2017/11/18 1:56:52

Uchtut chaqmoqtosh shaxtasi va sarmishsoyning qadimiy sanati

loading...

111
1111Qizilqum sahrosi bag’rida sochilib yotgan o’rta paleolit davriga mansub mehnat qurollarining topilishi Navoiy viloyati hududlarining juda qadimdan – paleolit davridayoq ibtidoiy kishilar tomonidan o’zlashtirila boshlaganidan guvohlik beradi.

Navoiy shahridan 20 km shimoldagi Qoratov tog’laridan topilgan chaqmoqtosh olish ustaxonasi bugungi kunda Navoiy viloyati hududidagi inson hayotiy faoliyatining eng qadimiy yodgorliklaridan biri hisoblanadi.

Keng Zarafshon vodiysidagi Qoratovning janubiy nishabliklaridan, uning o’rta oqimi o’ng qirg’og’idan neandertal odamlar bundan 200-100 ming yillar avval chaq­moqtosh qazib olishgan. Muste yoki o’rta paleolit davridan boshlab to tosh davrining oxirlarigacha, ya’ni neolit davrigacha Zarafshon vodiysidagi ovchilar Qoratovning ushbu janubiy nishabliklaridagi Uchtut konlaridan sifatli paleogen chaqmoqtoshini qazib olganlar.

Chaqmoqtosh qazib olinadigan asosiy hudud Qoratov nishabliklaridagi Uch­tut qishlog’idan yuqorida joylashgan bo’lib, bir necha gektar maydonni egallaydi. 11

Bu erdagi ohaktosh jinsi uchlamchi davrga oid qumloq-sog’ tuproqli bir necha metrdan iborat qatlam bilan qoplangan.

Dastlab ochilib qolgan chaqmoqtosh g’uddalarini soyning yirik toshlari bilan urib ushatib olishgan. Ochiq joylardan olingan chaqmoqtosh quruq bo’lib, tez uqalanib ketgan va katta qismi chiqitga chiqqan. Shuning uchun ibtidoiy odamlar asta-sekin, yuqori paleolit davridan boshlab dastlab yog’och tayoqlar bilan, keyinroq esa paleogen davri ohaktosh qatlamlarining yuza qismini qoplab yotgan qumloq-sog’ tuproq yotqiziqlarini qattiq yog’och yoki buxoro ohusining shoxidan qilingan cho’kich va kuraklar yordamida tozalab, uning ostidagi chaqmoqtosh  g’uddalarini qazib olishgan.22

222Neolit davrida (miloddan 7-4 ming yil avval) Zarafshon vodiysidagi ovchilar va konchilar ustki yotqiziqlarda shaxta yoki chuqur karerlar qazib, ona jinsda saqlangan chaqmoqtoshga etib borib, uni o’yib ola boshlaganlar. Shaxta qudug’ining ostki qismi gumbaz shaklida kengaya borgan.

Ko’pincha yuzasi ochilib qolgan qattiq ohaktosh jinslari bo’ylab gorizontal yo’nalishda lahimlar kavlashgan, ba’zan bu lahimlar yonma-yon joylashgan 2-3 ta shaxtani tutashtirgan.

Miloddan avvalgi 7-4 ming yilliklarga kelib Orolbo’yining g’arbidan to Ziyodin tog’ hududlari va Qoratov tizmalari- ning sharqiy hududlarigacha ovchilar va baliqchilarning kaltaminor neolit madaniyati tarqalgan. Bu atlantik optimumi deb ataladigan, butun jahonda iliq nam iqlim hukmronlik qilgan bir davrga to’g’ri keladi. Qizilqum hududi kichik irmoq va ko’llarga boy gullab-yashnab yotgan dasht bo’lgan. Bu erdan nam o’tloq va to’qaylarga xos bo’lgan yovvoyi ho’kiz, bug’u va boshqa jonivorlarning suyaklari topilgan.

Uchtut shaxtalaridan kaltaminor madaniyatiga xos tosh qurollar topilgan va hozir- gacha o’rganilgan 48 ta shaxta va karerlardan esa chaqmoqtoshning 8000 g’uddalari qazib olingan. Bu g’uddalar vazni o’rtacha 35-45 kg bo’lgan. Shunday qilib, bu joy ibtidoiy davrda tosh kon xom ashyosi olingan noyob manzil bo’lib, u Markaziy Osiyoda yagona makon hisoblanadi. Bunday turdagi shaxtalar Yevropa va jahonning boshqa joylarida ham kamdan-kam uchraydi.

