2018/10/20 5:17:12

Taksilarga qanday ko’rinishdagi taksometrlar o’rnatilmoqda

loading...

DST-07O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom ishlab chiqildi.

Unga muvofiq yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida taksometr tizimi joriy etildi. 

“O‘zaxborottrans” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham taksilar faoliyatini tartibga solish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Jamiyat tomonidan xorijiy davlatlarda amalda bo‘lgan taksometr qurilmalari olib kelinib, sinovdan o‘tkazildi. Ular orasidan mamlakatimizdagi shart-sharoitlar va talablarga yaqin bo‘lgan taksometr-nazorat kassa mashinasi tanlab olindi. Bu moslama ma’lum vaqt davomida foydalanilgach, qurilma har jihatdan takomillashtirildi.

Haydovchining salomatligi va yo‘nalishsiz taksi sifatida foydalaniladigan har bir avtotransport vositasi texnik jihatdan sozligi har kuni ish boshlanishidan oldin tekshiriladi. Bundan tashqari, olinadigan yo‘lkirasi haqida taksometr-nazorat kassa mashinasi ko‘rsatkichi bo‘yicha yo‘lovchiga ma’lumot beriladi va to‘lovlarni naqd pul hisobidan yoki bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Bugungi kunda DST-07 markali taksometr-nazorat kassa mashinasi O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishi ruxsat etilgan fiksal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestriga kiritildi. “O‘zaxborottrans” jamiyati tomonidan 3 mingta shunday qurilma taksilarga o‘rnatilib, mamlakatimiz bo‘ylab doimiy harakati ta’minlandi.

Manba: uza.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

ektor_kuper

O‘zbekiston MTJga yangi bosh murabbiy topildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi. Qayd qilinishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>