2018/11/19 12:47:16

“Tashabbus-2016″ tanlovining g’oliblari aniqlandi

loading...

Joriy yilning 6 aprel kuni poytaxtimizdagi «Turkiston» saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Tashabbus–2016” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi.

tashabbusUnda ko‘rik-tanlov g‘oliblarining nomi tantanali ravishda e’lon qilindi.G‘oliblar uchta asosiy – «Yilning eng yaxshi tadbirkori», «Yilning eng yaxshi fermeri» va «Yilning eng yaxshi hunarmandi» yo‘nalishlari, shuningdek, «Yilning eng yosh tadbirkori», «Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli», «Eng yaxshi innovatsion loyiha», «Yoshlar uchun eng ko‘p ish o‘rinlari tashkil qilgan tadbirkor», «Mening Vatanim – mening faxrim», «Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi», «Oziq-ovqat sanoatida yilning eng yaxshi tadbirkori», «Yilning eng yaxshi mahsuloti», «Yilning eng yaxshi eksportchisi» va «Eng yaxshi mas’uliyatli ijtimoiy sherik» kabi qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi.

«Yilning eng yaxshi tadbirkori» nominatsiyasida Namangan viloyatidan «Aisha Home Textile» qo‘shma korxonasi rahbari Jobir Kamoliddinov g‘olib bo‘ldi. Toshkent viloyatidagi «Bekobod qo‘rg‘oni» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Ismatilla Dadaboyev «Yilning eng yaxshi fermeri» deb topildi. Toshkent shahridan Madina Qosimboyeva «Yilning eng yaxshi hunarmandi» deb e’tirof etildi.

“Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga Prezidentimiz sovrini – “Spark” avtomobillari kaliti, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblariga pul mukofotlari, maxsus nominatsiyalar sovrindorlariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

new-project-2

BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi tomonidan fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, UN Uzbekistan hamda UN Population Fund Uzbekistan tomonidan #FacesOfDiversity suratlar tanlovi tashkil ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>