2017/10/23 11:56:46

Sug’diyona tarkibidagi Nur va Zardushtiylik. Urf – odatlar.

loading...

navoiyQadim o’tmishda Nur O‘rta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri bo’lgan So’g’diyona manzilgoxlaridan hisoblanadi.. Nurato tizma tog’lari g’oyat boy va serunum bo’lib So’gdni qizilqumdan esadigan issiq garmseldan to’sib turgan. O’tmishda So’gdiyonaga ikki tomondan kirilgan. Biri Jizzax yakinidagi Temur darvoza bo’lsa, (ba’zi manbalarda Ilonutti), ikkinchisi Nur bulgan. Iskandar Zulqarnayn ham So’g’dga Nurato tizma tog’lari orqali kirib kelgan. 

Nuratolik maxalliy xalkning bobokalonlari sugdiylar uzlarini yoruglikning, kuyoshning farzandlari xisoblashgan. Sugdiylar bobolari tomonidan 12 ming xukiz terisiga yozilgan ”Avesto” kitobini mukaddas sanashgan va Zardushtni mukaddas deb uluglashgan
“Zardusht, – deb yozadi Beruniy, – Faylakusdan ta’lim olgan, keyinchalik gorga yashirinib olib bir necha yil mobaynida “Avesto”ni ijod kilgan”. Rivoyatlarga karaganda Zardusht podshox Vishtaspga “Avesto”ni takdim kilgan va mukaddas kitobni podshox oldiga kuyib Xudoga iltijo kilgan: “Ey Xudo! Agar shu kitob xakikatan xam seniki bulsa, sen shu kitob bilan meni podshox xuzuriga yuborgan bulsang, meni misning zararidan saklagin”. Shundan sung Zardushtning iltimosiga kura kizdirib eritib keltirilgan mis uning tanasi ustidan kuyilgan, u tana ustidan okib utgan, lekin uni kuydirmagan. Shu karomatdan sung podshox Zardusht ta’limotini kabul kilgan. Uziga tobe barcha ulkalar axolisiga zardushtiylik e’tikodiga amal kilishni buyurgan.
Abulkosim Firdavsiy uzining “Shoxnoma” asarida Markaziy Osiyo va Eron xalklarining islomgacha bulgan dini zardushtiylik va uning asoschisi Sharkning birinchi faylasufi, shoiri, donishmandi Zardusht xakida mexr-muxabbat bilan yozadi va uni paygambar deb ta’riflaydi.
Kupchilik olimlarning e’tirof etishlaricha, Zardusht eramizdan oldingi VII-VI asrlarda yashab, chorvadorlik bilan shugullangan. U kirk yoshida uzining nor tuyasiga minib (Zardusht – “zard”- sarik, “usht”- ushtur, ya’ni tuya – sarik tuya egasi, sarik tuya yetaklagan odam) kishlokma – kishlok, shaxarma – shaxar kezib, yakkaxudolik goyasini, Xurmuzning yakkayu – yagonaligini targib etgan.
Zardushtiylik dinida olovga xar kanday gunoxlardan tozalovchi vosita deb karalgan. Shuning uchun bu dinga ishonuvchilar otashparastlar deb xam atalgan. Zardushtiylar xayit va boshka marosimlarni utkazish uchun doimo ut yonib turadigan otashkada, ya’ni otashxonalarda tuplanishgan. Ushbu bayramlarda ular un, yog, shakardan tayyorlangan ovkat – xalvoitar (xolvaytar) yeganlar. Kadimgi Nurning axolisi uchun asosiy yemak bulgan xolvaytar xozir xam eng tansik taom sanaladi, xattoki avloddan avlodga utib kelayotgan “xolvachixo” urugi bu nozik san’atni xozirgacha davom ettirib kelishadi. Otashparast sugdiylarning olov yokib alas kilish, tutatki tutatib isirik bilan odamga, mol – xolga, gudakka em kilish, afsungarlik usullaridan foydalanish, ruxlarni chakirib, ma’lum maksad yulida xizmat kildirish, em kilish odatlarini xaliyam uchratish mumkin. Nuratoliklar chakalokni beshikka belaganda albatta isirik tutatib zararli mikroblarni xaydaydilar, yangi kurilgan imoratlarga uning shoxchasini ilib kuyadilar. Otash, issiklik ta’siri bilan kushandalarni yukotish marosimlari mavjud. “Avesto”da otash poklovchi va ofatni ketkazuvchi vosita xisoblangan. U bilan xatto kiyim – kechaklarni xam zararsizlantirish mumkin. Nur axolisi turli marosimlarda sham yokib kuyish, tuylarda gulxan (kishda mankaldonda) yokib uning atrofida bazm kilish, kelinni gulxan atrofida uch marta aylantirish kabi an’analarni xozirgi kungacha saklab keladilar.
