2017/10/24 12:06:52

Qiziltepa tumanida sog‘liqni saqlash sohasidagi yangiliklar

loading...

Mustaqillik yillarida tumanda aholi salomatligiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.

5-1600x580Prezident Farmonlari, hukumat tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlar asosida tuzilgan dasturlar ijrosini ta’minlash maqsadida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, zamonaviy tibbiyot maskanlarini barpo etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga alohida e’tibor berilib, yutuqlarga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi 2107-sonli Farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi» asosida tumanda ancha ishlar amalga oshirildi. Tibbiy xizmatni ko‘p tarmoqli poliklinika, 33 ta qishloq vrachlik maskani, 1 ta sil kasalliklarini davolash dispanseri, 465 ta o‘ringa mo‘ljallangan markaziy shifoxona amalga oshiradigan bo‘ldi. 1998 yildan 2005 yilgacha 21 ta qishloq vrachlik maskani yangidan qurildi, 12 tasi qayta ta’mirlanib, qishloq vrachlik punkt (QVP)lari tashkil qilindi. «Salomatlik – 1» va «Salomatlik – 2» loyihalari asosida ular barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.

Tuman markaziy shifoxonasida 2000 yilda shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi tashkil etilib, 2004 yilda jahon standart talablariga mos keladigan darajada ta’mirlandi hamda jihozlandi. Markaziy shifoxonada bolalar reanimatsiya posti mukammal ta’mirlanib, 2007 yilda ishga tushirildi. 2009 yilda esa shifoxona ichki dorixonasi, markaziy sterilizatsiya bo‘limi binosi, avtosaroy 200 million so‘m homiylar mablag‘i hisobidan ta’mirlanib ishga tushirildi. 2010 yilda shifoxona parhez taomlar tayyorlash oshxonasi, kir yuvish markazi mukammal ta’mirlanib jihozlandi.

2007 yilda sil kasalliklarini davolash shifoxonasi 1,5 milliard so‘mlik miqdorda loyiha asosida homiylar hisobidan qurilib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Qiziltepa tumani hududidagi Yuqsun, Zarmitan, Bo‘ston, Dehqonobod, Oqoltin, Husbudin QVPlari mukammal ta’mirlanib, namunali shifo maskanlariga aylantirildi.

Davlat rahbarining 2009 yil 21 maydagi 1114-sonli «Tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan 4 ta yangi «Damas» tez tibbiy yordam avtomashinasi olindi. Tumanda yakka tartibdagi vrachlik faoliyatini kuchaytirish hamda nodavlat xususiy sektorlarini rivojlantirish ishlari davom ettirildi. Hozirgi kunda «Marvarid», «Gavharoy», «Aziz bahori», «Hayotjon» shifo maskanlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatyapti.

Tibbiyot birlashmasiga qarashli DPMlarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlari davom ettirildi. Tumanda 221 nafar shifokorlar bo‘lib, ularning 136 nafari yoki 68,3 foizi birinchi toifali, 3 nafari ikkinchi toifalidir. O‘rta tibbiyot xodimlari 1529 nafar bo‘lib, 599 nafari yoki 39,1 foizi toifalidir. Jumladan, ularning 447 nafari oliy toifali, 125 nafari 1-toifali, 27 nafari esa 2-toifali hamshiralardir.

O‘z mehnat faoliyatida yaxshi ko‘rsatkichlarga erishib,xalq sog‘ligini muhofaza qilish va jamoat ishlarida faol qatnashgani uchun ko‘pgina tibbiyot xodimlari hukumat orden-medallariga, O‘zbekiston Sog‘likni saqlash vazirligining faxriy yorliqlariga sazovor bo‘lganlar. Tuman tibbiyot muassasalari boshlig‘ining o‘rinbosari Shoyim Nabiyev va “shoshilinch tez tibbiy yordam” bo‘limi tajribali shifokori Rustam Bozorovlar 2007 yilda «Sog‘likni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishgan. «Shoshilinch tez tibbiy yordam» bo‘limi hamshirasi Nilufar Eshonqulova respublika ko‘rik-tanlovining mutloq g‘olibasi bo‘lib, «Matiz» rusumli avtomashina bilan taqdirlandi va Buxoro tibbiyot institutiga imtiyozli qabul qilindi.

Homilador ayollar kasalliklari bo‘limi doyasi Muxlisa Ikromova 2000 yilda Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan «Eng yaxshi hamshira» ko‘rik-tanlovi respublika bosqichida 4-o‘rinni olgan. Toshrabot qishloq doyalik majmuasi hamshirasi Kamola Yo‘ldosheva «Hamshira – 2002» respublika ko‘rik-tanlovida faxrli o‘rinni egallagan. Shunday ko‘rikning 2003 yildagi ishtirokchisi Roziya Saidova ham shu majmuaning doyasi sifatida respublika tanlovida muvaffaqiyatli o‘ringa sazovor bo‘lgan. Toshrabot QVP patronaj hamshirasi Nilufar Halimova 2009 yilda viloyatda o‘z kasbi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda «Eng yaxshi patronaj hamshirasi» degan nomga ega bo‘ldi.

2010 yilda tibbiyot xodimlari kasb bayrami munosabati bilan qishloq vrachlik punktlari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika tanlovida Dehqonobod qishloq shifokorlik maskani jamoasi 2-o‘rinni egallab, UZI apparatini qo‘lga kiritdi. Keyingi 7 yilda tuman aholisi o‘rtasida umumiy o‘lim, bolalar o‘limi va 1 yoshgacha bolalar o‘limi ko‘rsatkichi kamaydi.

Tuman aholisiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sog‘lom ona – sog‘lom bola dasturini ijro etishda ayrim muammolar ham yo‘q emas.

«Qiziltepa tarixi» kitobidan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6be2af6480e4e7ad87fe998103b120e3

“Yoshlar” uylarining 2018-2021 yillar uchun rejasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>