2017/10/23 11:55:16

Og’ir vaziyatlarda qaror qabul qilishga yordam beruvchi 3 maslahat

loading...

Biz xato qilamiz. Vaqtimizni va pulimizni behuda sarflaymiz, atrof-muhitga zarar yetkazamiz, nosog‘lom ovqatlanamiz. Bularning hammasi — biz ko‘pincha yuzaki fikrlashimiz va qarorimizni yetarli darajada chuqur tahlil qilmasligimiz natijasida yuz beradi. Bu maslahatlar sizga har qanday vaziyatlarda ham to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi.7951

1.O‘zgarishlardan qo‘rqmang

Odamlar yo‘qotishni yaxshi ko‘rmaydilar. Biz uchun ayriliq dog‘i ega bo‘lish quvonchidan ko‘ra ikki marta kuchliroqdir.

Biron-bir yangi narsadan voz kechishdan oldin o‘zingizda bor narsalarni aql bilan baholashga harakat qiling. Balki siz o‘zingizning narsalaringizga ortiqcha baho berayotgan bo‘lishingiz mumkin.

2. Fikringizni ifodalash shaklini o‘zgartiring

Ko‘pincha biz masalaning ifodalanish shartidan kelib chiqqan holda qaror qabul qilamiz. Bu harakat freyming (ingliz tilida frame — “chegara, hoshiya” ma’nosini anglatadi) deb ataladi.

Muhim qaror qabul qilishdan oldin, ifodalanish shartini o‘zgartirishga harakat qilib ko‘ring. Vaziyatga foyda va zarar nuqtai nazari bilan qarang.

3. O‘z ishonchingizni nazorat qiling

Asossiz optimizm hayotga va sog‘liqqa tahdid soluvchi ko‘pgina harakatlarning sababchisi bo‘ladi:

  • 90% haydovchilar o‘zining mahorati boshqalarnikidan yuqori ekanligiga ishonadilar.
  • Deyarli har bir kishi hazil mutoyibani tushunishi boshqalarnikidan ko‘ra ko‘proq deb o‘ylaydilar.
  • Talabalar kelajakda ularga ishdan ketish, infarkt, saraton, ajralish yoki ichkilikka berilish tahdid solmaydi deb hisoblaydilar.

Biz o‘zimizni bekamu-ko‘st deb hisoblaymiz va ko‘pincha xavfni bartaraf qilishda o‘rinli choralar ko‘rmaymiz. O‘z imkoniyatlaringizga ortiqcha baho bermang. Muhim qarorlar qabul qilishda yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

Hayot tasodiflarga to‘la, biz ko‘pincha tez va murakkab qarorlarni qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Shunday qilingki, sizga o‘z tanlovingizdan afsuslanishingizga to‘g‘ri kelmasin.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

vseuspevat_svx

Ishdagi shoshqaloqlikni qanday kamaytirish mumkin?

Butun e’tiborini, kuchini vaqt yetishmasligiga qaratish va doimiy ravishdagi shoshma-shosharlik surunkali xavotirlik holatini keltirib chiqaradi. ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>