2018/10/15 10:19:56

Qiziltepa tumanidagi qadimgi sug’orish inshootlari

loading...

qadimgi-sug'orish-inshootlariTuman hududidagi asosiy suv manbasi Zarafshon daryosi bo’lib, u yaqin-yaqingacha Buhoro vohasining chegarasi – qorako’lgacha borgan.

Zarafshon daryosining nomi “oltin” yoki “zar sochuvchi” ma’nosini bildiradi. Bu nom daryoning quyi qismidagi botqoqlik mavzelarini quritish uchun  bosqinchi Aleksandr Makedonskiy qurdirgan oltin suvband haqidagi afsona  bilan bog’lanadi. Go’yoki oltin suvband orqali o’tgan daryo suvi har doim uni yuvib o’zi bilan oltin zarralarini oqizgan emish.

Ammo daryo nomini afsonalar bilan emas, balki Buhoro vohasining tarihiy toponomikasi bilan bog’lash lozim. Bu borada dastlabki ma’lumotlarni XVII asrda yashagan balxlik olim Majmud ibn Valining “Sirlar dengizi” kitobidan olish mumkin. Muallifning ta’kidlashicha, o’sha davrlarda Buhoro vohasi 10 ta tuman yoki rustoqqa (qishloq ho’jaligi hududlariga) bo’lingan va  tumanlarning nomlari asosan ulardan o’tgan shohariqlar nomlari bilan atalgan. Bu tumanlar (rustoqlar) orasida Komi Abu Muslim va Rudi SHahar (Rudi shahr) nomli rustoqlar ham bo’lgan. Komi Abu Muslim rustoqi Burg’ozi, Rudi SHahar rustoqi Poyi Rud nomlari bilan ham atalgan.

Buhoro voqasida yaqingacha «kam», «kom», «kon» qo’shimchasi yirik suv uzatish inshootlari, shoqariqlarga qo’llanilgan. U qadimgi sug’d so’zlaridan olingan bo’lib, «qazimoq», «ariq», «suv bilan to’ldirilgan joy» ma’nolarini anglatadi. Burg’ozi esa mazkur rustoqning qadimgi nomidir. «quyi», «pastki daryo» ma’nosini beruvchi Poyi Rud haqida ham shunday fikrlarni bildirish mumkin.

Yunon mualliflari Zarafshon daryosini o’z tillarida Politimet (qadimgi yunon tilida «yuksak qadrli», «yuqori martabali») deb ataydilar. Strabonning yozishicha, bu nomni daryoga makedoniyaliklar qo’yishgan. Bu haqda yunon tarihchisi Gerodot (mil. av. 490 – 425 y.) o’zining 9 kitobdan iborat mashhur “Tarih” asarida to’htalib o’tadi. Yunon geografi va tarihchisi Strabon (mil. av. 64 – 24 y.) qalamiga mansub 17 kitobdan iborat “Geografiya” asarida ham Politimet (Zarafshon) daryosi haqida muhim ma’lumotlar mavjud. Rossiyalik taniqli olim V.A.Livshic ta’biricha, Politimet so’zi sug’dcha Namich (o’zbek tilida taniqli, shavkatli) tushunchasi bilan izohlanadi.

Ilk o’rta asrlarga taalluqli  hitoy yilnomasi «Beyshi» (V-VI asrlar)da daryo nomi Nami ko’rinishida beriladi. Hulosa shuki, Namich Zarafshonning eng qadimgi nomlaridan biri. Tarihchi Muhammad Narshahiyning yozishicha, qadimgi davrlarda daryo Rudi Mosaf nomi bilan yuritilgan. «Hudud – ul olam» risolasida (982-yil yozilgan) uning nomi Buhoro daryosi deb keltiriladi. Akademik R.A.Muhammadjonovning ta’kidicha, ilk o’rta asrlarda Zarafshonning quyi oqimidagi asosiy tarmoqi haramkon hisoblangan. Rudi Samjon va Rudi SHarq esa daryo bitta asosiy irmog’ining ikki hil shakldagi nomlanishidir.

Buhorolik mashhur tarihchi Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshahiy (899 – 959) o’zining “Buhoro tarihi” nomli asarining “Buhoro va uning atrof erlaridagi anhorlar” nomli XIII bobida Buhoro viloyatidagi 12 ta suv tarmog’i (yirik anhorlar)ni quyidagicha ko’rsatib o’tgan:

“Birinchisi Karmina anhori; bu katta anhor. Ikkinchisi Shopurkom anhori. Buhoroning avom halqi buni Shofurkom deyishadi… Uchinchi anhorni Harqonat ul-Ulyo, to’rtinchisini Harqonrud, beshinchisini Ovhatfar, – bu g’oyat keng va katta anhordir, oltinchisini Somjan, ettinchisini Baykonrud va sakkizinchisini Farovizi Ulyo deydilar; bu [sakkizinchi] anhor bo’ylab ko’p qishloqlar joylashgan. To’qqizinchisini Faroviz is- Suflo yoki Komi Daymun ham deydilar. O’ninchisini Arvon, o’n birinchisini Kayfur, o’n ikkinchisini Rudi Zar deydilar. Bu shaharni [sug’oruvchi] anhordir… hozir buhoroliklar uni [Ovhatfar anhorini] Rudi Nafar deydilar”.  

YUqorida keltirilgan barcha nom va atamalar Zarafshonning boshidan quyi tarmog’igacha bo’lgan o’zaniga nisbatan qo’llanilgan. Baykonrud anhori suvidan hozirgi Qiziltepa tumani hududida yashagan aholi foydalangan.

