2017/10/20 7:02:37

Qanday qilib gul do’konini ochish mumkin?

loading...

Agarda sizda chiroyli va muvaffaqiyatli tadbirkorlikni boshlab, ushbu tadbirkorlik orqali insonlarga ijobiy hissiyotlar berish, chiroyli va yoqimli hidli mahsulotlarni sotish fikri tug’ilgan bo’lsa buning uchun gul do’koni ochish aynan siz uchundir.

Gul do’koniga kirgan har qanday inson avvalo bu do’konning tashqi va ichki ko’rinishiga, sotuvchining muomalasiga va shirin so’zlariga e’tibor beradi. Chunki gul xarid qilmoqchi bo’lgan odam hissiyoti kuchli odamlar sirasiga kiradi. Siz do’koningizga kirgan xaridorni yaxshi va shirin gaplar bilan sizdan nimadir xarid qilishga  undashingiz lozim. Agarda siz birinchi marta kelayotgan xaridorning ko’ngliga yo’l topa olsangiz bu xaridor sizning doimiy mijozingiz bo’lishi aniq.

Ushbu biznes yaxshigina daromad olib keladigan bizneslar sirasiga kirib, buning uchun juda katta miqdorda sarmoya ham sarflanmaydi. Biznesni boshlash uchun kamida 8-10 mln so’m atrofida sarmoya yetarli hisoblanadi. Bu albatta savdo nuqtasining qanday turdaligidan kelib chiqadi.

Gul sotish biznesining to’rt xil turdagi ko’rinishi mavjud: 

  1. Kichik pavilonlar, asosan piyodalarning serqatnov joylarida do’konsiz rasta ko’rinishida gul sotish.
  2. Uncha katta bo’lmagan gul do’konlari, asosan savdo markazlari yonida va odamlar gavjum joylarda joylashgan  bo’ladi.
  3. Maxsus gul do’konlari, bular asosan savdo markazlarida va shaharning markazida joylashgan bo’ladi.
  4. Gul sotishga mo’ljallangan internet do’konlar (ushbu turdagi do’konlarni mavjud bo’lgan gul do’konlar bilan birgalikda qilish maqsadga muvofiq).

Kichik pavilonlar. Odamlar serqatnov bo’lgan joylarda, bekat va bozorlar yonida bunday turdagi savdo nuqtasini tashkil qilish yaxshi natija beradi. Tanlangan joy biznesingizning muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Agarda gul sotish uchun yaxshi joy tanlasangiz kuniga 80 -100 ming so’m sof foydaga ega bo’lishingiz mumkin. Bunda savdo nuqtangizdagi gullar assortimenti ham muhim rol o’ynaydi. Ushbu tur uchun kamida 15-20 xildagi gullarni mijozlarga taklif qilish maqsadga muvofiq. Yana qo’shimchasiga gullarni o’rab berish ya’ni buklet qilish orqali daromadga ega bo’lasiz.

Uncha katta bo’lmagan gul do’konlari. Bu turdagi savdo do’konlari kichik pavilonlarga nisbattan tovar assortimentlari ko’pligi bilan farqlanadi. Ushbu gul do’konlarida kesilgan gullardan tashqari tayyor bukletlar, tuvakli gullar va har xil turdagi sovg’a uchun mahsulotlar ham sotiladi.  Ushbu turdagi gul do’konlaridan keladigan daromad ko’p miqdorda gul sotishdan emas balki kam sotib qo’shimcha xizmatlarni ko’rsatish orqali keladi. Masalan, har shakldagi va noodatiy ko’rinishdagi gul bukletlar tayyorlab berish orqalidir. Ushbu gul do’koni uchun kichik pavilonga nisbattan kattaroq investitsiya kiritish talab etiladi, ya’ni 20 mln so’m atrofida.

Maxsus gul do’konlari. Eng chiroyli va zavqli bizneslardan biri bu floristik biznesdir. Floristik biznes bilan shug’ullanish uchuun sizdan maxsus gul do’konlarini tashkil etish talab etiladi. Bu do’konlar uchun barcha narsa gullarga mo’ljallangan bo’lishi lozim. Hattoki gul do’konining dizyni va gullarning kompozitsiyasini maxsus dizaynerlar bilan maslahatlashib qilgan ma’qul. Ushbu turdagi biznesni boshlash uchun kamida 70-80 mln so’m mablag’ talab etiladi.

