2017/10/24 12:05:17

Qo’l jangi sporti bo’yicha Navoiylik jahon chempioni

loading...

Hali yosh bo‘lishiga qaramay ulkan maqsad bilan sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha shug‘ullanib kelayotgan Navoiy shahridagi 7-umumta’lim maktabning 8-sinf o‘quvchisi 15 yoshli Asadbek Toshpo‘latov o‘ziga bildirilgan ishonchni astoydil oqladi.

U 20-26 sentyabr kunlari Moldaviya davlatida bo‘lib o‘tgan dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan ming nafar­ga yaqin sportchi qatnashgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasi­dagi jahon chempionatida barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, jahon chem­pioni, degan nomga sazovor bo‘ldi.

— Folib bo‘lishimda mu­rab­biyim qo‘l jangi fede­ratsiyasi viloyat filiali ijrochi direktori Karim Xoliqov, jismoniy tarbiya o‘qituvchim Otabek Sobirov­larning hissasi katta, — deydi biz bilan suhbatda yosh sportchi A. Toshpo‘latov. — Hamma yaqinlarim, ustoz­larim, do‘stlarim g‘alabam­dan xursand bo‘lishdi. Bun­dan keyingi nufuzli muso­baqalarda ham O‘zbekiston nomi baralla yangrashi uchun harakat qilaman.

Jahon chempionatida yi­girma bir nafar o‘zbekis­ton­lik yosh yurt sharafi uchun maydonga chiqdi. Ularning 16 nafari sovrindor bo‘­lib vatanga qaytishdi. Bu faxrlansa arzigulik nati­ja! Quvonarlisi, O‘zbekis­ton sharafini himoya qi­lish­ga otlangan to‘rt nafar navoiylikning bari medal bilan viloyatimizga qaytdi. Jumladan, Abbos Qodirov 2-, Farrux Rashidov hamda Temur Toyirovlar 3-o‘rin­ni egalladi. Umumjamoa hi­sobida vatanimiz sport­chi­lari Rossiya davlatidan so‘ng 2-o‘rinni zabt etdi. Bunga viloyatdoshlarimiz­ning munosib ulush qo‘shgani faxr-iftixor uyg‘otadi ko‘n­gilda.

Kecha qo‘l jangi federa­siya­si viloyat filiali za­lida g‘olib va sovrindor­lar­ni taqdirlash marosi­mi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbe­kis­ton Qah­ramoni, NKMK direktori Quvondiq Sanaqu­lov jahon chem­pionati sovrin­dorlari­ni qizg‘in tabrik­ladi. Ular­ning ulkan yutug‘i farzand­lik burchini sharaf bilan ado etish ekanligi alohida ta’kidlandi. Shun­dan so‘ngg‘olib yoshlarga esda­lik sovg‘alari topshirildi. Vatan bayrog‘ini mag‘rur hilpi­ratishni maqsad qi­lib, bun­ga erishib kelayotgan yosh sport­chilarimizdan yana ulkan g‘alabalarni kutib qolamiz!

Manba: dustlikbayrogi.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

uwqxhg13678569400141_b

“Navoiy” EIIZ Markaziy Osiyoda birinchi deb topildi

fDi Magazine jurnali “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasini Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topdi.  Nashr dunyoning ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>