2018/12/12 7:23:47

Navoiyda bir yo’la 3 ta tuman g’alla rejasini bajardi.

loading...

Navoiylik mirishkorlar o‘tgan yil kuzda 40,6 ming gektar yerga respublikamizning janubiy vohalari iqlim sharoitiga mos bo‘lgan serhosil navli urug‘larni qadab, undirib olishdi. Ekinlar zamonaviy texnologiyalar asosida parvarish qilinib, rivojlangan maysalar tuplarida boshoqlar bo‘liqligi ta’minlanib, kutilgan hosil etishtirildi.

Bugungi kunga kelib Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani 104,3 foizga, Karmana va Konimex tumanlari esa 102,6 va 100,4 foizga shartnoma rejalarini ortig‘i bilan uddaladilar.

Viloyatda don o‘rim-yig‘imiga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, hosilni nest-nobud qilmay, qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish uchun 100 otryad tashkil etildi. O‘rimga jalb etilgan 100 dona kombayn ishtirokida bugungacha hosilning qariyb 90 foizini yig‘ishtirib olindi.

Yaqin uch kunda viloyat g‘allakorlari shartnomaviy rejadagi 79 ming 300 tonna g‘allani ortig‘i bilan uddalashni reja qilishgan.

 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>