2018/11/19 12:27:47

Qiziltepa tumani qishloq xo‘jaligi va sanoati

loading...

Tuman iqtisodining eng muhim tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligida jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Davlat va jamoa xo‘jaliklari o‘rniga avval shirkat xo‘jaliklari, keyin esa fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Vaqt o‘tishi bilan maqbullashtirish jarayoni boshlanib, kichik va istiqbolsiz fermer xo‘jaliklari yiriklashtirildi.

2010 yil yakuniga kelib, tumanda jami 443 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. Ularning 273 tasi paxtachilik va g‘allachilik, 102 tasi bog‘dorchilik, 43 tasi chorvachilik, qolgan 24 tasi esa baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, parrandachilik bilan shug‘ullanishadi. Fermerlar hisobidagi jami yer maydonining 17710 gektarini paxta-g‘alla maydoni, 1248 gektarini uzumzorlar va mevazorlar egallaydi. Fermerlarni tanlash va ularga sharoit yaratishga e’tibor oshganligi, tuman hokimligi tomonidan tashkilotchilik ishlarining kuchaytirilganligi tufayli paxta, g‘alla, pilla yetishtirish va davlatga topshirishda yuqori natijalarga erishildi.

2010 yilning yanvar holatida tumanning jami yer maydoni – 220.551 gektarni, shundan ekin yerlar – 21.419 gektarni tashkil etdi.

Ko‘p yillik daraxtzorlar (mevazor, uzumzor, tutzor va hokazo) – 2350 gektar. Shundan bog‘lar – 868 gektar, uzumzorlar – 659 gektar, tutzorlar – 655 gektar, qolgani – 168 gektar. Bo‘z yerlar (foydalanilmaydigan ekin yerlari) – 4445 gektar. Yaylovlar – 125.344 gektar. Tomorqa yerlari – 3247 gektar. Meliorativ (zax bosgan) yerlar – 418 gektar. O‘rmonzorlar – 2466 gektar. Shundan ihota daraxtzorlari – 644 gektar. Foydalanilmaydigan yerlar – 60.099 gektar. Jami suv osti yerlari – 33.342 gektar. Shundan To‘dako‘l suv havzasi – 21.673 gektar. Quyimozor suv havzasi – 1507 gektar. Kanallar, ariqlar va zovurlar egallagan yerlar – 9304 gektar. Yo‘llar egallagan yerlar – 3773 gektar. Qurilish osti va ko‘chalar egallagan yerlar – 2359 gektar.

2010 yilda jami paxta va bug‘doy hosili 80.000 tonnadan oshdi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2009 va 2010 yillarda mamlakat paxtakorlariga yo‘llagan tabriknomasida Qiziltepa tumanini O‘zbekiston ilg‘or tumanlari qatorida tilga olinishidek sharafga muyassar etdi.

Paxtachilik va g‘allachilikni rivojlantirish, bu borada tuman yutuqlarini ta’minlashda «Valiobod», «Shodiobod», «O‘zbekiston», «Uzoqbobo», «Kamoliddin», «Qiziltepa mang‘iti», «Oqsoch orzusi», «Qo‘chqor Karim kelajagi», «Asadbek orzusi», «Chorbog‘ Mahmud sardori», «Vang‘ozi barqaror hosili», «Zarafshon to‘lqini», «Xazina – 2000», «Anzirat tashabbusi», «Kubara Diyor», «Po‘lat oltin boshog‘i», «Farmon Suxrob orzusi», «Hasan Sharipov orzusi», «Qurbon Rajab Shahriyor» va boshqa ilg‘or fermer xo‘jaliklarining hissasi katta. Biroq xususiylashtirilgan hamma ko‘chmas mulk inshootlaridan belgilangan tartibda foydalanildi, deb bo‘lmaydi. Ularning bir qismi buzilib, talon-toroj qilindi. Bu esa taraqqiyotning borishiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatyapti.

Tumanda sanoat va xalq iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish-montaj, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa sohadagi rejalar ham muntazam bajarilib kelinmoqda, yil sayin o‘sishlarga erishilmoqda.

Tuman hokimligi tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash jarayoniga izchil e’tibor qaratildi. Tumanda 400 kishilik jamoani birlashtirgan paxta zavodi yiliga 30.000 tonnadan ortiq paxta xom ashyosini qayta ishlab, eksportbop mahsulot tayyorlayapti. Yangidan tumanda yetishtiriladigan paxta chigiti va bug‘doydan to‘liq tayyor mahsulot tayyorlash quvvatlari ishga tushirildi. «Vang‘ozi agroeksport» korxonasida bir kecha-kunduzda 200 tonna chigitni qayta ishlab, sifatli o‘simlik moyi, shuningdek kunjara va sheluxa ishlab chiqarishga erishildi. Shu korxonada bug‘doydan sifatli un, shuningdek, pechenye mahsulotlari ham ishlab chiqarilyapti.

Tuman «Un zavodi» ochik aksiyadorlik jamiyatida bir kecha-kunduzda Turkiya zamonaviy texnologiyasi asosida 50 tonna boyitilgan un tayyorlaydigan quvvatga ega korxona ishga tushirildi. Shu zavod korxonasi tasarrufida Germaniya texnologiyasi asosida bir kecha-kunduzda 3 tonna non va 18 turdagi non mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona mustaqilligimizning 19 yilligi arafasida ish boshladi. Ayni vaqtda tumanda ikkita sut zavodi, chinni zavodi ishlab turibti.

