2018/04/21 1:00:32

USB fleshka kattaligidagi mini kompyuterlar

loading...

ASUS va Google kompaniyalari hamkorlikda juda ixcham mini-shaxsiy-kompyuterini ommaga taqdim etdi va sotuvga chiqardi.ASUS_Chromebit

Asus va Google kompaniyalari Chrome operatsion tizimi ostida ishlaydigan o’ta ixcham Asus Chromebit deb nomlangan mini shaxsiy kompyuterini sotuvga  chiqardi.

Bu mini kompyuter 2015-yilning  mart oyida ommaga taqdim etilgan edi,  noyabr oyiga kelib uning savdosi yo’lga qo’yildi. Chromebit o’rtacha o’lchamdagi USB fleshkadan 4 barobar kattaroq o’lchamga ega va shakli jihatdan ham o’xshashib ketadi. Mini  shaxsiy kompyuterning o’lchamlari 123×31×17 mm’ni va og’irligi 75 gr’ni tashkil etadi.  Yagona yechiladigan qism, qopqoq ostida HDMI razyom joylashgan. Bu port orqali qurilmaga monitor yoki televizor ulanadi. HDMI razyomdan tashqari korpusda yana micro –USB porti ham mavjud. Bu portdan qo’shimcha quvvat uzatiladi.

Kompyuter-brilokda Rockchip RK3288 prossesoridan foydalanilgan. Bu prossesor 4 ta takt chastotasi 1,8 GGs bolgan Cortex-A17 yadrosidan iborat. Tasvirga ishlov berish bilan 8 yadroga ega Mali-T760MP4grafik prossesori shug’ullanadi. Tezkor hotira xajmi 2 Gb ni tashkil qiladi. Mini shaxsiy kompyuter 16 Gb lik flesh hotiraga ega. Shuningdek, simsiz aloqa adapterlari Wi-Fi 802.11ac va  Bluetooth 4.0 lari, periferik qurilmalar ulash uchun USB portlar ham joylashtirilgan.

Chromebit`ning taxminiy qiymati $85 ni tashkil etadi. Windows OT ostidagi shunga o’xshash qurilma 120-150 AQSH dollari atrofida turadi.

Manba: news.itportal.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

uwqxhg13678569400141_b

“Navoiy” EIIZ Markaziy Osiyoda birinchi deb topildi

fDi Magazine jurnali “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasini Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topdi.  Nashr dunyoning ...

2 Fikrlar

  1. Windows OC xato yozilgan sayt zo’r ;)

    • admin of sahifa

      E’tiboringiz uchun katta rahmat!
      Ingliz tilida windows OS (operation system), Rus tilida Windows OC (операционная система), O’zbek tilida esa Windows OT (operatsion tizim) bo’ladi. ;)

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>