2018/12/10 12:41:20

O‘zbekiston MTJga yangi bosh murabbiy topildi

loading...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi.

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi argentinalik mutaxassis bilan kelishuvga erishgan. Yaqin soatlar ichida mazkur bitim borasida rasmiy xabar berilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, bungacha portugaliyalik Karlush Keyrush va xorvatiyalik Zlatko Dalich nomzodlari bilan ham muzokaralar olib borgan. Biroq ular bilan kelishuvga erishilmagan. Ektor Kuper va O‘FAning o‘zaro manfaatlari bir-biriga mos kelgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ektor Kuperning so‘nggi jamoasi Misr termasi edi. 2015-yilda jamoaga tayinlangan 62 yoshli mutaxassis misrliklar bilan JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iste’foga chiqarilgandi.

Bunga qadar, argentinalik murabbiy Argentinaning «Urakan», «Lanus», Ispaniyaning «Malorka», «Valensiya», «Real Betis», «Rasing», Italiyaning «Inter», «Parma», Turkiyaning «O‘rduspor», Gretsiyaning «Aris», BAAning «Al-Vasl» klublarida, Gruziya (2008-2009) terma jamoasida faoliyat olib borgan.

Manba:Xabar.Uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

new-project-2

BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi tomonidan fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, UN Uzbekistan hamda UN Population Fund Uzbekistan tomonidan #FacesOfDiversity suratlar tanlovi tashkil ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>