Nur xalki kuy, koramol suyib koni okizilgan joyni tozalab, usha joyga olov yokib poklaydilar. Shuningdek, nuratoliklar yer, suv, zamin, xona, badan, kiyim-kechak, ozik-ovkatlarni toza tutishga aloxida e’tibor beradilar.
Nur xalki orasida yaxshi saklanib kolgan marosimlardan yana biri mushkulkushod ukitishdir. Bu marosimning asl moxiyati mexnatni, xalollikni targib kilishdir. Ushbu marosimda dasturxon yozilib, kora chirok yokib kuyiladi. Dasturxonga non, mayiz kuyiladi. Otinbibi tomonidan bir chol va uning yetti farzandi, cholning togdan utin terib yetti farzandini ulgaytirib, xalol mexnati evaziga ularni uyli- joyli kilganligi xakidagi ibratli xikoyat ukiladi.
O‘rta Osiyo xalklarining milliy bayrami xisoblangan Navruzning tarixi xam islomga kadar mavjud bulgan zardushtiylarning an’anaviy yangi yil bayramidir. “Navruz” fors -tojikcha suz bulib, nav-yangi, ruz-kun degan ma’nolarni anglatadi. Navruz bayramining kuxnaligi xakida Beruniy, Umar Xayyom, Maxmud koshgariylar kimmatli ma’lumotlarni yozib koldirishgan.
Kuyoshning xamal burjiga kirishi, kecha bilan kunduzning barobar kelishi yil boshi xisoblangan. Bu eski kuyosh yili xisobida farvardin oyining avvaliga, 22 mart, kecha bilan kunduzning tenglashgan vakti va kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanish, baxorning boshlanish davriga tugri kelgan. Navruzning paydo bulishini Abulkosim Firdavsiy “Shoxnoma” asarida afsonaviy shox Jamshid nomi bilan boglaydi.
Tarixiy manbalarda Navruz bayramini utkazish Axamoniylar davridan boshlanganligi va O‘rta Osiyo, Eron, Afgoniston xalklarida eng katta bayramlardan biri bulganligi kayd etilgan. Bu ulkalarga islom kiritilganda Navruz ta’kiklangan. Lekin IX – X asrlarda arab xalifaligi yemirilgach xalk uz sevgan bayramini davom ettirgan. Navruz bayramida xar xil taomlar pishirilgan, uy – joylar tozalangan, yakin kishilar bilan diydorlashilgan, ziyoratga borilgan.
Navruzning eng an’anaviy taomi sumalak bulib, rivoyat kilishlaricha sumalak pishirilayotganda arshi a’lodan “siymalak” ya’ni uttiz malak (“siy” – fors – tojikcha “uttiz”) tushar emish.
Navruz Nuratoning kal’a maydoni – tupxonada azaldan bayram kilingan, Nurato begi bayramni kal’adan turib tomosha kilgan. Chunki shu yerdan dalalarga kush chikarilgan, bugdoy ekishga kirishilgan.
Nuratoliklarning islomga kadar bulgan bayramlari orasida baxor faslida, Navruzga atab utkazilgan tabiatning guzal ne’mati – gulga bagishlangan “Sayli guli surx” bayrami aloxida urin tutgan. Bu bayramda xammayok anvoyi gullar bilan bezatilgan. Shaxardagi xunarmandlar chashma atrofi va bozor – joy yakinidagi rastalarga uz mollarini chikargan. Kal’a ortidagi tupxonada Navruzning “Guli surx” sayli bulgan. kiz – juvonlar tupxonadan narirokdagi “Kuxi duxtaron” degan kirda bayram kilishgan. Yoshlar “Chixil kosa”, “Obako”, “Obi savz”, “Ushtursang”, “Kuchai gurgon”, “Sangi duxtaron” degan manzillarga saylga borishgan.
