2018/12/11 3:06:11

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

loading...

adbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.  
Uchrashuvni “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Q.G‘aniyev ochdi.  

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy dasturning amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Navoiy viloyati ham izchil rivojlanib bormoqda. Joriy yilning 9 oyida viloyatda yalpi hududiy mahsulot qariyb 6 foiz o‘sdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari keng qo‘llab-quvvatlanayotgani samarasida ularning safi kengayib, viloyat iqtisodiyotidagi salmog‘i tobora ortmoqda. Yangi uy-joylar va ijtimoiy obyektlar bunyod etilmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.  

Dasturda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, mamlakatimizdagi tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan. Unda ijro hokimiyati faoliyati samaradorligini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish, sud hokimiyatining mustaqilligini va odil sudlovni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish, ozuqabop va eksportbop ekinlarni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash, hayot sifati va farovonligini yuksaltirish kabi muhim masalalar o‘z ifodasini topgan.  

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o‘tdi. Navoiy shahri va viloyatning barcha tumanlari markazidan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.  

Mehnat faxriysi H.Mamatov, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi direktori N.Lakkay, Navoiy shahridagi “Ekspress-servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Sh.Ismoilov, Uchquduq qurilish va uy-joy kommunal xizmat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi S.Ravshanova, Tomdi tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri T.Medetov, Navbahor tumanidagi “Sarbozor” mahalla fuqarolar yig‘inining diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiytarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Qo‘ldosheva va boshqalar dasturda belgilangan vazifalar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga to‘la mos ravishda o‘tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>