2018/09/21 8:59:46

Qulupnaylar ichidan qurt chiqayaptimi?

loading...

1462166027_ulupnay3Ayni vaqtda yurtimiz bozorlarida bahorning tansiq mevalaridan biri bo’lmish qulupnaylar sotuvga chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa kishining ishtahasini bo’g’adigan videolar tarqalmoqda. Bu haqda maqolamizda batafsil ma’lumot beramiz. Hozir esa qulupnay bilan yaqindan tanishamiz. Qulupnayning asl vatani Amerika qit’asi bo’lib, miloddan avvalgi II-I asrlarda ham odamlar qulupnay etishtirishgani haqida ma’lumotlar bor. O’rta asrlarga kelib qulupnay Yevropaga keltirildi, ammo o’sha paytlari er bag’rida o’sgani uchun “bu meva pokiza emas”, deb hisoblashardi. Shu sababli qulupnayga talab katta bo’lmagan. Oradan vaqt o’tib, uning nafaqat mazali, balki shifobaxsh meva ekani ma’lum bo’ldi. Shundan keyingina uni ekish va etishtirish yildan-yilga rivojlangan. Qulupnay turlari Qulupnayning Kulver, Shreder xotirasi, Roshchinskaya, O’zbekiston, Yelizaveta II, Gigantella, Kardinal, Albion, Xoney, Pushti flamingo, Marshal kabi navlari bor. Qizildan boshqa rangdagi qulupnaylar ham bor Odatda qulupnayning rangi qizil bo’ladi, to’g’rimi? Ammo buni qarangki, tabiatda bu ajoyib mevaning oq, siyoh, qora, sariq va ko’k rangdagi turlari ham bor ekan. Qizildan boshqa rangdagi qulupnay navlarining o’ziga xos nomlari bor. Masalan sariq rangdagi qulupnayning “Sariq mo’jiza”, qora rangdagi qulupnayning esa “Qora shahzoda”, oq rangdagi qulupnaylar esa ko’pincha “ananas qulupnay” deb nomlanadi. Qulupnayni xarid qilish vaqtida bir qator muhim jihatlarga e’tibor berish lozim. Aks holda siz xarid qilgan qulupnay tez aynib qolishi va iste’mol qilinganda, turli ko’ngilsiz holatlarning kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.  Avvalo uning rangiga ahamiyat bering.qulupnay2

O’zbekistonda biz yuqorida keltirib o’tgan boshqa rangli qulupnaylar deyarli sotilmaydi. Shuning uchun e’tiboringizni qizil rangdagi qulupnayga qarating va to’g’ri tanlov qiling. Qulupnay to’q qizil rangda bo’lishi, ustki qismi loy, qora dog’lar va changdan holi bo’lishi, quruq bo’lishi, qo’lingiz bilan kichkinagina bandini ushlaganingizda qo’lingizga ignasi kirmasligi (bu uning yovvoyilashib ketganini bildiradi), ta’mi shirin, hidi xushbo’y bo’lishi lozim. Shuni ham aytib o’tish lozimki, oramizda qulupnayning aynan nordon turlarini yoqtiruvchi kishilar ham bor.Ular ham boshqa jihatlarini xisobga olgan holda o’zlariga yoqqan ta’mdagi qulupnayni tanlashlari mumkin. Qulupnay harid qilingach, imkoni bo’lsa bir necha soat ichida iste’mol qilinishi lozim. Chunki u turgani sayin o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotib boradi. Agar qulupnayni xarid qilgan bo’lsangizu, iste’mol qilishga mavrid bo’lmagan bo’lsa, uni bir kunga asrab qo’yishning ajoyib usuli bor. Buning uchun qulupnayni bandidan ajratasiz. Agar usti chang bo’lsa chayib olishingiz ham mumkin. Shunday qilib siz qulupnaylarni shisha bankaga 8-10 donadan solib ustiga 2 osh qoshiqdan shakar sepasiz. Shisha banka to’lgach, eng ustki qismiga ham shakar sepasiz va muzlatkichga qo’yasiz. Siz iste’mol qilgunga qadar uning ajoyib ta’mga ega suvi ajralib chiqadi, mazasi esa o’zgarmaydi. 

Qulupnaylar ichidan qurt chiqayaptimi?

Ayni kunlarda qulupnay mavsumining boshlanganligi sababli turli ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Telegram’da qulupnayning ichidan jigarrang tusdagi uzun va ingichka qurtning chiqayotgani tasvirlangan videolar tarqalmoqda. 

Albatta, har bir meva va sabzavotda aynan o’sha mahsulotni iste’mol qiladigan bir necha xil hasharotlar bo’ladi. Bu hech kimga sir emas. Masalan kartoshkani Kolorado qo’ng’izi, olmani olma qurti emiridi. Fanda bu kabi qurtlar nematodlar (unga alohida to’xtalamiz) deyiladi. Odatda dehqonlar hosilni mo’l-ko’l etishtirish va uning qurtlar bilan zararlanmasligi uchun qator usullardan foydalanishadi. Masalan qulupnaylarga kir sovun ivitilgan suv sepiladi yoki erga bug’ bilan ishlov beriladi. Qolaversa, qulupnay mevalari erga tegib turishidan saqlanadi. Chunki erga tekkan mevalarning turli qurtlar va shilliq qurti bilan zararlanish holati juda ko’p uchraydi. 

Biz yuqorida tilga ogan nematod qurtlarining 24 mingdan ortiq turi mavjud. “Nematoidea” – qadimgi gruk tilidan olingan nom bo’lib ip va tur degan ma’noni anglatadi. U ilk bor 1808 yili olim Karl Asmund Rudolfi tomonidan aniqlangan. Ular qulupnay singari boshqa meva va sabzavotlar, poliz ekinlari va ko’katlarga ham zarar keltiradi. Odatda bunday qurtlarni qulupnayning ichida qo’rmasdan eb yuborgan insonlarda gijjalar paydo bo’ladi. Nematodlarning hayvon organizmida gijja sifatida yashovchi turlari ko’p. Inson organizmidagi “qarindoshlari” sirasiga askarida, ostritsa, trixinellalar, ankilostomalar, rishta kabilarni kiritish mumkin. 

Har bir meva, xususan, inson iste’mol qiladigan ne’mat misli ko’rilmagan foydali jihatlar bilan yaratilgan. Shunday ekan, har bir mavsumning qiroli bo’la oladigan mevalarni to’yib-to’yib iste’mol qilishimiz lozim. Qurtlar borasida videolavhalardan vahimga tushishning hojati yo’q. Aksincha, har birimizning salomatligimiz o’z qo’limizda. Gigiena qoidalariga amal qilib, tabiatning noz-ne’matlarini yuvib, xavfsizligiga ishonch hosil qilgandan keyingina iste’mol qilsak, maqsadga muvofiq bo’lardi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

ektor_kuper

O‘zbekiston MTJga yangi bosh murabbiy topildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi. Qayd qilinishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>