2018/12/10 12:32:35

Prezidentimiz Islom Karimov ichki ishlar idoralari xodimlarini taqdirladi

loading...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22-oktyabr kuni davlatimiz Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.ichki-ishlar

Farmonga muvofiq O‘zbekistonda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarni himoya qilishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun Ichki ishlar idoralarining bir guruh xodimlari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlandi:

  • “Mehnat shuhrati” ordeni;
  • II darajali “Shon-sharaf” ordeni;
  • “Do‘stlik” ordeni;
  • “Mardlik” ordeni;
  • “Jasorat” medali;
  • “Sodiq xizmatlari uchun” medali;
  • “Shuhrat” medali.

Xorazm viloyati Urganch shahar ichki ishlar bo‘limi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi sobiq yong‘in o‘chiruvchisi, marhum Dilshod Yoqubov “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.

Ma’lumot uchun, har yili 25-oktabr kuni O‘zbekistonda Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni nishonlanadi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

new-project-2

BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi tomonidan fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, UN Uzbekistan hamda UN Population Fund Uzbekistan tomonidan #FacesOfDiversity suratlar tanlovi tashkil ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>