2018/08/20 2:59:53

Shayx Abul Xasan Nuriy – Nurotaning buyuk shaxslaridan.

loading...

Nurda kuplab tobeinlarning kabri bor

Nur-fors-tojik manbalarida Nurato, turk-uzbek manbalarida Nurota shaklida istifoda etiladi. Maxalliy xalk uz ona shaxarlarini uz tillari grammatikasiga xos ravishda Nurato, uzlarini esa «nuratoi», «nuratogi» deyishadi. Ustoz Ayniy uzining «Esdaliklar» asarida «…Akamning ugli Muslixiddini bosmachilar Nuratoga etdilar.» …1922 yillarda bosmachilar markazi Nurato edi»,-deb yozadi

Mukimiy esa uzining «Tanobchilar» she’rida:

«…xam yana Erxubbi bulodur tago

Ammamizning erlaridur Nurato»,

-deb yozib koldirgan

Akademik olim Bobojon Gofurovning «Tojikon,» professor N.Ne’matovning «Somoniylar davlati» asarlari tarixiy sarchashmalar asosida yozilgan. Mualliflar tomonidan Nur (Nurato) atamasi «Tojikon» asarida 3 marta, «Somoniylar davlati» asarida esa 5 marta Nurato shaklida kayt etilgan.

Manuchexr yozadi:

Abr shud nakkoshiy Chinu, bod shud attori Rum

Bog shud ayvoni Nuru, rog shud daryoyi Gang

Bu yerda Nur-yoruglik, rushnoyilik, ziyo, yogdu ma’nosini anglatayapti

Amir Xusrav yozadi:

Garchi ato dar xama jo dilkash ast

Xarchi ba xinjar buvad on xush ast

Bu yerda ato-baxsh etish, in’om ma’nosini anglatayapdi

Nurato suzi tojik tilining fonetikasiga xoslashgan bulganligi sababli maxalliy xalk shevasida bu nom yillar utishi moboynida karor topgan. Shaxardagi Saidato, Nurgulato, Egizakato kabi joy nomlari xam Nurato suziga uxshash shakllangan.

Agar tarixiy manba’larga murojaat etsak, urta asrlarda fors-tojik tili Urta Osiyoning madaniy axolisi orasida ustivor bulganda obod bulayotgan, gullab-yashnayotgan joylarga usha joy nomidan kelib chikib –kent kushimchasi (Toshkent, Pskent,Vobkent, Panjikent) kullangan.

ato kushimchasi ishtirokida (Arabato,Kalkonato,Chuponato,Pironato, Fozilmonato,Nurato)turli joy nomlari yasalganligining guvoxi bulamiz. Xozirgi kunlarda esa bunday joylarga-obod kushimchasi(Sherobod,Mirobod,Xalkobod,Nurobod,Chuponobod)kushilib yangi atamalar paydo bulyapti

Nuratoning ikkinchi bir nomi Nurota bulib,bu nom Nur chashmasi soxilida dafn etilgan Shayx AbulXasan Nuriyga taalluklidir . Nur ota – bu Shayx AbulXasan Nuriyning uzi bulib,xar ikkala nom bir kishiga alokadordir

Nurota suzi shaxar tevarak – atrofida istikomat kiladigan turkiy elatlar xamda xar yili shaxarga okib keladigan kup sonli sayexatchilar tilida Nurda dafn etilgan – otaning ziyeratiga ,ya’ni «Nur otaga» (avliyoga ) keldik deya aytilish natijasida shakllangan va keyinchalik shaxar xam Nurota deyilaverilgan.

Shuni ta’kidlab utish joizki Nurota atamasi shaxarning nomi emas,balki mukaddas kabrda dafn etilgan avliyo ota – Shayx AbulXasan Nuriyning nomidir. Shaxarning nomi esa Nuratodir.

Shayx AbulXasan Nuriy – IX asrlarda Nurda yashagan va faoliyat kursatgan mashxur diniy arbobdir. U islom ta’limotini Nurda targib etgan , xalk orasida islomiy fikr yurgizgan, yagona Olloxga itoat etmaklik tugrisida tarbiya bergan dastlabki rugoniydir . Shayx AbulXasan xar tomonlama maxalliy xalk xurmatini kozonganligidan uzining oliy darajadagi olamni bilish tugrisidagi islomiy bilimi va nixoyatda xoksor , kamtarligi bilan boshkalarga ibrat bulganligidan Nur xalki bu aziz insonni uzi uchun mukaddas bulgan joyga – Nur chashmasi soxiliga dafn etgan, kabrini obod kilgan va uni ziyorat kilib, eslashni savob ish deb xisoblagan.

X – asrda yashab ijod etgan Buxoro tarixchisi Narshaxiy axborot beradi: «Nur ziyoratiga borgan kishi xaj kilgan kishining fazilatiga ega buladi. Bu Nurni boshka viloyatlarda « Nuri Buxoro « deb ataydilar. Chunki u yerda kuplab tobeinlarning kabri bor» Bizga ma’lumki tobeinlar – bular saxobalarni kurganlardir. Saxobalar esa Muxammad paygambarning safdoshlari va izdoshlaridir.

