2018/10/20 5:16:02

Sirli milliarder haqidagi haqiqat

loading...

sirliYaqin tarixda amerikalik sanoatchi va kinoprodyuser Hovard Robert  Hyuzdek g’alati va jumboqli odam bo’lmagan bo’lsa kerak. Aynan unga dunyodagi birinchi rasmiy milliarder deb tan olish nasib etdi.

Ammo ba’zi sabablarga ko’ra, Hyuz o’z hayotini sirlar pardasiga shunchalik o’rab tashlagan ediki, 30 yildan ziyod vaqt o’tsa hamki, tadqiqotchilar uning batafsil tarjimai holini yoza olmasdan ovora bo’lishyapti.

       Hovard bolaligidan tehnika bilan mashg’ul bo’la boshlagan. 11 yoshida u yasagan radiouzatkich qurilma uzoq masofaga radiosignallarni uzata olishini ko’rsatadi. Oradan uch yil o’tib, samolyot  boshqarish  sabog’ini oladi. Otasi uni Hollivudga olib borib, shou-biznes «naxang» lariga tanishtiradi. Ikki yil o’tib, otasi vafot etgach, Hovard yagona merosho’r bo’lib qoldi. Kinoga ishqi tushib qolgan yosh Hyuz otasidan qolgan meros – neft sanoati uchun uskunalar chiqaruvchi «Hyuz tul» kompaniyasini boshqarishga odam yollab, o’zi Hollivudning yosh prodyuseriga aylandi. Biroq u ishlagan birinchi film mo’ljaldagidan ikki barobarga qimmatga tushdi. Ilk premera o’tiboq xech kim bu kinoga kirmay qo’ydi. Ammo Hovard tinchimadi. U «Hyuz tul» kompaniyasi daromadidan tushgan kattagina mablag’ni kino olishga sarfladi. Bu harajatlar yahshigina samara berib, keyingi olingan filmlaridan katta daromad kela boshladi.

      Kino va Hollivud yulduzlaridan tashqari uni samolyotlar xam qiziqtirgan  edi. 1935 yilda u o’zi loyixalashtirib qurgan «Kumush o’q» nomli samolyotirekord ko’rsatkich – soatiga 566 km tezlikda uchishga muvaffaq bo’ldi. Keyingi yili u Amerikani sharqdan g’arbga qarab 9 soatu 27 daqiqada samolyotda uchib o’tdi.

      1938 yili Hyuz Er sharini samolyotda uch kechakunduz va 19 soatu 17 daqiqada aylanib chiqib, Amerikaning milliy qaxramoniga aylandi. U bu mashg’ulotini pul topish uchun amalga oshirar edi. 1939 yili Hovard «Trans uorld eyrlayns» aviakompaniyasidagi tushunmovchiliklardan foydalanib, uning 77 foiz akciyasini sotib oldi. So’ngra «lokhid» kompaniyasi xamkorligida samolyotlar yasash bilan bog’liq mahfiy shartnoma tuzdi. Ikkinchi jaxon urushi boshlangach, AQSH xukumati aviaciya soxasida faqatgina ana shu kompaniyalar bilan ish ko’rdi. Natijada Hovardning kompaniyasi xaddan ziyod boyib ketdi.

      O’tgan asrning 40-yillar o’rtalarida Hovard xukumat bilan eng katta razvedkachi samolyot yasashga shartnoma tuzdi. «Olifta-g’oz» deb nomlangan bu samolyotni u yog’ochdan yasab, qanotlari kengligini 97,5 metrga etkazdi. «G’oz» 1947 yilning 31 oktyabrida bir martagina xavoga ko’tarilib, bir daqiqada bir mil masofaga uchdi. Shundan buyon bu samolyot  yig’ilgan xolda angar (samolyotlar turadigan va ta’mirlanadigan mahsus bino) da saqlanmoqda.

      50-yillar ohirida kompaniya akciyadorlari va Hyuz o’rtasida ularni kompaniyani boshqarishdan chetlanganligi tufayli nizo paydo bo’lgandi. U yo sudda o’zini oqlashi yoki 145 mln dollar miqdorida jarima to’lashi kerak edi. Hovard ikkinchi yo’lni tanladi. 1966 yilda esa o’z akciyalarini 750 mln dollarga sotib milliarder bo’ldi.

     Xayotining so’nggi 15 yilini Hovard Hyuz to’la-to’kis tarki dunyo etib yashadi. U xamma narsadan shubxalanuvchi odamga aylanib, dunyoning qaeriga bo’lmasin, faqat o’z shahsiy samolyotida uchar edi. Gazetalar saxifalarida bu afsona odamning g’alati odatlari xaqida ko’plab maqolalar joy oldi. 1957 yilda unga turmushga chiqqan aktrisa Jin Piters 14 yillik turmushidan so’ng ajrashdi. Shundan keyingina Jin bu nikoxning o’zi uchun qanchalar qiyin bo’lganini so’zlab berdi. Ma’lum bo’lishicha, Hovard uylangach, hotini bilan aloxida honalarda yotish kerakligini aytib, darxol ogoxlantirgan. Jin erining narsalariga qo’l tekkizishga xaqqi yo’q edi. Hovard ishonchini qozongan etti nafar hizmatkorlargagina bu mumkin bo’lgan. Hotini bilan ajrashgach, u Las-Vegasdan uncha uzoq bo’lmagan erda o’ziga saroy qurdiradi.

      Hyuz mamlakat bo’ylab tinmay safarda bo’lgan. U qaysi shaxarga bormasin, mexmonhonaning butun bir qavatini egallab olardi. O’zi yashaydigan honadan esa mebellarni chiqartirib tashlar, hizmatkorlar boshqa krovat, stol-stul va zarur jixozlarni kiritishardi. Uning o’zini xam honaga mahsus zambilda, boshiga choyshab yopilgan xolda olib kirishardi. Hovard honadan chiqmas, barcha muzokaralarni telefon orqali olib borardi. Buning asosiy sababi u bolaligidan qulog’I og’ir bo’lib qolganida edi. Hovard ana shu kamchiligini telefon orqali berkitishga xarakat qilgan.

     Uning injiqligi tufayli derazalar ochilmas, honalar shamollatilmasdi. Ana shunday mexmonhonaalardan birida u olti oy yashagach, mexmonhona soxibi chiday olmay, Hovarddan bu erni bo’shatib qo’yishini  talab qiladi. Hyuz esa undan mexmonhonani qancha sotishini so’raydi. Buni kutmagan mexmonhona egasi xazillashib, juda katta miqdor – 14 million dollarni tilga oladi. Ertasigayoq u Hovarddan shu miqdordagi imzolangan chekni qabul qilib oladi. Shundan so’ng Hyuz bir necha mexmonhonani sotib oldi. Xatto, ulardan birining faqatgina peshtoqidagi nomi g’ashiga tekkani uchun xam harid qilib, yozuvni oldirib tashladi.

      Hyuz 1976, 5 aprelda Meksikadan Hyustonga uchib kelayotib vafot etdi. Shundan so’ng uning ikki milliard dollar turuvchi boyligi kimga tegishi muammosi paydo bo’ldi. Yigirma yil davomida bu muammo bir yoqli bo’lmadi. Merosho’ri yo’qligidan 1996 yili AQSh Hovard merosini Kaliforniya va Tehas shtatlari federal soliq hizmatlari o’rtasida bo’lib berdi.   

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>