Kadimgi davrlarda xalkimizning ma’naviy xayotida katta axamiyatga ega bulgan diniy e’tikodlar, bayram va marosimlar xanuzgacha yaxshi urganilmagan. Diniy tasavvur va e’tikodlar O‘rta Osiyo xududlarida yashagan kadimgi ajdodlarimizga xos bulgan. Ibtidoiy tuzum kishilarni tabiatni jonli tarzda tasavvur kilishgan. Ular uzlarida sodir buladigan ruxiy kechinmalarni tabiatga xos xolat deb bilishgan.
Nur xalki juda kadimdan boshlab uz ajdodlari bulmish sugdiylarning kuplab odatlarini saklab kelishadi. Xozir xam nuratoliklar jinlar va yomon arvoxlar keltiruvchi zararlarni daf etish uchun is chikarishadi. Is chikarish odatda arafa kunlari, tuy tantanalari oldidan, baxorgi, kuzgi yer xaydashdan avval amalga oshiriladi va buzmuk (bo‘girsok), katlama pishirib tarkatiladi. Ular kizdirilgan yog xidi uydan ins- jinlar keltiradigan xavf-xatar sababchisini kuvib, avlodlar xomiysi bulmish ota – bobolari arvoxini chakiradi, – deb bilishadi.
Bu tugrida Beruniy xam uzining “kadimgi xalklardan kolgan yodgroliklar”(Osor ul- bokiya) kitobida aytib utadi.
Kadimiy Nur xam utmishda Sugdiyona tarkibida bulganligi tadkikotlar davomida aniklangan bulib, bu maskanda baxodir sugd farzandlari yashaganligi taxmin kilinsa buladi. Zero, Nur shaxrining kuxnaligi bunga asosdir. Nur xalki xozirga kadar sugd tiliga borib takaladigan fors-tojik tilini mukammal saklab kelayotganligining uzi bu ulkaning tarixi uzok utmishga borib takalishidan dalolat beradi.
Germaniyalik faylasuf Fridrix Nitsshe XIX asr oxirida Eronga safar kiladi. U Yazd shaxrida istikomat kilayotgan zardushtiylar bilan uchrashadi va ularning urf-odatlari bilan tanishadi. Faylasuf uz yurtiga kaytarkan zardushtiylarning diniy belgisi uchlari kayrilgan kushuv alomatiga uxshash svastikani olib keladi va germanlarga bu oliy irk belgisi ekanligini tushuntiradi. O‘rta Osiyo va Eronga islom dini kirib kelgach, islomni kabul kilishni istamagan zardushtiylarning bir kismi Xindistonga kuchib ketadi va bu belgining xindistonda paydo bulishiga sabab buladi.
Nuratoda chashma soxilida kurilgan “Panjvakta” masjidi mexrobi atrofida zardushtiylarning diniy belgisi bulmish ushbu svastikadan kirk donasi bir – biriga tutashtirilib chizib kuyilgan. Shu urinda bir muloxaza tugiladi. Extimol “Panjvakta” masjidi urnida avval zardushtiylarning otashkadasi bulib, keyinchalik islom davrida u masjidga aylantirilgandir. Masjid mexrobi peshtokidagi kirkta svastikaga mazmunan boglik “chillaxona” (chixil – kirk) xam borligi otashkadalar xuzurida maxsus darmongox, sixatgoxlar bulganligidan nishona emasmikin. Chunki “Avesto”ning barcha kismlarida, xususan, “Vendidat”da kasalliklar tasnifi, bemorlarni davolash usullari, dorivor usimliklar, tabobat amaliyoti, tabiblar, ularning burch va vazifalari xakidagi xamon uz kimmatini yukotmagan maslaxatlar berilgan. Umuman, kuxna Shark nafakat tarixiy, madaniy balki, insoniyat tibbiy karashlarining xam kadimiy uchogi ekanligini “Avesto”dagi dalillar isbotlaydi.