Shay AbulXasan Nuriy xakida ma’lumot tuplash jarayonida kuplab tarixiy manbalar ukib urganildi. Toshkent kulyozmalar instituti ilmiy xodimi X.Islomov kumagida A.Jomiyning «Nafaxotul – uns min xazarotul kuds « (Pok zotlar tomonidan esgan dustlik shabadalari) tazkirasi urganildi va bu tarixiy asarda Shayx AbulXasan Nuriy 616ta donishmandlarning biri sifatida nomi zikr etilib kuyidagi axborot fors – tojik tilida yozilgan: «Shayx AbulXasan Nuriy az tabakai soniya ast. Nomi vay Axmad ibn Muxammad va kunniyad Muxammad bin Muxammad ast. Shaxri bud miyoni Xirot va Marv va Bagdod ast. Bo Siriy Sakatiy va Muxammad Ali Kasso va Muxammad Abul Xavoriy suxbat doshta Zunnun Misriyro dida bud»

Mazmuni: Shayx AbulXasan Nuriy keyingi tabakadan bulib uning asli ismi Axmad ibn Muxammad u Xirot, Marv, Bagdod orasidagi shaxarda yashagan va yukorida nomlari islom olamida mashxur bulgan axli donishlar bilan suxbatlashgan va kurishgan.

Shayx AbulXasan Nuriy xakida Fariddidin Attorining

«Tazkiratul avliyo» asaridagi ma’lumot Nuratolik xoji Axmadkul Xazratov kumagida urganildi:

AbulXasaniy Nuri yagonayi vakt uro «Amiral kulub»

guftandi va «Kamar-ul sufiya» xondandi,muridiSiriy Sakatiy bud, suxbati Axmadi Xavoriy yofta va az akroni junayd budand. Tariki mujtaxid va soxibi mazxab bud. Koidi mazxabash on astki tasavvufro bar fakir tafzil nixad. Muomilatash muvofiki junayd

Uro nuri azon guftanki chun dar shabi torik suxan

gufti nuri az daxoni u – berun omadi chunonki xona ravshan shudi niz azonash guftandi nuri ba nuri farosatash az asrori botin xabar dodi, digar az jixati onash guftandki, uro summa bud dar saxroki xama shab onjo namoz kardi xalk onjoba nazdik shudandi, didanki nur az onjo miduraxshad bar bolo

Mazmuni: Shayx AbulXasan Nuriy «Amiral – kulub» deya uluglangan. Ul «Kamar – ul sufiya» ni ukigan va Siriy Sakatiynig shogirdi bulgan, Axmad Xavoriy bilan suxbatlashgan. Donishmand va islom ilmining soxibi bulgan. Shayx AbulXasan Nuriy tasavvuf ilmini fakirlarga urgatgan, fakirlarni ilimli kilishni uzi uchun koida deb bilgan. U kishining amru – ma’ruflari va va’zlari xatoki korongu kechaga nur bagishlab,ogizlaridan chikayotgan suxanlari guyo nurdek korongu uyni yoritgan. Ogizlaridan chikkan nur nurga ulanardi va va’z nasixatlari nur orkali tevarak atrofga taralardi. Yana bir xil kishilar aydilarki u kishi namoz ukiyotgan paytlarida porlagan nurni saxrodagilar xam kurdilar.

Yukoridagi ma’lumotlar shuni kursatadiki ,xakikatan xam Nur chashmasi soxilida dafn etilgan Shayx AbulXasan Nuriy tobeinlardan biri bulib, shaxrimizda islom madaniyatini tarkatishda bekiyos xizmat kilgan. Shayx AbulXasan Nuriy paygambar avlod – sayyid avlod vakillaridandir. Avliyoning – Nuriy taxallusi esa shaxarga nisbat, shayx esa usha davrda olim, donish insonlar nomiga kushib aytilgan.

Shayx AbulXasan Nuriy tarixini yigib yurish davrida «Chashma» muzeyida saklaniyotgan «Sangi salavot» da yozilgan «Durudi toj» ya’ni Muxammad paygambarning sifatlari bayon etilgan lavxa atrofidagi fors – tojikcha bitiklarga e’tibor berdik:

«Raxmatillox xoja miri dodxox

Volii Nur gasht az altofi shox,

Az karam farmud on oliy nasab,

Kanda bar sang durudi Mustafo.

To dar in sarchashmai zam-zam sifat,

Nazm sozand dar javori avliyo.

Bar tavofi bul Xasan oyad kasse,

Xonad in salavotro sorzad duo.

Xurmatli Axmad xudovandi karim,

Xarchi xoxad az karam sozad ato

Kotibi xatloni bar sang zad kalam

Kand sang in durudi Mustafo.

Yak xazoru sesadu bud siyu xaft

Torixash az xijrati Saidino.»

