2018/10/15 10:18:53

Qadimgi Xitoy haqida qiziqarli faktlar

loading...

Hozirgi kungacha Qadimgi Xitoy haqida ko’gina qiziqarli faktlar yetib kelgan. Ular zamonaviy insonlarni lol qoldirib, shu bilan birga ilhomlantirib kelmoqda. Bu ma’lumotlarning qiymati balandligi so’zsiz muhimdir, chunki ular insoniyatning asl tarixini o’zida saqlab kelmoqda.

1. Qadimgi Xitoy – futbol dunyoga kelgan joydir.

1. Qadimgi Xitoy – futbol dunyoga kelgan joydir.

Xitoylik tarixchilar aytishlaricha, futbol Qadimgi Xitoyda paydo bo’lgan. Xitoyliklar bu sport turi bilan hali m.a. 1000 yillarda shug’ullanganliklariga tasdiqlar mavjud. Ancha keying eslatmalar m.a. 205 yillarga taaluqli – bizning asrimizning boshlanishi vaqtiga. Bu vaqtda, Xan sulolasi boshchiligida, futbolning ilk ko’rinishi “chju ke” o’yini keng tarqalgan edi.

 

2. Qo’ziqorin – qadimgi xitoyliklarning eng sevimli mahsulotidir.

2. Qo’ziqorin – qadimgi xitoyliklarning eng sevimli mahsulotidir.

Hujjatdagi dalillarga qaraganda, xitoyliklar o’z ratsioniga qo’ziqorinni 3000 yil oldin kiritishgan. Sevimli yegulik sifatida qo’ziqorinlar kam sonli xitoyliklar ratsioniga kiritilgan.

 

 

 

3. Dunyodagi birichi kalendar – xitoylarniki.

3. Dunyodagi birichi kalendar - xitoylarniki.

Oy kalendari m.a. 2000-yillarda yaratilgan. U o’z ichiga 12 ta burjni oladi, birta oddiy siklning davomiyligi esa 60 yilga teng.

 

4. Xitoyliklar ardarholarni mehribon hayvonlar deb qabul qilishgan.

4. Xitoyliklar ardarholarni mehribon hayvonlar deb qabul qilishgan.

Boshqa xalqlarning e’tiqodiga qaramasdan, Qadimgi Xitoyda drakon hurmatga sazovor mavjudot sifatida qabul qilingan. Unga afsonalarda doimo musbat mavjudot sifatida qaralgan. Ushbu fikr hozirgi kungacha saqlanib kelinmoqda.

 

5. Qadimgi Xitoyning eng keng tarqalgan emblemasi – qushlar.

5. Qadimgi Xitoyning eng keng tarqalgan emblemasi - qushlar.

Xitoyda eng hurmatga sazovor uchta qush turi bor. Bular qaqnus, laylak va o’rdaklar. Qaqnus imperatorlik kuchni va hukmni anglatadi. Laylak – uzoq umrni. O’rdaklar – er va xotinning bir-birga sadoqatini va oilani. Bu belgilar boshqalaridan ko’proq kiyim va idish-tovoqlarda aks ettirilgan.

 

6. Xitoyliklarda garemlar bor bo’lgan.

6. Xitoyliklarda garemlar bor bo'lgan.

Qadimgi Xitoyda ko’p xotinlilik keng tarqalgan bo’lgan. Boy xitoyliklar garemlarga ega bo’lishgan, chunki ular shunga yarasha xarajatlarni qoplay olish imkoniyatiga ega bo’lganlar. Imperatorlar garemlarida yuzlab ayollar yashagan.

 

7. Qadimgi Xitoy mifologiyasi bo’yicha oyna – bu uy qo’riqchisi hisoblanardi.

7. Qadimgi Xitoy mifologiyasi bo’yicha oyna – bu uy qo’riqchisi hisoblanardi.

Bu predmet qora kuchlardan uyni himoya qilgan. Unga hurmat bilan munosabatda bo’lishgan va baland o’rinlarga ko’tarishgan. Shu bilan birga, oyna inson kelajagini ko’rsatadi, degan afsona ham bo’lgan.