Buhoro vohasining shimoli-sharqiy chekkasida Hazora darasining Raskuy deb ataladigan joyida vohaning asosiy sun’iy suv uzatish  tarmohlaridan biri joylashgan. Bu erdan, ya’ni Zarafshonning o’ng qirg’og’idan Shofirkon, Pirmast, halqonrud va  Mozorangan shohariqlari boshlanadi. Huddi shu joy, faqat daryoning chap qirg’og’idan Abu Muslim kanali boshlanadi va u voqa bilan CHo’li Malik sarhadi bo’ylab oqadi. hozirgi vaqtda kanal suvi tuman markazidan 5 km. janubi-g’arbda joylashgan qishloqqacha etib boradi. Tashlandiq suvlar yig’indisi hisobiga qurilgan Shohariq kollektorining quyi qismi Buhoro (Quyimozor) kollektoriga quyiladi. Mazkur zamonaviy ariq Abu Muslim kanalining qurib qolgan, ya’ni ko’milib ketgan eski o’zani ustida qurilgani isbotlangan.

Raskuydan 12 kilometr janubi-g’arbda vohaning ikkinchi asosiy sug’orish tarmog’i joylashgan. U Zarafshonning o’ng qirg’og’idan joy olgan Vobkent daryosining ro’parasi, ya’ni Zarafshonning chap qirg’og’idan boshlanadi. YUqori Buhoro kanali To’dako’l suv havzasiga  etib boradi. Uning uzviy davomi hisoblanmish Janubiy Buhoro kanali Quyimozor suv havzasidan boshlanib, unga partov suvlar kelib tushadi. Harho’rdan 10 km.cha janubi-g’arbda Zarafshon daryosi ikkiga bo’linadi va bu joy Duoba deyiladi. Daryoning o’ng irmog’i – qorako’ldaryo Zarafshonning eng quyi mavzesigacha etib boradi. Daryoning chap irmog’i – Shohrud esa Qorako’ldaryodan ancha qisqa. Lekin qadimda Buhoro va uning atrofidagi hududlar suv ta’minoti Shohrud, ya’ni Shohariq orqali amalga oshirilgan. Shuning uchun, Shohrud atamasini Shoh ariq yoki Bosh ariq qabilida ham talqin qilish mumkin. Akademik A.R.Muhammadjonov o’z tadqiqotlarida Zarafshonning quyi oqimida mavjud bo’lgan shoharihlar qadimgi  davrlarda tabiiy ravishda vujudga kelgan suv tarmoqlari hisoblanadi, degan hulosa chiqargan.

Olimlar Abu Muslim va Shohrud nomlarini Zarafshon daryosining nomi singari ilk o’rta asrlarda vujudga kelganini ta’kidlashadi. Abu Muslim anhorining nomi uning boshlanish havzasidagi hadimgi tarihiy yodgorlik nomi bilan bog’liq. Ammo bu yodgorlik Arab halifaligi davrining taniqli diniy va siyosiy arbobi Abu Muslim yashagan davr (718-755 yillar)dan ancha qadim. Shohrud suv tarmoqining ikkinchi nomi Rudi SHarq uning qirg’og’ida joylashgan SHarq nomli qadimgi qishloq nomidan olingan bo’lib, uning o’rni hozirgi Qiziltepa tumanida bo’lgan. SHarq qishloqi to’g’risida Narshahiy o’zining mashhur asarida mahsus to’htalib o’tgan. Nihoyat, “yopiq ariq” tushunchasini beruvchi Haramkam atamasi arabcha yopiq. man qilingan ma’nolarini beradi. Bu o’tmishda Kanpirak devor bilan o’rab olingan Buhoroning yopiq voha va yopiq shahar bo’lganini bildiradi.

Abu Muslim kanalining dastlabki nomi hususida tarihchi Narshahiy o’z kitobida ta’riflagan 12 ta ariq tarkibidagi Baykonrud arig’ini (Poykanrud – daryoning quyi tarmog’ini) ham tilga oladi. Tarihchi al-Istahriy bu suv tarmog’ini Batinkan yoki Navkanda (yangi hazilgan, qayta hazilgan) nomi bilan atalganini eslatib o’tadi. Bugungi kunda Qiziltepa tumani markazining g’arbi-shimolida Navgandi qishloq mavjudligi ham bu fikrni isbotlaydi. Shuningdek, Komi Abu Muslim rustoqi Burg’ozi rustoqi o’rnida bo’lgan, degan hulosalar ham bor. Bu rustoq Kanpirak devor ichida hozirgi Buhoro viloyatining Kogon tumani markazi atrofida bo’lganligi haqida ham ayrim tahminlar bor. Qadimshunoslar orasida Abu Muslim kanalining qadimgi nomini Qiziltepa tumani hududidagi Navbog’ qishlog’i nomi bilan bog’lovchilar ham topiladi.

Hulosa shuki, Zarafshonning quyi oqimidagi ikki suv manbasi arteriyasi – Abu Muslim va Shohrud kanallari havzasida Qiziltepa tumaniga qarashli qadimgi aholi punktlari – arheologiya yodgorliklarining asosiy qismi joylashgan. Shuningdek, Zarafshon qirg’og’lari bo’ylab  (hazora darasi orqali)  Abu Muslim kanali tomon Kanpirak devor qoldiqlari mavjud.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>