Mazmuni:Nuratoning oxirgi miri Raxmatillo Xuja topshirigiga binoan ushbu «Durudi Mustafo» marmar toshiga bitildi. Bu zam – zamsifat chashma soxilidagi avliyo bul Xasan xokini tavof kilish kimga nasib etsa ushbu salavatni ukib duo kilsin, va ukisin. Olloxning elchisi Muxammad (Axmad) xurmati kimiki Olloxdan neki tilasa Ollox unga shuni ato etsin. Xatlonlik kotib ushbu «Durudi Mustafo» ni 1337 xijriyda yozib tugatdi.Ushbu «Salavot – Yodnoma»1915 – 1917 yillar miyonasida yozilgan va Shayx Abul-Xasan tugrisida aytilgan yukoridagi fikrlarni tuldiradi.

Avliyo boboning kabr toshiga yozilgan fors – tojikcha kalomlarni xam tulaligicha keltiramiz.

«Xujai Nuri ki zi anvori vay

Gasht munavvar ba jaxon nuri din

Raft chu zin xonai zulmoti daxr

Surati xurshed baxuldi barim

Rexlati u saidin bul Xasan ( 295)

Turfa fard guft ba sidk yakin

Sadri ayon gasht rakam shud farid

Rixlati on shoxi zamon dar zamin

Mir biy Yuldosh ba sang ovard rakam

Chun fardi gufron biguft tarixi on»

Mazmuni:

Nur egasining tarovatli nurlaridan jaxon nurlarga tulardi. U dunyoni tark etgach bushlikni korongulik koplaganday buldi,xuddi ufkka botayotgan kuyosh singari. Sayyid avlod vakili bul Xasan vafoti 295 Xalkning xurmatidan , nomidan davri zamon podshisiga rakam (farid) yozildi , vafoti yili belgilandi. Mir biy Yuldosh toshga lavxa bitdi va bajargan yili tarixini «gufron» belgiladi.

Endi: « Sadri ayon gasht rakam shud farid» jumlasiga e’tibor beramiz.

Farid – yagona , benazir ma’nosini bildiradi va shu suzda Nuriyning rexlati ifodalangan.

Ushbu xarflar fe-80,re-200,ye-10,dol-4ga teng. Jami rakamlar kiymati 294ga teng.

Xijriy kamariyni melodiyga aylantirishda kuyidagi formuladan foydalanamiz.

X– —- +621 (622) = M

33

Bu yerda x-xijriy yil

m-melodiy yil

Demak:

294

294——- +622=294-9+622=907.

33

Shayx AbulXasan – Nuriy 907 melodiy yilida vafot etganlar.

Endi gufron suzidagi g-1000, f-80,r-200,n-50ga teng. Jami rakamlar kiymati 1330(1331) ga teng. Demak ushbu lavxa 1330(1331) xijriy yilda bitilgan ekan. Xijriyni melodiyga aylantiramiz.

1330

1330———- + 622= 1330-40+622=1912.

33

Shunday kilib mir biy Yuldosh ushbu kabr toshini 1912 yili tayorlagan ekan.

Shayx Abul – Xasan Nuriy xakida yozilayotgan ushbu fikrni yakunlar ekanmiz, Jullobiy al – Xujviriyning (X asr) «Kashf al – maxjub» asaridan yana bir ma’lumot keltiramiz: «Islomda sufiyligning kuzga kuringan uluglaridan biri Abul-Xasan Axmad ibn Muxammad bulib sufiylikning «Nuriya» boskichiga asos solganlardan. Bu ulug va donishmand kishi IX – asrda yashagan. Sufiylik tarafdorlari moddiy boylikka ega bulishni koralab,xakikiy boylik ma’naviy ruxiy boylik deb xisoblanganlar.Sufiylik xilma-xil shakl va okimlarga ega.Dastlab arab mamlakatlarda vujudga kelgan. IX – asrlarda Urta Osiyo xududida keng tarkalgan. Sufiylikda ruxiy kamolotga erishishning turt boskichi : shariat, tarikat, ma’rifat, xakikat kursatilgan.Ana shu boskichlarning Birma-bir bosib utgan sufiy» shaxs

Sifatida tugab» xudoga yetishi, unga singib ketishi natijasida abadiylikka erishishi xakidagi ta’limotga amal kilgan.

Sharkning ilgor mutafakkirlari Nizomiy, Navoiy, Xofiz, Jomiy kabi buyuk shoirlarning xam ijodi ma’lum darajada sufiylik bilan boglik bulgan.

Shunday kilib, xamshaxarimiz bobkalon Shayx Abul-Xasan Nuriy islom olamida mashxur bulgan kuplab avliyolar katorida turgan allomadir. Bobolarning aytishicha, avliyolar Olloxga yakin kishilar bulib insonlar va xudo orasida vositachidirlar. Nurbobo Olloxning yagonaligini tan olib uning ziyoratiga kelganlariga ruxiy kuch kuvvat, nur berar ekanlar.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>