2018/06/22 4:12:27

Qiziltepa o’lkashunoslik muzeyi tarixdan so’zlaydi

loading...

muzeyQiziltepa tumani hududi O‘zbekistonning eng qadimgi go‘shalaridan biri hisoblanadi. Ming yillar davomida bu yerda o‘zbek xalqining ajdodlari qishloqlar va shaharlar bunyod etdilar, ariqlar va anhorlar qazdilar, nodir me’morlik inshootlarini barpo etdilar.

Buxoro vohasining shimolida joylashgan tuman hududi bugungi kunda Respublikadagi eng navqiron va yosh Navoiy viloyati tarkibiga kiritilganligi ham bejiz emas.

muzey2Go‘zal O‘zbekistonimizning eng qadimgi hududlaridan biri bo‘lgan Qiziltepa tumani geografik joylashuvi, boy tarixi bilan mamlakatimizda o‘z o‘rniga ega.

Zarafshon daryosidan obihayot olgan anhorlari suvidan yashnagan dalalar, go‘zal qishloqlari, qo‘y-qo‘ziga to‘la bepayon yaylovlari, ayniqsa mehnatkash, mehmondo‘st, ilmu-hunarli, xayr-sahovatli odamlari uning asosiy boyligi bo‘lib kelgan va hozir ham shunday.

Buyuk Ipak yo‘lining Buxoro-Demas-Zarmetan-Vang‘ozi-Bo‘ston va Buxoro-G‘ijduvon-G‘ishti-Toshrabot orqali o‘tishi hamda Buyuk Xitoy devoriga o‘xshash Kanpirak devorining asosiy qismi Qiziltepa madaniy va cho‘l hududlari tutashgan yerlaridan o‘tganligi ham uning naqadar ahamiyatga ega bo‘lganidan bir dalolat.

Tumanimizda saqlanib qolgan qal’a va qo‘rg‘onlar, ulug‘ ajdodlarimiz nomli bilan bog‘liq muqaddas ziyoratgohlar, ziroatchilik va hunarmandchilik bilan bog‘liq qishloqlar nomlari ham unda madaniyat, ilmu fan va ijtimoiy hayotning naqadar yuksak darajaga ko‘tarilganidan darak beradi.muzey3

Qiziltepa tumani mustaqillik yillarida beqiyos chiroy ochdi. Shahar va qishloqlar zamonaviy qiyofa kasb eta boshladi. Har bir xonadon elektr nuri, tabiiy gaz, toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lyapti.

Tuman markazi belgan Qiziltepa shahridan tashqari Toshrabotu Vang‘ozi, Bo‘ston va Zarmetan, G‘ardiyonu Arabon ham shahar qiyofasini olyapti. Zamonaviy kollejlar, maktablar, shifo maskanlari, uy-joylar uning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shyapti. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tashabbusi bilan qurilishi boshlang‘ich zamonaviy namunali uylar qishloq ahli hayotiga yangicha fayz olib kirdi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>