2017/10/20 7:05:08

Qanday qilib sutni qayta ishlash biznesini boshlash mumkin?

loading...

Sut ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi qishloq aholisi sutni sotish muammosiga tez-tez duch keladi. Shuning uchun sutni aholidan sotib olish narxi juda arzon hisoblanadi. Va sotib olingan sut mahsulotlaridan har xil turdagi sariyog’, qaymoq, pishloq va boshqa sut mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali yaxshigina daromadga ega bo’lish mumkin.

Agarda siz sutni qayta ishlash sexi ishini to’g’ri tashkil qila olsangiz ushbu biznesdan yaxshigina daromad olishingiz mumkin bo’ladi. Endi keling ushbu sexni tashkil qilish bo’yicha nima ishlar qilish kerakligini aniqlab olamiz:

Ro’yxatdan o’tish. Sutni qayta ishlash mini sexini tashkil qilishda tadbirkor sifatida albatta davlat ro’yxatidan o’tish kerak. Buning uchun Siz respublikamizning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan Yagona Darcha markazlariga murojaat qilishingiz yoki  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali  onlayn tarzda tadbirkorlikni ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berishingiz mumkin.

Undan tashqari sizga sut savdosi bilan shug’ullanishingiz uchun bir nechta ruxsatnomalar kerak bo’ladi:

  • Sut mahsulotlarini chakana savdosi bilan shig’ullanish ruxsatnomasi;
  • Sut mahsulotlarini tashish uchun ruxsatnoma va tuman(shahar) veterenariya bo’limidan №2 formadagi sertifikat;
  • Davlat veterinariya laboratoriya ekspertiza tomonidan berilgan hujjatlar;
  • Mahsulot sifatini tasdiqlovchi guvohnoma;

Sutni qayta ishlash sexi katta shaharga yaqin joyda joylashgan bo’lishi maqsadga muvofiq, chunki sut va sut mahsulotlari tez buzuluvchi mahsulotlar hisoblanadi. Yaqin masofa ularni tezroq mijozga yetkazish imkonini beradi.

Ishlab chiqarish sexi barcha belgilangan normalarga muvofiq bo’lishi kerak. Santexnika, isitish, elektr, kanalizatsiya – barcha zarur kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Undan tashqari sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sexi ventilyatsiya tizimi bilan ta’minlanishi lozim.

Qurilmalar. Sutni qayta ishlash sexi texnologiyalariga to’xtaladigan bo’lsak, ular modulli ko’rinishda bo’ladi. 

Ushbu turdagi sutni qayta ishlash mini zavodi uch xil turdagi moduldan tashkil topadi: 

  1. Saqlash moduli
  2. Laboratoriya moduli
  3. Xo’jalik moduli

Ushbu modulli uskunalar bilan bir vaqtda 2 ming litr sutni qayta ishlash mumkin. 

Mini zavod turli xildagi sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasidan tashkil topadi va ular bir biriga bog’liq holda ishlaydi. Ya’ni sutdan turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. 

Ushbu texnologiya orqali quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin:

  • Pasterizatsiyalangan va odatiy sut mahsulotlari;
  • Tvorog;
  • Smetana;
  • Qatiq;
  • Yogurt.

Texnologik jarayon. Agarda sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni barcha talablarga va tartibga amal qilgan holda amalga oshirsangiz zavod muvaffaqiyatli ishlashi aniq.

Avvalo maxsus asboblar yordamida barcha mahsulotlar sifati qatiy tekshiriladi. Bundan so’ng nasos yordamida filtr va hisoblagich orqali sut maxsus idishga yuboriladi. Sut o’tkazgich orqali sut isitilib uning tarkibi normallashtiriladi. Bu yerda sut separatsiya qilinib tarkibidan qaymog’i ajratib olinadi. Undan so’ng sut pasterizatsiya qilib sovutish uchun keyingi jarayonga yuboriladi. So’ngi dozirovka va qadoqlash jarayonlari avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Bunday texnologiya yordamida yuqori sifatli va talab qilingan darajadagi sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Ishchi xodimlar. Sex ishini sutka davomida amalga oshirmoqchi bo’lsangiz uchta smenada ishni tashkil qilish lozim. Buning uchun har bir smenada 2 ta ishchi va 1 ta master kerak bo’ladi. Texnolog va laborant 8 soat davomida haftasiga 5 kun ishlashi mumkin.

Xarajatlar va investitsiya. Kuniga 300-500 litr sutni qayta ishlash zavodi uchun quyidagicha xarajat qilishingiz kerak bo’ladi:

  • Qurilma va texnologiyalarni sotib olish uchun 80-100 mln so’m atrofida;
  • Ishlab chiqarish binosi ijarasi uchun 2-3 mln so’m oyiga;
  • Ishchilar oylik maoshlari uchun 4-5 mln so’m atrofida;
  • Marketing va reklama uchun 3-4 mln so’m atrofida;
  • Va boshqa kutilmagan xarajatlar uchun 1-2 mln so’m.

Sutni qayta ishlash biznesini tashkil qilish oddiy tadbirkorlik turlaridan ozroq farq qiladi, chunki ushbu turdagi ishlab chiqarish sexi katta miqdordagi investitsiyani talab etadi. Lekin tadbirkorlikning o’z qonun qoidalari asosida ish yuritgan har qanday tadbirkor muvaffaqiyatga erishishi aniq.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

chuchvara ishlab chiqarish

Idea: Uy sharoitida chuchvara (pelmin) ishlab chiqarish biznesi

Chuchvara ishlab chiqarish biznesi tadbirkorlarimiz orasida yuqori va kuchli raqobat mavjudligiga qaramasdan juda serdaromad biznes ...

2 Fikrlar

  1. Фарход ака

    Эълон бериш функцияси олиб ташланганлиги ёмон бўлибти. Навоий шаҳри бўйича эълон бериш сайтлари ишламайди. Сенсорикани сайти хам вақтинча ишлайма турибти.

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>