi, Ark yerto‘lalari va omborxonalaridagi boyliklar – oltin va kumush tangalar, nodir javohir toshlar (olmos, brilliant, yoqut, gavhar va b.) hamda qimmatbaho buyumlar talanganligi, bu ishlarni qizil askarlar qilganligi ochiq e’tirof etilgan.

«Qiziltepa tarixi» kitobidan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>