Bundan tashqari, bir paytlar sug’orib kelingan hamda cho’l o’simliklari va o’tloqlar bilan qoplangan Qizilqumning bepoyon kengliklarida neolit madaniyatiga mansub bo’lgan qabilalarning o’zaro birlashishi jarayoni kechgan. Buning izlari bir qancha aholi maskanlaridan topilgan bo’lib, ulardan Lavlakon, Qorakatta, Ko’kpatas, Uchquduq va boshqa manzillardagi materiallar ancha yaxshi o’rganilgan.

Uchtut chaqmoqtosh qazib olish shaxtasi yaqinida qadimiy davrlarning boshqa bir noyob yodgorligi minglab qoyatosh suratlari, ya’ni petrogliflarni o’z ichiga olgan

mashhur Sarmishsoy darasi va boshqa arxeologik yodgorliklar ham ma’lumdir.

3333Hozirgi paytga kelib Sarmishsoy darasi va uning atroflaridagi soylardan 10000 dan ortiq qoyatosh suratlari borligi                aniqlangan.

Sarmishsoy suratlari qoyalarning qora yoki jigarrangli silliq sirtli yuzasiga solingan. Ushbu petrogliflar o’zida 35 tematik obraz va sujetlarni aks ettiradi. Qoyalarga inson qiyofalari, у         ularning ov va mehnat qurollari, liboslari, maishiy buyumlari o’yib ishlangan. Ular bilan bir qatorda har xil jonivorlarning suratlari ham juda jonli aks ettirilgan bo’lib, bu jonivorlar- ning ko’pchiligi allaqachon qirilib ketgan va bugungi mam- lakatimiz hududida uchramaydi. Qoyatoshlarga tog’ echkisi, arxar, qo’tos, ibtidoiy davrdagi ho’kiz, sigir, yovvoyi ot yoki qulon, eshak, tuya tasvirlari o’yib ishlangan. Bu joylarda bo’ri, sher, bars, qoplon, gepard, kiyik, to’ng’iz, tulki, shoqol, jayron, sayg’oq kabi hay vonlar tasvirini va geometrik shakl- lar asosidagi kompozitsiyalarni ham ko’rish mumkin.

Bu suratlarda guruh-guruh yoki yakka holda ov qilina- yotgan manzaralar alohida o’rin egallaydi. Ba’zi suratlarda odamlar diniy marosim liboslarida tasvirlangan. Barcha qoyatosh tasvirlari tosh va metal asboblar bilan o’yib, cho’kichlab yoki tirnab ishlangan.

Eng qadimiy suratlar naqshinkor-bezakli, konturli, soyali yoki aralash uslubda ishlangan.

Sarmishsoy petrogliflari eng qadimiy uslublarda ishlangan bo’lib, ularning orasida buqa, tog’ echkisi tasvirlari ko’p uchraydi. Ular yuqori paleolit davridan boshlangan qadimiy davr ovchilik madaniyatiga xos bo’lgan harakatli uslubda tasvir etilgan. Shunga o’xshash tasvirlar Zarautsoy (O’zbekiston), Qobuston (Ozarboyjon) va Ara- biston yarim orolida topilgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirlariga taalluqli arxeologik materiallar orasida yovvoyi buqa, tog’ echkisi, arxar va qo’toslarning suyak qoldiqlari uchraydi. Ba’zi bir palezoolog olimlarning taxminlariga ko’ra, milod­dan avvalgi 2-ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlab Markaziy Osiyoda qadimiy buqa va tog’ echkilarining soni keskin kamaygan va miloddan avvalgi 1-ming yillik arafasida ular butunlay yo’qolib ketgan.33

Shunga asosan, boshqa ko’pgina suratlarni tosh va bronza davrlariga kiritish mum- kin. Jumladan, buqa va tog’ echkisi tasvirlari o’z navbatida ko’plab petrogliflarning yaratilgan davrini aniqlash imkonini beradi. Bular orasida inson va hayvonlar tasviri alohida qiziqish uyg’otadi. Bu suratlarda qadimiy kishilarning boshqa manbalar bera olmaydigan turmush tarzi va dunyoqarashi o’z aksini topgan.333

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>