2017/10/24 12:01:19

Qiziltepalik hadisshunos allomalar va diniy ulamolar faoliyati

loading...

O‘tmishda Movarounnahr yoki Turkiston deb atalgan, hozir esa aziz ona yurtimiz O‘zbekiston hududidan minglab olimu ulamolar, fozilu fuzalolar, shoiru shoiralar yetishib chiqqanki, ularning sanog‘iga yetish qiyin.

Birgina O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida ular tomonidan yozilgan yuz minglab asarlar borligi ham bu fikrni tasdiqlaydi. Ularning tarix, adabiyot, til, falsafa, huquq, astronomiya, geologiya, kimyo, tabobat, dorishunoslik, geografiya, san’at, fiqh va boshqa sohalarda yozgan asarlari bugungi kunda o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.

Sharqning buyuk olimlari Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Muhammad Xorazmiy (783-850), Ahmad Farg‘oniy (taxminan 797-865), Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) asarlari olimlarimiz tomonidan nisbatan o‘rganilgan. Islom dini ulamolaridan Imom Buxoriy (810-870), Imom Termiziy (824-892), Mahmud Zamaxshariy (1074-1144) va boshqa yuzlab olimlarning asarlarini o‘rganishga endigina kirishilgan.

Mustaqillik tufayli Abdulxoliq G‘ijduvoniy (1103-1178), Xoja Orif Mohitobon [Revgariy; XII asr o‘rtalari – 1259], Bahouddin Naqshband (1318-1389), Najmiddin Kubro (1145-1221), Xoja Ahror Valiy (1404-1490), Mahdumi A’zam (1461-1542) kabi yirik tasavvuf vakillarining asarlari tadqiq etilmoqda. Ularning yubileylari o‘tkazildi.

Tasavvuf islom dinining falsafiy oqimi sifatida dastlab VIII asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Tasavvuf botinga (ichki olamga) ahamiyat beradi, tashqi go‘zallikdan ko‘ra ichki go‘zallikni ulug‘laydi. Insondagi yaxshi sifatlarni mujassam qilishga chaqiradi. U insonlarni komillikka undaydigan ta’limotdir.

Tasavvuf tariqat, haqiqat va ma’rifatni o‘z ichiga oladi. Tasavvufning ilk davrida maqomat va tariqat asoslarini ishlab chiqish, sufiylik yo‘riqlari va vazifalarini belgilash, ilohiy haqiqatlarni el orasida yoyishda Zunnun Misriy, Boyazid Bistomiy, Junayd Bag‘dodiy, Mansur Xalloj, Abdulloh Ansoriy, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband va boshqa mashoyixlar katta xizmat ko‘rsatganlar.

Tasavvuf faqat darvishona hayot kechirish emas, balki poklik, halollik, odob-axloq, ilm-ma’rifatli bo‘lish kabi sifatlar majmui ham. Tasavvuf ahli shaxsiy erkinlik, o‘z xohishi bilan tozalanib, axloqqa, ruhiy ma’naviylikka singishga asoslanadi. Bu ilm – botiniy ilm. Dunyoviy va botiniy ilmlar birgalikda tasavvuf ahli tomonidan zohiriy ilmlar deb atalgan.

Tasavvuf ta’limoti IX – X asrlardan boshlab Turkistonga ham keng tarqalgan. Yassaviylik, xojagon-naqshbandiya, kubroviylik, hakimiya, suhravardiylik tariqatlariga aynan yurtimiz ulamolari tomonidan asos solingan. Bu tariqatlar o‘zbek xalqi va boshqa turkiy xalqlar o‘rtasida keng tarqalgan. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur, Bedil va boshqa o‘nlab shoirlar o‘z she’rlari bilan tasavvufning yoyilishiga beqiyos xizmat qilganlar.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

1

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji bu bilimlar o’chog’i

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>