2018/12/17 10:56:35

“Universiada-2016″ Farg’ona viloyatida o’tkaziladi

loading...

universiadaMa’lumki, shu yilning may oyida Farg‘ona shahrida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasidagi an’anaviy “Universiada–2016” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda esa mamlakatimizning Toshkent, Namangan, Nukus va Navoiy shaharlarida sportning voleybol, basketbol, futbol, gandbol va boks turlari bo‘yicha respublika mintaqaviy saralash bosqichi bellashuvlari nihoyasiga yetdi. Navoiydagi zamonaviy sport inshootlarida final bosqichi yo‘llanmalari uchun mezbonlar bilan birga Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari talaba-sportchilari kurash olib borishdi. Hududiy bosqich bahslarining tantanali ochilish marosimi ”Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga qarashli “Sug‘diyona” sport saroyida tashkil etildi. Unda Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari Ulug‘bek Razzoqov va Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Xolboy Ibraimovlar musobaqa qatnashchilarini tabriklashdi. Taniqliteatr va kino aktyorlari Rustam Sharipov, Shohida Ismoilova hamda Dilnoza Kubayevalar sportchilarga qizg‘in bahslarda omad tilashdi. Musobaqa qatnashchilari va mehmonlari uchun viloyat san’atkorlari ijrosida katta konsert dasturi namoyish etildi. Shundan so‘ng qizg‘in bahslar boshlandi va basketbolchilarning sport saroyidagi dastlabki o‘yinlaridanoq, maydon egalari mahorat bobida mehmonlardan sezilarli darajada ustun ekanligi sezila boshladi. Navoiylik yigitlar va qizlar basketbol jamoalari uch kun davom etgan barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, musobaqalarning hal qiluvchi bosqichi yo‘llanmalarini qo‘lga kiritishdi. Saralash bosqichining voleybol bo‘yicha bellashuvlarida yigitlar o‘rtasida g‘oliblik uchun kurash asosan mezbonlar va samarqandlik sportchilar o‘rtasida kechdi. Ular o‘rtasidagi hal qiluvchi bahsda 3:1 hisobida navoiylik yoshlar ustun kelishdi. Navoiy davlat pedagogika institutining voleybolchi qizlari ham hal qiluvchi bahs yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar. – To‘qqiz yoshimdan buyon voleybol bilan shug‘ullanaman, – deydi Navoiy viloyati jamoasi a’zosi, NDPI birinchi bosqich talabasi Behruz Ro‘ziyev. – Sport mahoratimning yuksalishida ”Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va ”Universiada” musobaqalari muhim rol o‘ynamoqda. Men ularning har uchalasida ham ishtirok etganimdan baxtiyorman. Jamoamiz a’zolarining maqsadi yagona – Farg‘onada bo‘ladigan final o‘yinlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritish. Boks janglari ham qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Unda yettita vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida g‘olib deb topilgan Samarqandviloyati vakillari ustunlik qilishdi. Ring sohiblari esa Farg‘onaga uchta yo‘llanma bilan kifoyalandilar. Samarqandlik sportchilar futbol bahslarida ham g‘olib chiqishdi. “Navoiyazot” AJga qarashli ”Kimyogar” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan gandbolchilar bellashuvlari ham qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Unda qizlar jamoalari o‘rtasida samarqandliklar, yigitlar o‘rtasida esa qashqadaryoliklar final yo‘llanmasi sohiblariga aylanishdi. – Navoiydagi musobaqalar tashkiliy jihatdan yuksak saviyada o‘tdi, –deydi voleybol bo‘yicha Termiz davlat universiteti qizlar jamoasi murabbiyi Rauf Shaymardonov. – Sportchilar uchun har jihatdan eng qulay shart-sharoitlar yaratildi. Biz bu sport turlaridan hal qiluvchi bahslarga yo‘llanmani qo‘lga kiritmagan bo‘lsakda, ortga ajoyib taassurotlar bilan qaytayapmiz. Eng asosiysi, yosh sportchilarimizning tajriba va mahorati bir pog‘ona o‘sdi. Viloyatimiz markazida uch kun davom etgan bahslar nihoyasiga yetdi. Farg‘onaga esa eng kuchlilar boradigan bo‘ldi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

new-project-2

BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi tomonidan fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, UN Uzbekistan hamda UN Population Fund Uzbekistan tomonidan #FacesOfDiversity suratlar tanlovi tashkil ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>