2017/11/18 1:58:20

Prezidentimiz Islom Karimov paxtakorlarni g’alaba bilan tabrikladi

loading...

paxtakorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov barcha paxtakorlar va mehnatkashlarni Davlat paxta rejasi bajarilgani bilan tabrikladi. Tabrik matni O‘zbekiston Milliy axborot agentligida e’lon qilindi.

“Avvalo, siz, aziz dehqon va fermerlar, suvchi, agronom va mexanizatorlarni, barcha dala mehnatkashlarini g‘alla, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini ado etganingiz bilan samimiy muborakbod etishni o‘zim uchun katta sharaf deb bilaman”, — deyiladi tabriknomada.

Prezident joriy mavsumda 7 million 300 ming tonna g‘alla, 3 million 350 ming tonnadan ziyod paxta yetishtirilganini ta’kidlab o‘tdi.

“Eng muhimi, yetishtirilgan paxta hosili g‘oyat qisqa muddatlarda – 35—40 ish kunida yig‘ib-terib olingani, uning 90 foizi yuqori sortlarga topshirilgani kamdan-kam uchraydigan hodisa, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi”, — deya qayd etdi Islom Karimov.

“Bugungi xursandchilik kunda shartnoma majburiyatlarini birinchilardan bo‘lib bajargan Andijon, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, barcha viloyatlarimizning paxtakorlari mamlakatimizning yuksak xirmonini bunyod etishga munosib hissa qo‘shganini mamnuniyat bilan e’tirof etamiz”, — deyiladi tabrik xatida.

Prezident shu borada Amudaryo, Qorao‘zak, Paxtaobod, Buloqboshi, Olot, Romitan, Do‘stlik, Mirishkor, Kasbi, Qiziltepa, Mingbuloq, Namangan, Kattaqo‘rg‘on, Oqdaryo, Sirdaryo, Bo‘ka, Yuqorichirchiq, Beshariq, Yozyovon, Toshloq, Xiva, Yangiariq, Qo‘shko‘pir tumanlari 20—25 ish kunida rejani ado etib, ko‘pchilikka o‘rnak va namuna bo‘lganini alohida qayd etdi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6be2af6480e4e7ad87fe998103b120e3

“Yoshlar” uylarining 2018-2021 yillar uchun rejasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>