2017/08/16 6:22:04

Tijorat (biznes) taklifi yozish qoidalari

loading...

Har bir katta-kichik kompaniya yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsin, doim savdo xajmini ko‘paytirish ustida bosh qotiradi.

Buning uchun turli yo‘llardan foydalanishga xarakat kiladi. Masalan, maxsulotlarini arzonlashtirib sotish, turli aksiyalarni o‘tkazish va shunga o‘xshash tadbirlarni amalga oshirib boradi. Lekin, ko‘pchilik e’tiboridan chetda qoladigan bir biznes quroli borki, agar to‘g‘ri foydalanilsa, yangi mijozlarni jalb eta oladi. Bu biz, biznes taklif, ba’zan tijorat taklifi deb ataydigan vositadir. (Biznes taklifi, tijorat taklifi – bir kompaniya tomondan boshka bir kompaniyaga uz maxsulotini, xizmatini yozma ravishda tanishtirish va taklif kilishdir)

Afsuski uni risoladagidek qilib tayyorlashga odatda unachalik ahamiyat berilmaydi. Shuning uchun ham biz kutgan natijalar kelmaydi. Natija bo‘lmagandan keyin odatda o‘sha narsaga nisbatan qo‘l siltab qo‘yiladi. Ammo unutmaslik kerakki, har bir ishni bajarishni o‘z yo‘l yo‘rig‘i bo‘lganidek, biznes taklifni tayyorlashni ham xos qoidalari bor. Bu yo‘lda mutaxassislar ko‘p kitoblar yozishgan, ko‘rsatmalar ishlab chiqishgan. Qanday yozish kerakligi barobarida, qanday yozmaslik kerakligi haqida ham tavsiyalar berilgan. Quyida esa shulardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz:

1. Biznes taklifda faqat o‘zingiz haqingizda gapirmang. Ya’ni “biz falon yildan beri ishlaymiz, shuna ishchimiz bor, bunday dastgoxlarimiz bor…”. Mutaxassislarning fikricha xaridorga sizni qaondan beri ishlashigizni qizig‘i yo‘q. Uni qiziqtirayotgan narsa, siz bilan hamkorlik unga qanchalik foyda keltiradi. Gapni shundan boshlang.

2. Taklifingiz aniq ma’noga ega bo‘lsin. Xaridor o‘qib chiqishi bilan gap nima haqida ketayotganini tushunib olsin. Narxlarni ko‘rsatishni unutmang. Umuman taklifingizni o‘qib chiqqan mijozda imkon qadar xech qanday savol paydo bo‘lmasligi kerak.

3. Bo‘lajak hamkoringizga uning muammolarini yechimi siz bilan bog‘liq ekanligini yetkazing. Buning uchun uning muammolarini yaxshilab o‘rganib chiqishingizga to‘g‘ri keladi.

4. Taklifingiz katta xajmda bo‘lmasin. A4 formatda bir betdan oshmasligi kerak. Chunki uzun takliflarni ko‘pchilik oxirigacha o‘qimaydi.

5. Mijozga nima uchun siz bilan xozir xamkorlik qilish kerakligini tushintirib bera olishingiz lozim. Ya’ni aksiyalar, arzonlashtirilgan narxlar xaqida gapiring. Bu faqat ma’lum sanagacha davom etishi mumkinligini aytib o‘ting.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

1428158201_1410213782_city2

Navoiyga kelishning 10 sababi

Bugunga kelib, Navoiy viloyati har tomonlama rivojlangan, obod hududga aylandi. Navoiy viloyati mamlakatimizda hududiy jihatdan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>