2017/11/18 2:07:01

Ruslan Nuriddinov Rio—2016 dagi O‘zbekiston uchun ikkinchi oltin medalini taqdim etdi

loading...

Rio—2016 Olimpiadasining og‘ir atletika sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ruslan Nuriddinov va Ivan Yefremov o‘z yurishini Toshkentga 16-avgust sanasi kirib kelgan bir paytda boshladi.ruslan_nuriddinov

Ilk urinishda har ikki sportchi 185 kilogrammli, ikkinchisida esa Yefremov 189 kilogrammli, Nuriddinov 190 kilogrammni toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Uchinchi urinishda har ikki sportchi 194 kilogrammli natija qayd etdi.

Nuriddinov dast ko‘tarishda faqatgina bitta xatoga yo‘l qo‘ydi va 197 kilogrammli toshni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. Shu tariqa Yefremov birinchi, Nuriddinov esa ikkinchi o‘rin bilan dast ko‘tarishni yakunladi.

Siltab ko‘tarishda Ivan Yefremov 220 kilogrammlik natija bilan umumiy ballini 414 ga yetkazdi. Biroq bu medallar uchun kurashishga yetmadi.

Ruslan Nuriddinov esa 230 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirib, umumiy 424 ballni qo‘lga kiritdi. So‘ngi urinishni amalga oshirgan armanistonlik sportchi 234 kilogrammni eplay olmagach, Ruslan 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari chempioniga aylandi. Bu hali hammasi emas, o‘zbekistonlik sportchi yakunda Olimpiada rekordini yangilashga muvaffaq ham bo‘ldi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

uwqxhg13678569400141_b

“Navoiy” EIIZ Markaziy Osiyoda birinchi deb topildi

fDi Magazine jurnali “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasini Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topdi.  Nashr dunyoning ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>