2018/10/20 5:56:13

O’zbekistonda 2016 yilga qanday nom berildi?

loading...

5 dekabr kuni Toshkentdagi “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi.soglom_ona-soglom_bola

Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Yig’ilishda O’zbekiston prezidenti Islom Karimov tantanali yig’ilishda ma’ruza qildi.

Tabdirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kirib kelayotgan yangi – 2016 yilni mamlakatimizda “Sog’lom ona – sog’lom bola yili” deb e’lon qilishni taklif etdi.

Ma’lumot uchun, O’zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo’nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan. 1997—2015 yillar oralig’ida yillarga quyidagicha nom berilgan:

1997 yil — «Inson manfaatlari yili»
1998 yil — «Oila yili»
1999 yil — «Ayollar yili»
2000 yil — «Sog’lom avlod yili»
2001 yil — «Onalar va bolalar yili»
2002 yil — «Qariyalarni qadrlash yili»
2003 yil — «Obod mahalla yili»
2004 yil — «Mehr va muruvvat yili»
2005 yil — «Sihat-salomatlik yili»
2006 yil — «Homiylar va shifokorlar yili»
2007 yil — «Ijtimoiy himoya yili»
2008 yil — «Yoshlar yili»
2009 yil — «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili»
2010 yil — «Barkamol avlod yili»
2011 yil — «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»
2012 yil — «Mustahkam oila yili»
2013 yil — «Obod turmush yili»
2014 yil — «Sog’lom bola yili»
2015 yil — «Keksalarni e’zozlash yili»

Manba: kun.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

ektor_kuper

O‘zbekiston MTJga yangi bosh murabbiy topildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi. Qayd qilinishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>