2018/10/20 5:15:29

O’zbekiston futbolchilari KXDRni 3:1 hisobda yengdi

loading...

 O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2015-yil 12-noyabr kuni 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichi yettinchi turi doirasida “Paxtakor” markaziy stadionida KXDR terma jamoasi bilan bahslashdi.UZB-KXDR

Shu paytgacha terma jamoamiz hisobida 9, KXDR hisobida esa 13 ochko mavjud edi. Durang natija ham hamyurtlarimizning guruhdan chiqish imkoniyatlarini ancha pasaytirib yuborardi. Shuning uchun futbolchilarimiz o‘yinni hujumkorlik bilan boshladi.

 3-daqiqada KXDR terma jamoasi qarshi hujumda hisobni ochdi. Futbolchilarimizning yuqori tayyorgarligi, o‘z kuchiga ishonchi va stadionni to‘ldirgan muxlislar olqishi o‘z samarasini berdi. Server Jeparov tomonidan oshirilgan to‘pni 24-daqiqada terma jamoamiz hujumchisi Igor Sergeyev darvozaga aniq yo‘lladi va hisobni 1:1 ko’rinishiga olib keldi. 

Uchrashuvda futbolchilarimiz taktik va jismoniy ustunlikka ega bo‘ldi. 66-daqiqada Sardor Rashidov tomonidan yetkazilgan to‘pni Aleksandr Geynrix darvozaga yo’llab futbolchilarimizni gollar bo’yicha oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 87-daqiqasida Sardor Rashidov qarshi hujumda Odil Ahmedovni to‘p bilan ta’minladi va jamoamiz sardori uni golga aylantirdi. 


Shu tariqa terma jamoamiz a’zolari 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 12 taga yetkazdi va guruhdagi mavqeini mustahkamlab oldi.

Milliy terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvni 17-noyabr kuni safarda Yaman terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Manba: www.uza.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

ektor_kuper

O‘zbekiston MTJga yangi bosh murabbiy topildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi. Qayd qilinishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>