“Avesto”dagi tibbiy dalillar ota – bobolarimizning tabobatga doir karashlari Rim, yunon va arab tabobatlaridan kuxnarok va uzokrok tarixga ega ekanligini kursatadi. Masalan, ”Avesto”da mingdan ziyod dorivor usimliklar, giyoxlar ruyxati keltirilgan. Undan tashkari “Avesto”da inson butun umri davomida suv, tuprok, olov, yerni asrashi, usib ulgaygan mamlakatni eng yaxshi va guzal mamlakat deb tushunmogi, xar bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib kuyoshni olkishlab Axuramazdaga siginishi, yaxshilik va ezgulik yulida mexnat kilishi, uz kullari bilan moddiy noz – ne’matlar yaratishi lozimligi uktirilgan. Zardusht paygambar Axuramazdadan suraydi: “Shodlik va baxt makoni kayerda?” Axuramazda javob beradi: “U shunday joyki kishilar unda uy – joy kuradilar, ibodatxonalar bino etadilar, dexkonchilik va chorvachilik bilan shugullanadilar, bola – chakali buladilar.”
Xalkimiz orasida keng tarkalgan kadimiy odatlardan yana biri turli xil duolar buyniga osib yuriladigan yoki kiyimlarga tikib kadaladigan uch burchak, uzunchok tumor va radnoma saklab yurish odatidir. Xozir bu odat islomiy odatlar bilan uygunlashib ketgan. Undan tashkari kulokka, kiyimga, duppiga kuzmunchok takish xam islomga kadar yashagan ajdodlarimiz odatlaridan biridir.
Nurato xalki uy xayvonlariga, xususan it saklashga e’tibor beradilar. Deyarli xar bir xonadonda bir yoki ikkitadan it saklanadi. “Avesto”da xayvonlarga, xususan, itga kanday munosabatda bulish xakida xam zarur yul- yuriklar berilgan. Mukaddas kitobda yozilishicha, itni urgan kishining xayoti ogir kechadi, uning boshi xar xil kungilsizliklardan arimaydi. “Avesto”da shunday yozilgan: “It senga ato etilgan sokchi va dustdir. Ul senga ov ovlashda kumaklashadi, ul mulkingni kuriklaydi. Ul seni xordik oladigan maxalingda ovuntiradi. Itni ranjitma. Undan ovkatni kizgangan odamning shuri kuriydi.” “Avesto”da och itga ovkat berish kat’iy uktiriladi va xususan olti oylik itvachchani yetti yashar kizalok bokishi lozimligi xususida yurik beriladi. Nur xalki xanuzgacha itga aloxida mexr bilan karaydi va xattoki “sak vafo, zan jafo” (it vafo, xotin jafo) deya mubolaga kiladi.
kadimgi Nur axolisi sexrgarlik va afsungarlik usullari orkali ma’lum narsalar yordamida tabiatga ta’sir kilish, shu yul bilan kuzlangan maksadlarga erishish mumkinligiga ishonishgan. Masalan, Nur axolisi kadimdan baxorgi (baxorikori), kuzgi (tramoyi) bugdoy ekishga. Ba’zi yillarda yogin-sochin kam bulib yil kurgokchil kelsa xosil bulmagan. Shu yillarda nuratoliklar yomgirni chakirish uchun xar bir xonadondan oz-ozdan un yigib chikkanlar va yigilishib kochi pishirganlar, uni tanovul kilgach, kosa tovoklarning yuvindisini tarnovdan okizganlar va shundan sung yomgir yogishiga ishonganlar. Nuratoda dexkonchilikka oid xalk kushiklari xam saklanib kolgan.
Ajdodlarimizning mukaddas “Avesto” kitobi sugd va baktriya tiliga yakin bulib, kadimgi Eron tilida yozilgan. “Avesto” tili fors – tojik tiliga karindosh til bulib, kadimgi xind – sanskrit tiliga xam yakindir.
“Avesto” tili xozir ulik til bulib, iste’moldan chikib ketgan. Bizgacha yetib kelgan “Avesto” kismlari ogizdan – ogizga utib, xattotlar tomonidan kuchirilib, uning shakli va uslubi buzilgan. Aslida kanday talaffuz kilingani unutilgan. “Avesto” duolarini, kismlarini yodlash oson bulgan va bu mukaddas kitobdagi duolar avloddan- avlodga urgatilib kelingan.

“Nurota tarixidan sahifalar” kitobidan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>