2018/12/11 3:07:40

Samolyotdan qurilgan restoran (foto)

loading...

Xitoylik tadbirkor 5 million dollar sarflab, Indoneziyaga tegishli hisobdan chiqarilgan Boeing 737 samolyotini restoranga aylantirdi.

5-30

Lily Airways restorani sentabr oyi boshida Xubey provinsiyasining Uxan shahrida ochildi. Unda 20 stol bo‘lib, kuni bo‘yi muassasaga 200 kishi tashrif buyurishi mumkin. Turli o‘rinlarning narxi 25–60 dollarni tashkil qiladi.4-33

Restoran dizaynida aviasayohat ruhi saqlab qolinishiga e’tibor qaratilgan — salonda yuk qatorlari olib tashlanmagan, u yerga tashrifchilar o‘z yuklarini joylab qo‘yishi mumkin. Bundan tashqari, ofitsiantlar bort kuzatuvchilari formasida xizmat ko‘rsatadi.2-54

Shu bilan birga, o‘rindiqlar haqiqiy samolyotdagidan ancha qulayroq qilib ishlangan.3-40

Bortda ovqatlanish uchun tashrifchilar uchish talonini olib, maxsus zalda kutadi, so‘ng trap orqali samolyotga chiqadi.1-58

Muassasa egasi samolyot xarid qilishni maqsad qilgan paytda uni hali nimaga aylantirish borasida aniq qarorga kelmagan edi. U Shvetsiyadagi loyihadan ilhomlanib, samolyot ichida mehmonxona ochishni ham o‘ylagandi.6-20-450x600

U restoranga rafiqasi Lilining ismini berdi.

Manba: daryo.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>