 

8. Kalligrafiya – Xitoy ma’naviyatini yoritadigan uslub.

8. Kalligrafiya – Xitoy ma’naviyatini yoritadigan uslub.

Xitoyliklar ishonishganki, ierogliflarni yozish paytida inson o’zini-o’zi rivojlantirish jarayonini bosib o’tgan va ahloqiy xislatlarni tug’dirgan. Lekin kalligrafiya bilan faqat boy odamlargina shug’ullana olgan, ya’ni hukmdorlar yoki baland tabaqali odamlar.

 

9. Osiluvchan ko’priklar – qadimgi xitoyliklarning kashfiyoti.

9. Osiluvchan ko’priklar – qadimgi xitoyliklarning kashfiyoti.

Haqiqatdan ham osiluvchan ko’priklar Qadimgi Xitoyda o’ylab topilgan. Bu kabi inshootning birinchi paydo bo’lishi milodiy 25 yillarga borib taqaladi. Bu xitoy muhandislarining yana bir original qurilishi edi.

10. Kalamush – xitoyliklarning omad keltiruvchi noyob belgisi.

10.	Kalamush – xitoyliklarning omad keltiruvchi noyob belgisi.

Kalamush rasmini ko’pincha kiyimda, idishda va bezaklarda ifodalashgan. Bu hayvonni omad keltiruvchi hayvon sifatida qabul qilishgan. Chinnidan yasalgan buyumlarni ko’pincha aynan shu hayvon rasmi bilan bezashni xush ko’rishgan.

 

11. Xitoy matematikasi – noyob narsa.

11.	Xitoy matematikasi – noyob narsa.

Ushbu ilm allaqachon odatga kirgan grek matematikasidan ancha uzoqda, o’ziga xos tarzda rivojlangan. Xitoyliklarning matematikasi o’ziga xos va noyob. Bu Qadimgi Xitoyning eng ulkan yutuqlaridan biridir.

 12. «Pekinlik» inson – insoniyatning Qadimgi Xitoyda vujudga kelganidan darakdir.

12.	«Pekinlik» inson – insoniyatning Qadimgi Xitoyda vujudga kelganidan darakdir.

Qariyb yarim million yil oldin Xitoy hududida tekis yuruvchi turdagi odam yashagan, deb hisoblangan. Hayratda qoldiradigani shu-ki, “pekinlik” inson shunchalik rivojlangan bo’lganki, olov keltirib chiqib, undan foydalana olgan.

 

13. Qog’oz – qadimgi xitoyliklarning kashfiyoti.

13.	Qog’oz – qadimgi xitoyliklarning kashfiyoti.

Eng qadimgi qog’oz parchasi Xitoyda topilgan. Uni m.a. 2 asrda ishlab chiqarishgan. Bu qog’oz g’aroyib mustahkamlikka ega. Shunchalik mustahkamki, hatto undan kiyim ham tayyorlash mumkin bo’lgan.

 

14. Ipak ishlab chiqarish – xitoyliklarning sirli qobiliyatidir.

14.	Ipak ishlab chiqarish – xitoyliklarning sirli qobiliyatidir.

Ipak ishlab chiqarish – Qadimgi Xitoydagi eng asosiy mashg’ulotlardan biridir. Qadimgi xitoyliklar ipak ishlab chiqarish uslubini mohirona yashirib kelishgan. Sirni ocha oladiganlarni qattiq jazolashgan. Ancha keying asrlarda, pilla yoki ipak qurti kontrabandasi bilan shug’ullanganlarni ayovsiz jazolashgan.

 

15. Buyuk Xitoy devori – ko’pgina insonlar qurbon qiligan joydir.

15.	Buyuk Xitoy devori – ko’pgina insonlar qurbon qiligan joydir.

Buyuk Xitoy devori qurilishi tarixini har bir maktab o’quvchisi bilsa kerak. Lekin ko’pincha ushbu inshoot kim tufayli tugatilganlar sukunat saqlashadi. Quruvchilar butun umrlarini devorda o’tkazishgan. Ko’pilar esa o’sha devorda tug’ilib, undan tashqari hech qayerga chiqishmagan. Ular o’sha yerda halok bo’lganlar va ko’milganlar. Olimlarning fikrlaricha, o’lgan quruvchilarni ko’pincha devorni ichida ham ko’mib qurishda davom etganlar. Buyuk Xitoy devori juda ham ko’p sonli inson qurbonlari qiymati bilan qurilgan devordir.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

5

Dunyoning 10 ta qiziq fakti

1. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>