2018/10/17 5:00:23

Uchquduq tumani haqida

loading...

uchquduqUchquduq tumani – Navoiy viloyatidagi tuman. 1982 yil 25- martda tashkil etilgan. Shimoldan Qozogʻiston Respublikasi, gʻarbdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubdan Buxoro viloyati va sharqdan Tomdi, Konimex tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 46,63 ming km².  Aholisi 38,8 ming kishi. Tumanda 5 qishloq fuqarolar yigʻini (Avangard, Boʻzdoʻngi, Mingbuloq, Oltintov, Uzunquduq) bor.  Markazi — Uchquduq shahri.

Tabiati. Tuman hududi viloyatning gʻarbida, Qizilqum choʻlida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislik. Qizilqum choʻli qoʻylar uchun asosiy yaylov hisoblanadi. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha havo harorati 1 0C, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6 °C, eng past harorat —35 °C. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27 °C, eng yuqori harorat 45 °C. Vegetatsiya davri 190 kun. Yiliga 45–46 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, qish va bahorda yogʻadi. Tuproqlari taqirli, sur qoʻngʻir va qumli tuproqlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan Qizilqum yaylovlarida saksovul, yantoq, adrasman, tuyaqorin, selin, quyonsuyak, qizilcha, tekisliklarda turangʻil, jiyda, yulgʻun, tol va boshqa bor. Beltov qirlarida oqshuvoq va shoʻralar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, togʻlarda qobon, quyon, jayran, boʻri, tulki, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, boʻrsiq, qoʻshoyoq, koʻrsichqon; sudraluvchilardan toshbaqa, ilonlar, har xil kaltakesaklar; qushlardan tuvaloq, toʻrgʻay, burgut yashaydi. Uchquduq tumani hududida Muruntov oltin koni joylashgan.

Aholisi, asosan, oʻzbek va qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, qoraqalpoq, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 0,8 kishi. Shahar aholisi 25,3 ming kishi, qishloq aholisi 13,5 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda 279 korxona, shu jumladan, 226 mikrofirma, 13 kichik, 13 oʻrta, 27 yirik korxona faoliyat koʻrsatadi. Undan tashqari, Uzbekistan—Rossiya “Promelektro” qoʻshma korxonasi mavjud. Qishloq xoʻjaligida yaylov chorvachiligi (qoramol, qoʻy, jumladan, qorakoʻl qoʻylari va echki, yilqi, tuya boqiladi) rivojlangan. Uchquduq tumanidagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 2,2 ming qoramol (shu jumladan, 1714 sigir), 137,3 ming qoʻy va echki, 1,7 ming yilqi, 1,2 ming tuya boqiladi. Parrandachilik bilan ham shugʻullaniladi.

Tumandagi 22 umumiy taʼlim maktabi, shu jumladan, 1 gimnaziyada 8 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oladi. Konchilik kasb-hunar kolleji va Kommunal xo’jalik kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi . 2 madaniyat uyi, 8 kutubxona, bolalar musiqa va sanʼat maktabi, stadion, sogʻlomlashtirish punkti, suzish xavzasi va boshqa sport inshootlari bor. Markaziy kasalxona, tibbiy sanitariya qismi, davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi, sil kasalligiga qarshi dispanser, poliklinika, ayollar va bolalar konsultatsiyasi, dorixona, 2 qishloq vrachlik punkti, 4 kasalxona faoliyat koʻrsatadi. Tumanda “Dostik—Drujba” gazetasi chiqariladi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>