2018/12/10 12:31:47

Telegram profilini qanday o’chirish mumkin?

loading...

Telegram ko’plab messenjerlar orasida ko’pchilik foydalanuvchi eng keng tarqalgan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Lekin ayrim foydalanuvchilar ushbu messenjerdan voz kechib, profilini o’chirish istagida bo’ladi.

Ushbu turdagi odamlar uchun qanday qilib telegram profilini o’chirish haqida quyida ba’zi ko’rsatmalar berilgan:

Telegram profili sozlanmalari ichida «Agar ko’rsatilgan vaqt oralig’ida Telegramga kirmasam, profilim o’chirilsin», degan bo’lim bor. Bu bo’limda,bir oydan bir yilga qadar bo’lgan vaqt oralig’ini tanlab qo’yishingiz mumkin. Shu belgilangan vaqt oralig’ida Telegramga kirmasangiz, Telegram bilan bog’liq barcha ma’lumotlaringiz – akkauntingiz, profil rasmingiz, kontaktlaringiz, guruhlaringiz va yozishmalaringiz tarixi butunlay o’chiriladi. Albatta, profilingizni o’chirmoqchi bo’lsangiz bu bo’limdagi «o’z-o’zini yo’q qilish» vaqtini bir oyga sozlab, Telegram dasturini kompyuteringiz va telefoningizdan shunchaki o’chirib tashlashingiz va hammasini unutishingiz mumkin. Bunda bir oydan so’ng akkauntingiz avtomatik tarzda o’chiriladi.

Kimdir Telegramdagi akkauntini darhol o’chirmoqchi bo’lsa, Telegram ularga yanada qulayroq, tez ta’sir ko’rsatuvchi usulni ham taklif etar ekan. Bu haqida kecha bilib qoldim

Xullas, agar hoziroq Telegram profilingiz/akkauntingizni butunlay o’chirmoqchi bo’lsangiz, telegram.org/deactivate sahifasiga tashrif buyuring. U yerda Sizdan Telegramingizga bog’langan telefon raqamingizni xalqaro shaklda yozishingizni so’rashadi. Raqamingizni yozganingizda Sizning Telegram dasturingizga maxsus kod yuboriladi. Bu kodni yuqoridagi manzil orqali kirgan sahifangizga yozasiz va Telegramingizni butunlay o’chirasiz!

Yodingizda bo’lsinki, bu usulda Telegram akkauntini o’chirish barcha ma’lumotlarning butunlay o’chib ketishiga sabab bo’ladi. So’nggi qarorni qabul qilishdan avval Telegramda bo’lishi mumkin bo’lgan barcha kerakli ma’lumotlar, raqamlar va media fayllarni yuklab olishni unutmang.

Manba: azamat.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

OLifCDHaH7esaKv42-croIphFvPCok4a

Issiq havoda issiq choy ichish, bu to‘g‘rimi?

Choy – xalqimizning sevimli ichimliklaridan hisoblanadi. Choy faqat chanqoqbosdi ichimlik bo‘libgina qolmasdan asabni tinchlantiradi, ruhiyatni ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>