2018/12/10 12:33:03

Qiziltepa agrosanoat va transport kolleji

loading...

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash, texnikadan foydalanishni keng joriy etish, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida o‘zbekiston respublikasi buxoro viloyat ijroiya qo‘mitasining 1978 yil 14 sentyabridagi 16-b-547-sonli qarori bilan qiziltepa tumani markazida 194-sonli qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirilgan texnika bilim yurti tashkil etilgan. Bilim yurti asosan qishloq xo‘jalik sohasiga kichik mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan.02

O‘quv yurti 1984 yilda A.Iskandarov nomidagi №12 son hunar -texnika bilim yurti nomi bilan faoliyat ko‘rsata boshladi. 1988 yilda bilim yurtiga qo‘shimcha ravishda 100 o‘rinli yotoqxona binosi qurilib foydalanishga topshirildi. Hunar texnika bilim yurti 1991 yilda №26 sonli, 1992 yilda №12 sonli 1993 yildan 1995 yilgacha №8 sonli hunar- texnika bilim yurti nomi bilan faoliyat ko‘rsatib kelgan.

1992 yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun asosida o‘quv yurtiga qo‘shma profilli guruhlar tashkil etildi. Hisobchi-sotuvchi, traktorchi-payvandlovchi, tarktorchi-asalarichi kabi kichik mutaxassislar tayyorlana boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi munosabati bilan 1996 yilda hunar-texnika bilim yurtiga Qiziltepa Biznes maktabi maqomi berildi va o‘quv yurtida qo‘shimcha ravishda kichik biznes hisobchisi, menejer, menejment,ish yurituvchi,EXM operatori kabi mutaxassisliklarga o‘quvchilar qabul qilina boshlandi.01

1997 yil “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 77-sonli “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida”gi qarori, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 2002 yil 22 yanvardagi 12-sonli buyrug‘i, Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 23 yanvar 2002 yildagi 21-sonli buyrug‘i bilan 2002 yil yanvar oyidan boshlab Qiziltepa biznes maktabiga “Qiziltepa agroservis kasb-hunar kolleji” maqomi berildi.

Kollej 2002 yil 1 yanvarda qayta rekonstruksiya qilindi. Ta’mirlash va jixozlash ishlariga jami 885 million sum mablag‘ sarflandi.Kollejdagi mavjud bo‘lgan ma’muriy bino, yotoqxona, oshxona, sport zali, majlislar zali, kutubxona joylashgan binolar qayta ta’mirlandi. Jami 30 ta sinf xonasi joylashgan 500 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan 3 qavatli qurilishi tugallanmagan o‘quv binosi qayta ta’mirlanib topshirilgan.Ustaxonalar majmuasi, futbol, voleybol, basketbol maydonchalari yangidan qurilib ishga tushirildi. Koreya krediti hisobidan jami 46 million 880 ming 346 so‘mlik o‘quv jixozlari olindi.

Dars samaradorligini oshirish, o‘quv-tarbiya jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etishga ko‘mak beradigan fizika, kimyo, biologiya, elektrotexnika, informatika kabinetlari, xorijiy tillarni mukammal o‘qitishga to‘la kafolat beradigan lingafon kabinetlari Koreya krediti hisobidan olingan va foydalanilgan.

Kollej 2013 yilda kapital ta’mirdan chiqarildi.

2014 yil 4 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №142 qarori, O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 5 iyun 2014 yildagi №167 byrug‘i, Navoiy viloyati hokiminring 2014 yil 9 iyundagi №Q-91 sonli qarori, Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2014 yil 9 iyundagi №202 buyrug‘i, Qiziltepa tuman hokimining 2014 yil 11 iyundagi Q-06/449 qarori asosida qayta ixtisoslashtirilib Qiziltepa agroservis va transport kasb-hunar kolleji maqomi berildi.

Kollejga 2014 yil 18 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi vosh boshqarmasi tomonidan №1724 raqamli ruxsatnoma orqali o‘quv reja va dasturlarida “V” yoki “VS” toifali haydovchilar tayyorlash ko‘zda tutilgan guruh o‘quvchilarini “V” toifali haydovchi tayyorlashga ruxsat etildi hamda 2014-2015 o‘quv yilida kollejni “Avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik”, “Fermer xo‘jaligi mutaxassisi”, “Veterinariya”, “Qishloq xo‘jaligi mashina va jihozlariga xizmat ko‘rsatish mexanigi”, “Suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta’mirlash va ishlatish ustasi”, “Avtomobillarni bo‘yash va kuzov ishlari bo‘yicha texnik-mexanik” , “Yonilg‘i quyish shaxobchalariga servis xizmat ko‘rsatish texnigi” kabi kasblarda taxsil olgan jami 200 nafar o‘quvchilarga “V” toifali haydovchi guvohnomasi berildi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

1

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji bu bilimlar o’chog’i

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>