2017/11/18 1:59:05

“Tadbirkor qizlarning eng yaxshi loyihasi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

loading...

“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida Navoiy viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda uch yo‘nalish bo‘yicha 33 nafar tadbirkor qiz ishtirok etdi. 85

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini sohaga jalb etish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmasini boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning joriy yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

“Servis sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz” yo‘nalishida Navoiy tibbiyot kolleji o‘quvchisi M.O‘roqova, Zarafshon kompyuter texnologiyalari kolleji o‘quvchilari N.Majidova va M.Rahmatova, Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Z.Abduqahhorova, “Ishlab chiqarish sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz” yo‘nalishida Qiziltepa agroservis va transport kasb-hunar kolleji o‘quvchisi M.Ibrohimova, “Qishloq xo‘jaligi sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz” yo‘nalishida 2-Nurota qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji bitiruvchisi M.Omonboyeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

– Tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida tuzgan loyiham qo‘llab-quvvatlanganidan mamnunman, – deydi Qiziltepa agroservis va transport kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Mohigul Ibrohimova. – Paypoq to‘qishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha biznes loyihamni ishlab chiqishda mutaxassislar, ayniqsa, ota-onamning maslahatlari qo‘l keldi. O‘z biznesimni boshlash uchun zarur bo‘ladigan mablag‘ni tijorat banklaridan olaman.

G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

Nalog-na-saytyi-Retina-1078x516

Viloyatimizning 4 ta tumani va Zarafshon shahri tadbirkorlari 2028-yilgacha soliqlardan ozod etildi

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi qarori bilan “2017—2019-yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>