2018/11/13 7:49:59

O’zbekistonda 1 martdan terminalsiz savdo qilish va pulli xizmat ko’rsatish taqiqlanadi

loading...

2017-yilning 1 martidan O’zbekistondagi chakana savdo va xizmat ko’rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub`yektlarida terminallar bo’lishi majburiy hisoblanadi.Bu O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorida belgilab qo’yilgan.p9_terminal-nfc-card-hr

Barcha savdo nuqtalarini terminallar bilan ta`minlashni jadallashtirish maqsadida terminallar qisqa muddatda yetkazib berilib, tadbirkorlik sub`yekti ariza topshirgan kundan 3 kun ichida ro’yxatdan o’tkaziladi.

Shuningdek, plastik kartochkalar orqali to’lov qilmoqchi bo’lgan xaridorlarga yuqori narxlar belgilanishiga yirik miqdordagi jarimalar belgilanadi. Agarda chakana savdo va xizmat ko’rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub`yektlari naqd yoki karta orqali hisob-kitob qilish shakliga qarab narxlarni sun`iy ravishda oshirsa yoki tushirsa, buning uchun eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima qo’llanadi.

Davlat soliq qo’mitasiga 10 kun ichida chakana savdo va xizmat ko’rsatish ob`yektlarida terminallar mavjudligi, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish, talon va cheklarning berilishi, naqd pul tushumini to’liq hajmda topshirish masalalari, narxlar sun`iy oshirilmayotgani yoki tushirilmayotgani bo’yicha tekshiruvlar o’tkazish vazifasi yuklangan. Shu bilan birgalikda bu shakldagi tekshiruvlar Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasining maxsus ruxsatini talab etuvchi soliq tekshiruvi hisoblanmaydi.

Markaziy bank terminallarni ijaraga berish va ulardan tadbirkorlik sub`yektlari tomonidan foydalanilishi mexanizmlarini qayta ko’rib chiqish hamda yanada qulay sharoitlarni yaratish topshirig’ini olgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlik sub`yektlari iste`mol ehtiyojlari va ishlab chiqarish faoliyatini rag’batlantirish hamda naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirish maqsadida Markaziy bankka xalqaro amaliyotdan foydalanib, aholini plastik kartochkalardan foydalangan holda qisqa muddatli kreditlashning zamonaviy mexanizmlarini kengaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirilgan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

ektor_kuper

O‘zbekiston MTJga yangi bosh murabbiy topildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi. Qayd qilinishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>