2017/10/24 12:03:30

Turmush farovonligi halol mehnatda

loading...

Qayerda kishilar bahamjihat, bir yoqadan bosh chiqarib ish tutsa, ana shu joyda qut-baraka bo‘lishi ota-bobolarimiz ta’kidlagan hayotiy haqiqat. Bugungi kunda yurtimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutayotgan omillardan biri ishbilarmonlik muhitining jadal o‘sib borayotganida ham buning o‘ziga xos o‘rni bor.induk

Ayni paytda viloyatimizda istiqomat qilayotgan ko‘plab oilalar tadbirkorlik yo‘lidan borib, oilaviy korxona tashkil etishmoqda. Hozirda ana shunday oila­lar­ning soni 300 tadan ortiqni tashkil etib, ular xizmat ko‘rsatish va servis sohasidan tortib, savdo, ishlab chiqarish yo‘na­lishlarida ham faoliyat olib bormoqda.

“Tog‘ toshi jilosi” oilaviy korxonasi Xatirchi tumani “Qoracha” qishloq fuqa­ro­lar yig‘ini hududida ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. 2014 yilda ish bosh­lagan korxonada yoz mavsumida oyiga 3 mingtadan 4 mingtagacha qurilish blok­lari ishlab chiqariladi. Korxona mahsu­lotlari tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkor­lik ishlari, xususan namunali uy-joylar barpo etishda foydalanib kelinmoqda.

— Oilaviy korxonamizni ukam bilan birga tashkil etganmiz, — deydi biz bilan suhbatda subyekt rahbari Orif­jon Suyarov. — O‘tgan yil qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qish mavsumida sifatli saqlash maqsadida, meva-sabzavot yetish­tiruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi 40 ton­na­lik sig‘imga ega muzlatkich-omborxona barpo etdik. Bu korxonamiz rivojida muhim omil bo‘ldi. Endilikda, kelgusi yillarda yangi texnologiya keltirib, sut­ni qayta ishlashni ham yo‘lga qo‘ymoqchi­miz. Albatta, sidqidildan qilingan ha­lol mehnat o‘z samarasini beradi.

Karmana tumanida parrandachilik yo‘na­lishida ish olib borayotgan oilaviy kor­xo­nalar talaygina. “Ramazon barhayot” oilaviy korxonasi ana shulardan biri bo‘lib, 2010 yildan buyon faoliyat yuri­tadi. Korxona bozorlarimizga aso­san sifatli va arzon, parhezbop tovuq go‘shti yetkazib berayotir.

— Farzandlarim, kelinlarim bilan birga ish olib boramiz, — deydi korxo­na rahbari Samad Ahmedov. — Ayni payt­da Angliyadan keltirilgan 5 ming bosh broyler kurkalarni parvarishlayap­miz. Bunday kurkalar vazni 4 oy davo­mi­da 20-25 kilogrammgacha yetadi. Par­randachilik­ning o‘ziga xos injiqliklari bor. Ana shu mashaqqatdan qochmagan odam bu yumushdan foyda topishi tayin. Biz­ning oilamiz bunga misol. Oiladagi hamji­hatlikda esa halol mehnatning o‘rni katta.

Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda oilaviy korxonalar sonining oshishi nafaqat aholi turmushining moddiy to‘kisligini ta’minlyotir, balki bu – oilalar totuvligida ham o‘ziga xos muhim omil bo‘lmoqda.

Manba: navoi.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

Nalog-na-saytyi-Retina-1078x516

Viloyatimizning 4 ta tumani va Zarafshon shahri tadbirkorlari 2028-yilgacha soliqlardan ozod etildi

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi qarori bilan “2017—2019-yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>