2017/12/11 7:14:36

Qiziltepa maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

loading...

Qiziltepa maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida 12 ta yo‘nalish bo‘yicha 1187 nafar o‘quvchilarga shundan 630 nafar qizlarga 96 nafar o‘qituvchi va pedagog xodimlar kasb bo‘yicha bilim va kasb sirlarini o‘rgatib kelishmoqda.slayder1

—Qiziltepa maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji 2014/2015 o‘quv yilida kolej bitiruvchilarini birinchi navbatda bitiruvchi qizlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularni bandligini ta’minlashga doir tegishli tashkilotlar bilan CHORA-TADBIRLAR DASTURI ishlab chiqildi.

—Chora-tadbirlar dasturining har bir bandida tegishli boshqarma va tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

—Kompleks chora-tadbirlar majmuiga muvofiq 518 nafar 2014-2015 o‘quv yili bitiruvchi qizlarini amaliyot o‘tash hamda keyinchalik ishga joylashish maqsadida 127 ta korxona, tashkilotlarning aniq ish o‘rinlariga uch tomonlama shartnomalar tuzilgan holda har bir korxona, tashkilot va mahalla kesimida biriktirildi.

—Shu bilan birga, 275 nafar (100%) bitiruvchi qizlar bilan uch tomonlama shartnoma tuzilib, Ish beruvchilardan ishga joylashtirish uchun kafolat berilgan.

Kasb-hunar kollejining 275 nafar bitiruvchi qizlarning 12 nafari sanoat, 7 nafari qurilish, 65 nafari xizmat ko‘rsatishda, 12 nafari ta’lim, 119 nafari qishloq xo‘jaligida, 60 nafari turli tashkilot va korxonalarda amaliyot o‘tash hamda keyinchalik ishga joylashtirish maqsadida uch tomonlama shartnomalar asosida biriktirildi.

—Kollejni tugatayotgan 275 nafar bitiruvchilaridan 23 nafarga yaqin bitiruvchi qizlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirdi, shundan 16 nafari 152.4 mln so‘m kredit mablag‘larini olib o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

—Kollej bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratish bo‘yicha tuman hokimligi, tuman prokuroturasi va mas’ul tashkilotlar rahbarlari, tijorat banklari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Kollej bilan bog’lanish: 210411 , Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani,
Bo‘ston qishloq fuqorolar yig‘ini,
G‘oyibon mahallasi.
Telefon/Faks: 0-579-555-23-15.
Elektron pochta: nav.qmxkkhk@markaz.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

1

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji bu bilimlar o’chog’i

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>