Qishloqda zamonaviy uy-joylar qurish, qishloq qiyofasini keskin o‘zgartirish maksadida g‘isht zavodlari va boshqa devorbop materiallar ishlab chiqaruvchi korxonalarga e’tibor oshirildi. Ayni vaqtda 64/47 muassasasi tasarrufidagi korxona (g‘isht zavodi)dan tashqari yana 14ta korxonada pishiq g‘isht ishlab chiqarilyapti. Barcha g‘isht zavodlarining yillik umumiy quvvati 50 million dona g‘ishtdan oshadi. Asfalt, temir-beton mahsulotlari, shifer, tayyor jihozlar ishlab chiqarish ko‘lami ko‘paydi. Bu borada «Temur Malik» va «Oqoltin kapitalservis» korxonalari, temir-beton zavodlari, «Almaz» jamoasining hissasi katta.

Qiziltepa chinnisi, zardo‘zlik, kashtachilik va tikuvchilik mahsulotlari o‘zining raqobat bardoshligi bilan xaridorlar e’tiborini qozondi. Shunday qilib, Qiziltepa agrar tumandan agrar sanoat tumaniga aylandi. Tuman byudjeti dotatsiyasiz qoplanishiga erishildi.

Tumandagi barcha xonadonlarga tabiiy gaz ulangan, 70 foiz aholi toza ichimlik suvdan foydalanyapti. 2010 yilda «Temur Malik» MCHJ tomonidan «Osiyo taraqqiyot» banki mablag‘i bilan 5 milliard so‘mga 24 ta qishloq aholi xonadonlariga toza ichimlik suvi yetkazish bu tadbirni tuman markazi hamda boshqa qishloqlarda ham amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi rivojlanish aholi turmush farovonligini oshirib, ruhiyatini ko‘tarayapti.

Tumanda bunyod etilayotgan namunali uylar qishloqlar ko‘rku jamolini o‘zgartirib yubordi. 2010 yilda Malikobod mahallasida 40ta, Vang‘ozi mahallasida 65ta, Oqmachit mahallasida 20ta, Beklor mahallasida 15ta namunali uylar yosh oilalarga topshirilgani va 2011 yilda tumanda yana 102ta shunday uylar qurilishi rejaga kiritilgani juda quvonchli bo‘ldi. Malikobod mahallasining cho‘l bilan tutash hududida qurilgan yangi uylar yonida Germaniya texnologiyasi asosidagi non zavodi bilan birga minimarket, minibank, dorixona ishlab turibdi. Bu yerda o‘rta umumta’lim maktabi, qishloq shifokorlik maskani, bolalar sport maydonchasi faoliyat ko‘rsatyapti.

Albatta namunali uylar toza ichimlik suv, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Xonalar haddan ziyod shinam. Buning natijasida ko‘rimsizgina Malikobod qishlog‘i shaharcha qiyofasini oldi. Muhimi shundaki, go‘zal maskanlar tumanning barcha hududlarida qad rostlayapti. Shu tufayli Toshrabotu Bo‘ston, Oqoltinu G‘ardiyon, Vang‘ozi, Zarmitan va Arabon qishloqlari go‘zal qiyofa kashf etyapti.

Mustaqillik yillarida tumanda ham fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishga asoslangan mahalla tizimi tarkib topdi.Ayni vaqtda 8 ta qishloq fuqarolar yig‘inlari, 47 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyat ko‘rsatyapti.

Har bir mahalla fuqarolar yig‘inida rais, mas’ul kotib, diniy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchi, posbon lavozimlari bor. Bundan tashqari, har bir mahallada 9-13 tadan jamoatchilik asosida ishlovchi doimiy komissiyalar mavjud. Ularning har biri 7-9 nafar a’zoga ega. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimida ishlovchilar va doimiy komissiyalar a’zolari aksariyati oliy ma’lumotli hamda hayotiy tajribaga ega. Shuning uchun fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish yig‘inlari o‘z vakolatlaridagi vazifalarni amaldagi qonunlar doirasida hal etmoqdalar. Ayniqsa yarashtirish komissiyalari oilalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etyapti. Mahalla raislari va maslahatchilari tanlovlarda qatnashib, faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘lmoqdalar.

Qishloq fuqarolar yig‘inlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari zamonaviy binolar va kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlangan. Bashir, Bo‘lakrabot, Uzilishkent mahallalariga homiylar tomonidan ma’muriy binolar qurib berildi.

Mustaqillik barcha o‘zbek xalqi singari Qiziltepa ahliga ham vijdon va diniy erkinlikni hadya qildi. Navro‘z umumxalq bayrami bilan birgalikda Ro‘za va Qurbon hayitlari xalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Sho‘rolar davrida xarobaga aylantirilgan muqaddas qadamjolarni, qabristonlarni obod qilishga kirishildi.

Toshmasjidning qayta va mukammal ta’mirlanishi shu joydagi aholining o‘z tarixiy merosiga hurmat va e’tibori”, – degan edi uni ziyorat qilgan Rim universiteti professori Silviya xonim.

Mustaqillikkacha tuman hududida ro‘yxatga olingan bitta ham masjid yo‘q edi. O‘tgan yillarda Boyazid Bistomiy, Qiziltepa, Xoja Ajvandi Nabiy Mashvarat, Xoja Muhammad Vose, Azizobod, Xoja Said Vaqqos Saxiy, Qizbibi, Mayta, Qal’ai Azizon, Xoja Hasan kabi Jome’ masjidlari ro‘yxatga olindi. Qishloqlardagi boshqa masjidlar ham yangidan qurildi yoki ta’mirlanib, diniy marosimlarga sharoit yaratildi.

«Qiziltepa tarixi» kitobidan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

cfs-53o8I3aNttfjLAUV0zVxbFhluqBm

Navoiyda Xitoylik investorlar tashrif buyurdi

Бир гуруҳ хитойлик инвесторлар Навоий вилояти Учқудуқ туманидаги “Жаман каскир”, “Айтим”, “Сариктау” ва “Акташ” конларида ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>