Gul sotishga mo’ljallangan internet do’konlar. Bunday turdagi do’konlar uchun katta miqdorda xarajat qilish talab etilmaydi, faqatgina veb sayt yaratish va reklama uchun xarajat qilinadi. Buning uchun boshlanishiga 5-6 mln so’m mablag’ yetarli hisoblanadi. Internet do’konlari gul sotishda gullarni yetkazib berish vazifasini ham o’z bo’yniga oladi. 

Gul do’konlari uchun qanday binolarni tanlash lozim? Juda qulay va maqul joyni topish uncha oson ish emas albatta. Siz o’ylaganingizdek joyni topganingizda esa ijara narxi ancha qimmat bo’lib chiqadi.  Odamlar serqatnov va shahar markazlaridagi joylar esa juda qimmat baholanadi. Lekin yuqorida aytganimizdek siz tanlagan joy biznesingizning muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Agarda maxsus gul do’konini tashkil qilmoqchi bo’lsangiz eng avval ushbu do’konni dizynerlar bilan maslahatlashib biznesingizga mos qilib ta’mirlashingiz va jihozlashingiz kerak bo’ladi.

Mutaxasislar. Gul biznesi uchun kadrlar masalasi boshqa bizneslarga nisbattan juda nozik masala hisoblanadi. Gul do’konlari uchun dizaynerlik qobilyati yuqori bo’lgan floristlarni ishga olgan ma’qul hisoblanadi. Chunki ular tayyorlab bergan bukletlar mijozlarga yoqsa bu mijozlar sizning doimiy xaridoringizga aylanadi. Shuningdek mutaxasis mijozlarga yaxshigina konsultatsiya o’ta olishi kerak. Shuning uchun malakaga ega bo’lgan floristlarni qidirib ko’ring. Lekin bunday floristlar kam maosh evaziga ishlamasligini ham yodda tuting. Yaxshi florist uchun 1,5-2 mln  so’m atrofida oylik maosh ajratishni rejalashtirganingiz ma’qul. 

Gullarning assortimenti qanday bo’lishi lozim? Kesilgan gullar qisqa muddatli tovar hisoblanib, uzog’i 20 kungacha saqlash mumkin agarda kerakli haroratda saqlansa albatta. Ushbu muddatda siz gullarni sotib ulgurishingiz kerak bo’ladi. Tovarlar assortimenti va sonini to’g’ri taqsimlash siz uchun katta foyda hisoblanadi. Eng ko’p sotiladigan va talab etiladiga gul bu atirguldir. Barcha turdagi gul buketlari uchun asosan kesilgan tabiiy gullar  va har xil turdagi o’simlik barglaridan foydalaniladi. Gullarga bo’lgan talab fasllarga va bayram kunlariga qarab o’zgaradi. Masalan, 8-mart va 14-fevral eng ko’p gul sotiladigan kunlar hisoblanadi.

Xulosa.  Gul sotish orqali yaxshigina daromadli biznesga ega bo’lish mumkin. Lekin buning uchun biznesga maxsus fantaziya va original yechim bilan kirishish lozim.

Gul do’konlarining yaxshi tomonlari:

  • Biznes katta hajmdagi mablag’ni talab qilmaydi.
  • Kattagina marja (ustiga qo’yiladigan narx)

Gul do’konlarining yomon tomonlari:

  • Muddati tez tugaydigan tovarlar
  • Yaroqsiz mahsulotlarning mavjud bo’lishi
  • Biznes mavsumiy bo’lib, bayram va yoz kunlari ko’p sotiladi qishda esa …
MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

345_lineynaya-avtomoyka-na-4-pos

Idea: Avtomoyka (avtoyuvish) biznesini boshlash

O’z shaxsiy beznesidan yaxshigina daromad olish uchun muvaffaqiyat keltiradigan yo’nalishli tadbirkorlik turini tanlash lozim. Avtomoyka (avtoyuvish) ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>