2018/11/17 8:28:48

Quyosh mashinaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

loading...

Selsiy bo‘yicha harorat 71,1 darajaga chiqsa ko‘p narsa bo‘ladi: tuxum pishirish mumkin, salmonella bakteriyalari o‘ladi, inson terisi uchinchi darajali kuyish oladi. Jaziramada quyosh tig‘i ostida turgan avtomobil ko‘rsatkichlar paneli 71,1 darajagacha qizishi uchun bir soat kifoya. Endi shu mashina ichida qoldirilgan bola bir soatda qanday ahvolga tushishini tasavvur qilayapsizmi?

«Unutilgan bola sindromi»

 

Bu ko‘ngilsiz voqea AQShning Tennessi shtatida yuz berdi. Otasi  unutib qoldirgan bir yoshli qizaloq Katera Barker oftobda qizib ketgan mashina ichida nobud bo‘ldi. Faqat oradan o‘n soat o‘tib ona qizini topdi…

Mett Barker uyidan 23-may kuni ertalab soat 7.30da asrandi qizchasi va uning besh yoshli akasini bog‘chaga qo‘yish uchun mashinada yo‘lga chiqdi. Miyasi turli rejalar bilan band Mett o‘g‘lini bog‘chada qoldirdi-yu, orqa o‘rindiqdagi qizchani unutdi. Ortga qaytgach mashinani uyi yonidagi yo‘lakda qoldirdi, keyin taksi chaqirib aeroportga, u yerdan komandirovkaga uchib ketdi…

Kechki payt bolalarni bog‘chadan olish uchun Jenni Barker bordi. Bolalarning biri yo‘q… Noxushlikni sezgan ona soat 17.45 da 911 ga qo‘ng‘iroq qildi va uyiga chopdi. Bu paytda esa mashinada qarovsiz qoldirilgan qizcha hayot bilan vidolashib bo‘lgandi. U shuncha vaqt ichida qanday azob tortgani faqat Yaratganga ayon.

Katera atigi bir yoshda edi.

«Daily Mail» xabar berishicha, o‘sha kuni havo harorati soyada +32°C ni tashkil qilgan, demak, mashinada +50°C ga chiqqan.

AQShda 2018-yilning yanvar — may oylari oralig‘ida mashinada qoldirib ketilgan olti nafar bola chidab bo‘lmas issiq tufayli nobud bo‘lgan. Har yili o‘rtacha 37 nafar amerikalik go‘dak mashinalarda qarovsiz qoldirish oqibatida gipertermiyadan halok bo‘lmoqda — harorati 40 darajadan oshib ketgan tananing qayta sovishi ilojsiz narsa.

Afsuski, bu «sindrom» bizda ham allaqachon paydo bo‘lgan.

Qaysi mashina tez qiziydi?

Arizona universiteti va San-Diyego tibbiyot maktabi hamkorlikda turli mashinalarni jazirama havo qay darajada qizdirishi va bundan, masalan, ikki yashar go‘dak qay holatga tushishi mumkinligi borasida tadqiqot olib borishdi.

Tadqiqotchilar oltita mashinani tanlab olishdi: o‘rtacha kattalikdagi ikkita bir xil kumushrang sedan, ikkita kichik o‘lchamli bir xil kumushrang mashina va ikkita kumushrang bir xil miniven. Uch kun davomida mashinalar Arizona jaziramasida kunning turli paytlarida goh quyoshda, goh soyada turdi. Mashinalar sirtidagi va ichidagi havo harorati diqqat bilan qayd etib borildi (infografika).

Quyoshda turgan avtomobillarning salonidagi o‘rtacha harorat bir soatda Selsiy bo‘yicha 47 darajaga chiqdi. Bir soat ichida o‘rtacha hisoblaganda ko‘rsatkichlar paneli 69, boshqaruv chambaragi (rul) 53, o‘rindiqlar 50 darajagacha qizigan.

Soyaga qo‘yilgan avtomobillarning salonidagi o‘rtacha harorat bir soatda Selsiy bo‘yicha 38 darajaga chiqdi. Bir soat ichida o‘rtacha ko‘rsatkichlar paneli 48, boshqaruv chambaragi 42, o‘rindiqlar 40,5 darajagacha qizigan.

Mashinalar qizish vaqti farq qiladi: mashina qancha kichik bo‘lsa, shuncha tez qiziydi.

Xavfsirash asoslimi?

Insonning yoshi, vazni, salomatligi, ustidagi kiyimi kabi omillar ham issiqning qay darajada xavfli tus olishida rol o‘ynaydi. Olimlar bolalarni aynan qachon issiq urishini oldindan aytisha olmaydi, biroq bo‘lib o‘tgan hodisalar tana harorati 104 darajadan yuqorilab ketganini va bu zoq vaqt davomida sodir bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Tadqiqotchilar bu sinovlarda ikki yashar bola modelidan ham foydalanishdi. Xuddi shu tadqiqot sharoitlarida bu mashinalar ichida qoldirilgan bolani issiq urishi uchun quyosh ostida bir soat, soyada ikki soat kifoya qilardi.

Manba.Xabar.Uz

 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>